Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/12 01:00 Valensiya 1-1 Malyorka
20/12 17:30 Nyukasl 2-2 Chelsi
20/12 18:00 Real Ovyedo 0-0 Selta
20/12 20:00 Bornmut 1-1 Byornli
20/12 20:00 Brayton 0-0 Sanderlend
20/12 20:00 Manchester Siti 3-0 Vest Xem
20/12 20:00 Vulverhempton 0-2 Brentford
20/12 20:15 Levante 1-1 Real Sosyedad
20/12 22:00 Lasio - Cremonese
20/12 22:30 Osasuna - Alaves
20/12 22:30 Tottenhem - Liverpul
21/12 00:45 Yuventus - Roma
21/12 01:00 Real Madrid - Sevilya
21/12 01:00 Everton - Arsenal
21/12 01:00 Lids - Kristal Pelas
21/12 16:30 Kalyari - Piza
21/12 18:00 Jirona - Atletiko
21/12 19:00 Sassuolo - Torino
21/12 20:15 Vilyarreal - Barselona
21/12 21:30 Aston Villa - Man. Yunayted
21/12 22:00 Fiorentina - Udineze
21/12 22:30 Elche - Rayo Valyekano

FCB.uz blogida: "Barcelona" yozda sotib olgan 6 futbolchi mavsumni qanday o‘tkazmoqda?

FCB.uz blogida: "Barcelona" yozda sotib olgan 6 futbolchi mavsumni qanday o‘tkazmoqda?

Baho:
+1 | -

Kataloniyaning "Barselona" jamoasi 2016 yilning yozida 6 nafar futbolchini sotib olish uchun 122.75 million yevro sarfladi. Xo‘sh ana shu o‘yinchilar mavsumni qanday o‘tkazishmoqda? Quyida bu savolga javob topishingiz mumkin.

1. Lukas Din
"Barselona" Dinni "PSJ"dan 20,5 million yevro evaziga sotib oldi va u bilan 5 yillik shartnoma imzoladi. Fransiyalik 23 yoshli himoyachi jamoaga tezda moslashib keta oldi. U ushbu mavsumda 18 o‘yinda maydonga tushib 1 ta gol urdi.

2. Andre Gomesh
Ronaldu bilan Yevropa chempioni bo‘lgan Gomesh "Barselona" bilan 5 yillik shartnomaga qo‘l qo‘ydi. Kataloniyaliklar 23 yoshli yarim himoyachi uchun "Valensiya"ga 55 mln.evro to‘lashgandi. Gomesh hozircha chempionatda 13, barcha musobaqalarda esa 23 ta uchrashuv o‘tkazdi. Biroq hozircha u "Barsa" libosida o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ya olganicha yo‘q. Umuman olganda Andre o‘zi uchun sarflangan pullarning 10 fozini ham oqlamadi, hozircha.

3. Yasper Sillessen
Gollandiyalik posbon Kataloniyaliklarga 15 mln.evroga tushdi. 27 yoshli kiper jamoaning asosiy darvozaboni bo‘la olmayapti. Hozircha u Ter Shtegenga o‘rinbosar vazifasini o‘tamoqda. "Ayaks"dan harid qilingan Yasperga Enrike chempionatda 2 ta boshqa turnirlarda 2 ta o‘yinda ishonch bildirdi. Biroq Sillessen bu ishonchni oqlay olgani yo‘q. Shu bois ham zaxira o‘rindig‘ida, nemis raqobatchisining "jarohat olishini" kutib o‘tiribdi.

4. Pako Alkaser
23 yoshli hujumchi uchun "Barselona" 30 million yevrodan ortiq mablag‘ sarfladi. Biroq Pako Kataloniyada Valensiyadagi sermahsullik namoyish eta olmayapti. Messi, Suares va Neymar kabi hujumchilar raqobatlashishiga to‘g‘ri kelayotgan Alkaser hozircha 13 ta bellashuvda ishtirok etdi va kubokda bitta gol ura oldi xolos. Pako jamoa uchun omadsiz transfer bo‘lib turibdi.

Davomi>>

Manba: stadion.uz


Kiritildi: 22:50, 30.01.2017.
O'qildi: 12001 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.