Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti 1-1 Everton
26/12 20:00 Bornmut 0-0 Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi 1-2 Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl 3-0 Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest 1-0 Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton 0-1 Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester
28/12 00:30 Brayton - Brentford
28/12 01:15 Arsenal - Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter

Xavining aniq uzatmalari siri nimada?

Xavining aniq uzatmalari siri nimada?

Baho:
+ | -

Sir emas, g‘alaba gol evaziga qo‘lga kiritiladi. Gol urish uchun esa ko‘pincha aniq to‘p uzatmasiga ehtiyoj seziladi. Shu bois, zafarga eltuvchi zargarona to‘p oshirishdan olinadigan lazzat gol zavq-shavqidan qolishmaydi.

Bu borada yuksak mahorati bilan dong taratgan «Barselona» klubi hamda Ispaniya terma jamoasi sobiq yarim himoyachisi Xavining fikrlarini o‘ziga xos qo‘llanma sifatida qabul qilish mumkin. Xo‘sh, Xavicha aniq uzatmalar siri nima? U ayni shu masalada yosh kasbdoshlariga tegishli maslahatlar berdi.

Boshingni tik tut

- «Barselona»da olgan ilk sabog‘im - boshni tik tutgan holda o‘ynashga odatlanish. Agarda to‘pni qabul qilib olganingdan keyin umumiy vaziyatni o‘rganmoqchi bo‘lsang, unda kechikasan.

Lekin boshingni ko‘tarib to‘p surishga odatlansang, raqiblar va jamoadoshlaring qaysi hududlarda turishganini osongina bilib olasan. Shunday taqdirda tezlik bilan aniq to‘p uzatish ortiqcha qiyinchilik tug‘dirmaydi. Faoliyatim davomida bu borada katta tajriba to‘pladim. Ammo o‘sha ilk saboqni hozir ham eng muhimi sifatida ko‘rsataman.

Harakatlaringni oldindan rejalashtir

- To‘pni qabul qilish jarayonida o‘ylagan rejamni amalga oshirish imkoniyatini chamalayman. Bunda muhimi, vaziyatni oldindan sezish va barchasini teran tushunish. Yana raqibning qanday pozisiyada turganini hisobga olish lozim. Deylik, ta’qibchilar qurshovida qolgan bo‘lsam, tezkor uzatma evaziga vaziyatdan chiqib ketishga urinaman yoki to‘pni raqib olib qo‘yolmaydigan tarzda «ushlab» turaman. Asosiy maqsad - loaqal 2-3 metrli bo‘shliq yaratish va hujumga keskinlik bag‘ishlaydigan uzatmani amalga oshirish.

Uzatmani kashf et

- To‘p uzatishlar orqali hujumga o‘tishning asosiy talabi tayin - futbolchi o‘z harakatlarini ortiqcha qiyinchiliksiz davom ettirishi kerak. Birinchi navbatda, bo‘sh hududga chiqib borishga shaylangan jamoadoshimni qidiraman. Keyin to‘pni uning yo‘nalishi bo‘yicha uzataman. Qo‘shimchasiga, to‘p o‘sha futbolchining «ishchi» oyog‘iga to‘g‘ri tushishini ta’minlashga harakat qilaman. Ana shunday qilsam, jamoadoshim tezligini yo‘qotmaydi.

Sur’at - hal qiluvchi omil

- Sifatli uzatmada to‘pning sur’ati muhim ahamiyatga ega. Sen uzatmadan oldin oraliq masofani aniq belgilashing, to‘p yetib borgunicha jamoadoshing qancha masofani bosib o‘tishini hisobga olishing kerak. Umuman, hattoki, qisqa uzatmalarda ham ko‘plab omillarga ahamiyat berishing shart.

Uzat va bo‘sh hududga chiq

- Bu qoida o‘ta jo‘n tuyulsada, bajarish oson emas. U doimiy hushyorlik va izlanishni talab etadi. Misol uchun, jismonan kuchli va gavdali bo‘lmaganim bois, men uchun bo‘sh hududlar juda muhim. Keskin uzatmani amalga oshirish uchun yana vaqt qadriga yetishni o‘rganish kerak. Bir lahzaga kechiksang, raqib to‘p yo‘lini kesishga ulguradi. Xullas, xavfli vaziyatlarni yuzaga keltiradigan uzatmani amalga oshirish yo‘lida tinmay yugurishimga to‘g‘ri keladi. Ayni shu yugur-yugurlar evaziga jamoadoshlarimni qulay vaziyatlarga olib chiqaman.

Samarali uzatmaga mehr qo‘y

- O‘ziga xos tarzda, to‘satdan amalga oshirilgan samarali uzatmaning lazzati boshqachada, baribir. Jamoadoshing aniq harakatingdan so‘ng to‘pni darvozaga joylab qo‘ysa, beixtiyor quvonchdan qichqirib yuborganingni sezmay qolasan. Samarali «pas» - fantastika! Qanotlardan amalga oshirilgan uzatmalar evaziga uriladigan gol zavqi ham ajoyib. Ammo shaxsan men raqib himoyachilarini ishsiz qoldiradigan  «pas»larni ko‘proq yoqtiraman. Bunaqasi asosan maydon markazidan uzatiladi. Deylik, uzun uzatmadan so‘ng hujumchi ko‘pincha darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqadi. Faoliyatimda shunday unutilmas uzatmalardan birini CHL-2011 finalida amalga oshirgandim va Pedro uni ajoyib tarzda golga aylantirgandi.

E’tiborga molik iboralar

- Raqib darvozasi oldida xavfli vaziyatni yuzaga keltirish - g‘aroyib hissiyot.

- Inyesta - «Yashil maydon raqsi»dagi eng yaqin hamkorim.

Fakt

Xavi zargarona uzatmalarni Adidas butsalari yordamida amalga oshiradi.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:13, 05.04.2017.
O'qildi: 7623 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.