Italiya Adliya vazirligi «Real», «Milan» va «Manchester Siti» klublarining sobiq hujumchisi Robinyoni hibsga olishga xalqaro order berdi.
Bu Italiya Oliy sudi sobiq futbolchini jamoaviy zo‘rlashda ayblanib, 9 yilga ozodlikdan mahrum qilish haqidagi qarorni tasdiqlaganidan keyin amalga oshirildi.
Vazirlik qarorni kuchga kiritishni so‘rab Interpolga murojaat qilgan.
Robinyo va yana besh kishi 2013 yilda Milandagi tungi klubda albaniyalik qizni zo‘rlagan. Qiz spirtli ichimlik ta’sirida bo‘lgan. O‘sha kuni kechqurun u o‘zining 23 yoshini nishonlagandi.
2017 yilda braziliyalik jinoyatda aybdor deb topilgan va o‘tgan oy hukmni Italiya Oliy sudi o‘z kuchida qoldirgan.