Kirish Ro'yxatdan o'tish

Klopp: «Zo‘r emasu, yaxshi o‘yin namoyish etdik»

Klopp: «Zo‘r emasu, yaxshi o‘yin namoyish etdik»

Baho:
+ | -

«Liverpul» bosh murabbiyi Yurgen Klopp Yevropa chempionlar ligasi nimchorak final bosqiichdan o‘rin olgan «Inter»ga qarshi o‘yin (2:0) borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

«Bizga muvaffaqiyat uchun kalit kerak edi. Uchrashuv boshida yomon o‘yin ko‘rsatmadik. Ammo ba’zi vaziyatlarda sifatli himoyalana olmadik. Shuningdek, to‘pni ko‘proq qadrlash kerak edi.

"Inter"ga qarshi safarda o‘yinlarda ajoyib o‘yin ko‘rsatishga umid qilish kerak emas. Bugun ikkita chiroyli gol urganimizdan xursandman. Zo‘r emasu, yaxshi o‘yin namoyish etdik. G‘alaba qozondik va javob bahsi oldidan yaxshi ustunlikka ega bo‘ldik.

«Inter» ham vaziyatlarga ega bo‘ldi, ammo asosan qarshi hujumlarda. Ba’zida qaltis vaziyatlarda to‘pni yo‘qotdik.

Jotaning jarohatini inobatga olmaganda, barcha o‘yinlardan qoniqish hosil qildim. Uning to‘pig‘i ishib ketdi», – dedi Klopp.

Manba: football24.ru
Kiritildi: 07:28, 17.02.2022.
O'qildi: 1869 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.