«Marsel» klubi rahbariyati bugun «Vest Hem» bilan yarimhimoyachi Dimitri Payetning transferi borasida yakuniy muzokarani o‘tkazadi.
Klub prezidenti Jak-Anri Eyro va sport direktori Andoni Subisarreta Londonga kelib, futbolchi uchun 22 mln yevro va yana 3 mln yevro bonus taklif qilishadi.
29 yoshli futbolchi «Marsel» bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishib olgan. Biroq uning transferiga «Vest Hem» tomonidan so‘ralayotgan 40 mln funt narx to‘sqinlik qilishi mumkin.