«Inter» bosh murabbiyi Simone Indzagi YECHL doirasida «Liverpul» (0:2) jamoasidan qabul qilib olingan mag‘lubiyat haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Umid qilamanki, har bir o‘yinda «Liverpul» bilan o‘ynamaymiz. Jamoam bilan faxrlanaman. Afsuski, eng yaxshi o‘ynimizda gol urishni uddasidan chiqa olmadik, «Liverpul» esa birinchi e’tiborsizligimizdan unumli foydalanib qoldi.
Albatta, ko‘prog‘iga loyiq edik, ammo bugungi ishtirokimiz yaxshi kelajakni ko‘rsatadi. Mening fikrimcha, «Liverpul» – Yevropaning eng yaxshi klublaridan biri. «Inter» raqib bosimiga dosh berdi va ko‘prog‘iga loyiqligini ko‘rsatdi.
O‘ylaymanki, joriy mavsum biz duch kelgan eng kuchli raqib», – dedi murabbiy.