Kirish Ro'yxatdan o'tish
31/10 00:45 Atalanta 2-0 Monsa
31/10 00:45 Yuventus 2-2 Parma
31/10 18:15 Paxtakor 3-1 Andijon
31/10 22:30 Jenoa 0-1 Fiorentina
01/11 00:45 Komo 1-5 Lasio
01/11 00:45 Roma 1-0 Torino
02/11 01:00 Alaves - Malyorka
02/11 17:30 Nyukasl - Arsenal
02/11 18:00 Osasuna - Valyadolid
02/11 20:00 Bornmut - Manchester Siti
02/11 20:00 Ipsvich - Lester
02/11 20:00 Liverpul - Brayton
02/11 20:00 Nottingem Forest - Vest Xem
02/11 20:00 Sautgempton - Everton
02/11 20:15 Jirona - Leganes
02/11 22:30 Vilyarreal - Rayo Valyekano
02/11 22:30 Vulverhempton - Kristal Pelas

Marko van Basten: «Hozirgi futbol gandbolga o‘xshaydi»

Marko van Basten: «Hozirgi futbol gandbolga o‘xshaydi»

Baho:
+ | -

Yaponiyada bo‘lib o‘tgan klublar o‘rtasidagi jahon chempionatidan so‘ng FIFA texnik guruhi musobaqa hisoboti hamda ayrim faktlar va raqamlarni oshkor qildi. Shu munosabat bilan FIFA rasmiy sayti tashkilotning texnik rivojlanish bo‘limi rahbari Marko van Bastendan intervyu oldi.

- Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida jamoalarning to‘pni nazorat qilishga ko‘proq e’tibor qaratishganiga guvoh bo‘ldik. Bu shunchaki o‘xshashlikmi yoki zamonaviy futbol shunga qarab ket­yaptimi? Mazkur usulning muammolari nimadan iborat?

- Aksariyat jamoalar hujumkor futbolni ma’qul ko‘rishadi. So‘nggi yillarda bu ishni «Barselona» qoyilmaqom tarzda uddaladi. To‘pni nazorat qilsangiz, texnik va taktik jihatdan oldinga o‘tish imkoniyatlaringiz ortadi. Albatta, muxlislarga ham hujumkor futbol ko‘proq yoqadi. Avvallari uzoq paslar orqali hujum uyushtirish osonroq edi.

Ammo himoyadan turib to‘pni nazorat qilishni boshlash oson emas. Chunki raqib ham bu usulga qarshi o‘ziga yarasha taktika tanlaydi. Raqib jamoa himoyasi qanchalik yaxshi shakllangan bo‘lsa, oldinga o‘tish shunchalik qiyinlashaveradi. Umuman olganda, oxirgi o‘n yilda biz turli usullar guvohiga aylandik. Shuningdek, zamonaviy futbolda uch himoyachi bilan o‘ynash urf­ga kirdi.

Oldinlari mudofaa vakillari to‘rt nafardan kam bo‘lmasdi. Uch himoyachi o‘ynasa, yarim himoyada imkoniyatlaringiz oshadi. O‘z-o‘zidan hujum ishtirokchilari soni ortadi. Biroq mazkur uslubning xavf tug‘dirishi ham ehtimoldan xoli emas. Raqib qarshi hujumga o‘tganda, muammo paydo bo‘ladi.

- «Kashima Antlers» klublar o‘rtasidagi jahon chempionati finaliga chiqqan birinchi Osiyo klubiga aylandi. Ushbu jamoaning turnir davomidagi asosiy xarakteristikasi nimadan iborat bo‘ldi?

- Biz finalgacha yetib borgan tajribali jamoaning o‘yinini ko‘rdik. «Kashima» himoyada yaxshi harakat qildi. Ayniqsa, «Real»ga qarshi kechgan uchrashuvda yuqori saviyada o‘ynashdi. Madridliklar vaziyatlarni yuzaga keltirishda qiynalishdi. Qarshi hujumlarda ham o‘zlarini ko‘rsatishdi. Umuman olganda, final qiziqarli tarzda o‘tdi. Bu Osiyo, xususan, Yaponiya futboli uchun yuksak natija. Menimcha, «Kashima» yevrokuboklarda ham shunday o‘yin namoyish etishga qodir.

- Sizningcha, Osiyo futboli so‘nggi yillarda qay tarzda rivojlanmoqda?

- «Kashima»ning tarkibi asosan yaponiyaliklardan tuzilgandi. Agar shu futbolchilar yuqori saviyada o‘ynashsa, terma jamoa faqat kuchayadi. So‘nggi paytlarda ko‘plab osiyolik o‘yin­chilar Yevropa klublarida faoliyat yuritishmoqda. Albatta, ularning soni oshsa, Osiyodagi termalarda o‘sish kuzatilishi turgan gap.

- Jamoalarga qo‘shimcha vaqtlarda to‘rtinchi futbolchini almashtirish imkoniyati taqdim etildi. Mazkur holat murabbiylarning taktikani o‘zgartirishlariga sabab bo‘ladimi? So‘nggi daqiqalar o‘tayotganda bu qanday ta’sir o‘tkazishi mumkin?

- Qo‘shimcha vaqtlardagi to‘rtinchi almashuv yaxshi. Futbolchilar 90 daqiqalik o‘yindan so‘ng charchab qolishadi. Charchaganlar esa mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishdan cho‘chiydi. Shuningdek, g‘oyalar ham kamayib ketadi. Buning oqibatida o‘yin jozibasi yo‘qoladi. Agar maydonga yangi o‘yin­chi tushsa, iloji boricha dinamikani saqlab qolishga harakat qiladi. Natijada, muxlislar qiziqarli futbol guvohiga aylanishadi. Menimcha, murabbiylar buning uchun taktikani almashtirishlari shart emas. Shunchaki, jarohat olgan yoki toliqqan shogirdini almashtirsa, kifoya.

- Faoliyatingiz davomida markaziy hujumchi vazifasini bajargansiz. Sizningcha, zamonaviy futbolda forvardlar qaysi jihatlarga e’tibor qaratishlari lozim?

- Hozirgi futbol ayrim jihatlari bilan gandbolga o‘xshab ketyapti. Ya’ni, to‘qqiz himoyachi va bir darvozabon. Raqib jamoa esa bu «devor»ni buzishga harakat qilyapti. Natijada markaziy hujumchi uchun bo‘shliq kamayib ketadi. Ayni vaziyatlarda nari borsa bir-ikkita qulay vaziyat tug‘iladi, xolos. Dribling yoki shunga o‘xshash choralar bilan ham nimagadir erishish mumkin.

Hujumchilar aqlli bo‘lishlari kerak, deb hisoblayman. Siz aytganingizdek, markaziy hujumda to‘p surganman. Ammo bo‘shliqlar ko‘pligi bois qanotlarga o‘tib, jamoadoshlarimni qulayroq vaziyatga chiqarishni yaxshi ko‘rardim. Zamonaviy futbolda esa buning deyarli iloji yo‘q. Krishtianu Ronaldu va Lionel Messining goh o‘ngda, goh chapda va goh markazda o‘ynashiga guvoh bo‘lyapmiz. Ammo ularning harakatini hamma ham takrorlay olmaydi.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:13, 19.03.2017.
O'qildi: 6089 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.