«Barselona» bosh murabbiyi Xavi Yevropa Ligasining 1/16 final doirasida «Napoli» jamoasiga qarshi bo‘lib o‘tadigan uchrashuvdan avvalgi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Buni eslash juda qiyin. 2004 yili «Seltik» bizni 1/8 finalda turnirdan chiqarib yuborgandi. Bu bizga hali ega bo‘lmagan sovrinni qo‘lga kiritish uchun qo‘shimcha motivasiya beradi.
Chempionlar Ligasi madhiyasini tinglasam jahlim chiqmaydi, lekin men u turnirda emasman», – dedi Xavi.