Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/12 00:45 Torino 2-3 Milan
09/12 01:00 Vulverhempton 1-4 Man. Yunayted
09/12 01:00 Osasuna 2-0 Levante
09/12 15:00 Matida Zelviya 3-1 Ulsan Xyonde
09/12 15:00 Vissel Kobe 2-2 Chengdu Rongcheng
09/12 17:15 Buriram Yunayted 2-2 Kangvon
09/12 17:15 Johor Dorul Ta'zim 0-0 Shangxay Port
09/12 20:30 Qayrat 0-1 Olimpiakos
09/12 22:45 Bavariya 3-1 Sporting
10/12 01:00 Monako 1-0 Galatasaroy
10/12 01:00 Atalanta 2-1 Chelsi
10/12 01:00 Barselona 2-1 Ayntraxt F
10/12 01:00 Inter 0-1 Liverpul
10/12 01:00 PSV 2-3 Atletiko
10/12 01:00 Tottenhem 3-0 Slaviya
10/12 01:00 Yunion 2-3 Marsel
10/12 15:00 Seul - Melburn Siti
10/12 15:00 Sanfrechche Xirosima - Shanghai Shenhua

«Dinamo» - «Navbahor»: 45-o‘yinda kim g‘olib bo‘ladi?

«Dinamo» - «Navbahor»: 45-o‘yinda kim g‘olib bo‘ladi?

Baho:
+ | -

O‘zbekiston chempionatining 4-turi doirasidagi markaziy qarama-qarshilik Samarqandda o‘tadi. Hozirda turnir jadvalida peshqadamlik qilayotgan «Dinamo» jamoasi azaliy raqibi Namanganning «Navbahor» klubiga qarshi saf tortadi.

MARKAZIY O‘YIN

«Dinamo» - «Navbahor» uchrashuvi nafaqat har ikki jamoa muxlislari, balki Oliy Ligaga bee’tibor bo‘lmagan ishqibozlarning ham diqqat markazida turibdi. 31 mart, juma kuni Samarqanddagi «Dinamo» stadionida o‘tkaziladigan uchrashuv har ikki jamoa uchun ham juda muhim. Ushbu bahsni toshkentlik tajribali hakam Vladislav Seytlin boshqarib boradi.

Oliy Liga. 4-tur.

«DINAMO» - «NAVBAHOR»

Uchrashuv boshlanish vaqti: 16:00.

Hakamlar: Vladislav Seytlin (Toshkent), Artem Kalinin (Qarshi), Bobur Qodirov (Buxoro), Firdavs Norsafarov (Qarshi)

Nazoratchi: Shamil Jumayev (SHahrisabz).

PFL vakili: Bobur Haydarov.

JORIY MAVSUMDA…

Samarqand va Namanganning bosh jamoalari mavsum oldi yig‘inlarda o‘zaro ikkita o‘yin o‘tkazishgandi. Dastlabki fevral oyidagi bahsda «Navbahor» 4:2 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritgan bo‘lsa, ikki hafta o‘tib «Dinamo» Orif Mamajonovning yagona goli evaziga Namangan jamoasini mag‘lub etgandi.

Oliy Liga boshlanishini har ikki jamoa turlicha boshladi: «Dinamo» o‘tgan uch turda «Metallurg» (0:2), «Sho‘rtan» (3:0), «Paxtakor» (0:1) jamoalari mag‘lub etib maksimal natija bilan 1-o‘rinda borayotgan bo‘lsa, «Navbahor» «Obod» (2:1), «Qizilqum» (2:1) va «Neftchi» (1:1) bilan o‘yinlarda bir g‘alaba, mag‘lubiyat, durang qayd etib 4 ochko jamg‘arishga erishdi.

O‘ZARO O‘YINLAR

Samarqand va Namangan jamoalari 1992 yildan buyon Oliy Liga tarixida 44 marotaba ro‘baro‘ kelishgan. Statistika vodiy jamoasining foydasiga «gapirmoqda»: 23 ta o‘yinda «Navbahor» g‘alabani tantana qilgan, 8 bahs murosa yo‘li bilan intiho topgan, 13 marta esa «Dinamo» g‘olib sifatida maydonni tark etgan.

To‘plar nisbati bo‘yicha ham «tosh» «Navbahor” tomonini bosmoqda: 80:41. O‘tkazilgan 44 o‘yin yakunida «Navbahor» 77 ochkoga ega chiqqan bo‘lsa, «Dinamo» 47 ochkoni o‘z hisobiga yozib qo‘ygan.

O‘zaro o‘yinlarda namanganliklarning eng yirik g‘alabasi 7:1, «Dinamo»da esa bu ko‘rsatkich – 2:0 ga teng.

«Dinamo» so‘nggi marta 2011 yilda Viktor Jalilov qo‘l ostida «Navbahor»ga mag‘lub bo‘lgan. O‘shanda Ro‘zimboy Ahmedovning goli namanganliklarga g‘alaba keltirgan. Shunday buyon, Samarqandda o‘tkazilgan to‘rt o‘yinning uchtasini «Dinamo» g‘alaba bilan yakunladi, birida durang qayd etilgan.

Samarqandda bo‘lib o‘tgan so‘nggi besh uchrashuv:

23.09.2015 «Dinamo» - «Navbahor» 2:1

21.06.2014 «Dinamo» - «Navbahor» 2:0

31.05.2013 «Dinamo» - «Navbahor» 1:1

14.09.2012 «Dinamo» - «Navbahor» 2:0

02.04.2011 «Dinamo» - «Navbahor» 0:1

ESKI TANISHLAR…

Joriy yilda «Navbahor» safida «Dinamo»ning bir qator sobiq futbolchilari to‘p surishmoqda. Jumladan, himoyachi Alisher Samatov 2014 yilgi mavsumda «Dinamo» sharafini himoya qilgan bo‘lsa, yarim himoyachi Ilhom Boydadayev 2012 yilgi mavsumda, hujumchi Ro‘zimboy Ahmedov esa 2012-13 yillarda jamoamiz safida to‘p surgan.

Bu borada «Dinamo» safida ham «Navbahor»ning sobiq futbolchilarini uchratish mumkin. Xususan, jamoamiz bosh menejeri Ilhom Sharipov futbolchilik faoliyatida Namanganda muvaffaqiyatli to‘p surgan bo‘lsa, joriy yili «Dinamo» safida ishonchli o‘yin ko‘rsatayotgan Abdumalik Abdullayev Namangan futboli tarbiyalanuvchisi sanalib, «Navbahor» tarkibida bir necha yil to‘p surgan.

Manba: fcdinamo.uz
Kiritildi: 12:06, 31.03.2017.
O'qildi: 6539 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.