«Barselona» himoyachisi Dani Alvesh nima uchun Yevropa Ligasiga ro‘yxatdan o‘tkazilmaganini sababi ma’lum bo‘ldi.
Sport.es saytining tarqatgan ma’lumotiga qaraganda, kataloniyaliklar ustozi Xavi 38 yoshli futbolchiga bir haftada ikkita o‘yin o‘tkazish qiyin bo‘ladi degan qarorga kelgan.
Murabbiy bu haqda futbolchini shaxsan o‘zi ogohlantirgan. Xavi endi Alveshning pozisiyasida yoshroq futbolchilardan foydalanadi.
«Barselona» Yevropa Ligasining 1/16 final bosqichidagi dastlabki uchrashuvini 17 fevral soat 22:45da «Napoli» jamoasiga qarshi o‘tkazadi.