"PSJ" bosh murabbiyi Maurisio Pochettino YECHLning 1/8 final doirasida "Real" jamoasiga qarshi o‘yindan keyin Leandro Paredes sal bo‘lmasa burnini sindirib qo‘yishi haqida fikr bildirdi.
"Mbappening golidan keyin men ikkita narsani his qildim: biri — xursandchilik, ikkinchisi esa — Paredes xursand bo‘lib menga urildi va uning yelkasi burnimga tegdi. O‘sha paytda u mening burnimni sindirdi degan o‘yga borgandim, lekin keyinchalik hammasi joyida ekanligini ma’lum bo‘ldi", — argentinalik mutaxassisning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Goal portali.