Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/01 16:30 Iroq 1-2 Avstraliya
14/01 16:30 Tailand 0-0 Xitoy
14/01 22:30 Napoli 0-0 Parma
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona - Bolonya
16/01 00:45 Komo - Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA

"Barselona" Xitoyda futbol akademiyasini ochadi va xitoylik futbolchini o‘z safida ko‘rishni istaydi

"Barselona" Xitoyda futbol akademiyasini ochadi va xitoylik futbolchini o‘z safida ko‘rishni istaydi

Baho:
+ | -

Xitoy hukumati kelajakda dunyoning yetakchi futbol mamlakatlari safiga kirishga jiddiy bel bog‘lagan, deya xabar beradi China Daily.

Manbaga ko‘ra, mamlakatning janubiy viloyatlaridan biri Xaynyan shahrida "Barselona"ning "La Masiya"siga o‘xshash akademiya ochiladi. Qurilishiga 8,5 million yevro sarflanadigan akademiyada 6 dan 18 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar tarbiyalanadi. Bundan tashqari akademiyada "Barselona"ning sobiq futbolchilari bo‘lgan mutaxasislar ishlaydi, ulardan biri Ronaldinyo bo‘lishi mumkin.

"Barselona" xioyliklar bilan hamkorlik qiladi va 2020 yilgacha 50ta futbol akdemiyasi ochishga va’da bergan mamlakat hukumatiga yordam beradi.

"Xitoy Superligasida yildan yilga futbolchilar ko‘paymoqda. Ammo bu mamlakatda futbolni rivojlantirib, xitoylik futbolchilarni milliy chempionatimizda yoki Yevropaning boshqa klublarida ko‘rishni istaymiz. Ishonamanki, Xaynyandagi akademiyasi tarbiyalanuvchisini "Barselona" tarkibida ko‘ramiz", -deydi kataloniyaliklar prezidenti Xosep Maria Bartomeu.

 

Manba: championat.com
Kiritildi: 16:20, 07.03.2017.
O'qildi: 7100 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.