Yevropa Chempionlar Ligasining 1/8 final dastlabki uchrashuvida «Zalsburg» o‘z maydonida «Bavariya»ni qabul qildi.
Avvaliga maydon egalari Junior Adamaning 21-daqiqada kiritgan goli evaziga oldinga chiqib olgandi. Biroq, uchrashuvga qo‘shib berilgan daqiqalar o‘tib borayotgan pallada Kingsli Koman hisobni tenglashtirib, jamoasini mag‘lubiyatdan saqlab qoldi.
"Zalsburg" – "Bavariya" 1:1
17 fevral, 01.00, «Red Bull Arena»
Gollar: 1:0 – 21 Adamu, 1:1 – 90 Koman.
"Zalsburg": – Ken, Kristensen, Veber, Sole, Ulmer, Kamara, Zayvald (Suchich, 80), Kapaldo, Aaronson, Okafor (Adamu, 12), Adeyemi (Kyergor, 87).
"Bavariya": – Ulrayx, Zyule, Ernandes, Pavar, Gnabri (Shupo-Moting, 77), Tolisso (Zabitser, 80), Kimmix, Myuller, Levandovski, Koman, Sane.
Ogohlantirishlar: Koman (83), Ken (87), Zabitser (90).