Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

Andrey Miklyayev: «Hisobni ochganimizdan keyin ishimiz yengillashdi»

Andrey Miklyayev: «Hisobni ochganimizdan keyin ishimiz yengillashdi»

Baho:
+ | -

Oliy liganing 2-turi doirasida "Lokomotimv" o‘z maydonida "So‘g‘diyona"ni qabul qilib, yirik hisobda g‘alaba qozondi. Uchrashuvdan keyingi tashkil etilgan matbuot anjumanining dastlabki qismida mezbonlar bosh murabbiy Andrey Miklyayev ishtirok etdi.

— O‘yin qiyin bo‘lishini kutgandik. "So‘g‘diyona" yutqazishni istamaydigan klub, ularning "Bunyodkor"ga qarshi o‘yinini o‘rganib chiqqandik. Jizzaxliklar haqida faqat iliq fikrlarni aytish mumkin. Jamoa yaxshi himoyalanadi. Bizning asosiy vazifamiz tezroq gol urib olishdan iborat edi. Shunda ishimiz ancha yengillashardi. O‘yin boshida 3ta yaxshi imkoniyatlarga ega bo‘ldik, ammo ulardan foydalana olmadik. Darvozabon yaxshi o‘ynadi. Shundan keyin birinchi bo‘limda o‘yinimiz qovushmadi. Ikkinchi bo‘limda gol urib olganimizdan keyin barchasi o‘zgarib ketdi. Uchta gol urganimizdan keyin ham vaziyatlarga ega bo‘ldik. Qiyin kechgan o‘yinda 3:0 hisobini yaxshi natija deb o‘ylayman.

— Muhammad Kone va Salamat Quttiboyev nima uchun bugungi bahsda ishtirok etishmadi?
— Quttiboyev "Mash’al"ga qarshi o‘yinda kichik jarohat olgandi. Shuning uchun uni OCHL doirasida keyingi o‘yinga asrashga qaror qildik. Kone esa himoyadagi rotasiya siyosati tufayli bugun zaxirada qoldi. Ixtiyorimizda tengkuchli himoyachilar bor, ularning barchasiga o‘yin amaliyotini berishimiz kerak.

— Salim Mustafoyev nima maqsadda zaxiraga olindi?
— Hisob 0:0 bo‘lib turganimizda hujumdagi faollikni oshirishimiz kerak edi. Zoteev esa hujumni jonlantira oladi.

— Sadriddin Abdullayev himoyaviy o‘yinda ishtirok etmaydi, hujumning boshlang‘ich qismida yaxshi pas bera olmaydi. U nima uchun asosiy tarkibda maydonga tushirildi?
— U uchrashuvdan uchrashuvga o‘z o‘yinini kuchaytirib boryapti. Boshqa tomondan, yarim himoyachilar — Quttiboyev, Turopov, Aliboyevni jarohat tufayli maydonga tushira olmasdik. Abdullayev o‘tkir pas orqali hujumchilarni yaxshi pozisiyaga chiqara oladi. Birinchi bo‘limda uning uzatmasidan Bikmayev qulay vaziyatga chiqdi, ammo gol ura olmadi.

— Jaloliddin Masharipov kuchli o‘yin ko‘rsata olmayotgandek. Buning sababi nimada?
— Nafaqat Jaloliddin, balki yangi futbolchilarning barchasi jamoaga to‘la moslashib olishi uchun vaqt kerak. Masharipov faqat "Paxtakor"da o‘ynagan. Yangi jamoadagi qanday hujum qilish, qanday himoyalanish kabi yangi talablarga u moslashishi kerak. U hammasini tushunmoqda, murabbiylarning talabiga quloq solmoqda. Ahamiyat bergan bo‘lsangiz, Zoteev tushganidan Jaloliddin hujumda yaxshiroq o‘ynay boshladi.

— Penalti borasidagi fikringiz?
— Mening fikrimcha, penalti 100 foizli edi. Himoyachi pozisiyani boy berdi va futbolchimizni yiqitdi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 19:17, 08.03.2017.
O'qildi: 8359 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик