Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Osiyo qit’asidagi JCH-2018 saralash o‘yinlari raqamlarda

Osiyo qit’asidagi JCH-2018 saralash o‘yinlari raqamlarda

Baho:
+ | -

Mart oyiga belgilangan FIFA kunlari ham ortda qoldi. Osiyoda JCH-2018 saralashi uchinchi bosqichi 6-7-turlaridan so‘ng har ikki guruhda yetakchilar mavqesi nisbatan yaxshilandi. Mehdi Taremi (Eron) va Mettyu Leki (Avstraliya) esa ketma-ket 2ta o‘yinda gol urishgani bilan e’tiborga tushishdi. Diqqatga sazovor tomoni, O‘zbekiston milliy jamoasi joy olgan «A» guruhi doirasidagi 6ta o‘yin ham 1:0 (yoxud 0:1) hisobi bilan xotima topdi.

*** Ayni paytga kelib, OFK miqyo-sidagi JCH-2018 mundiali saralash bosqichlarida jami 206ta o‘yin o‘tkazildi va ularda 615tagol qayd etildi.

*** Muhammad al Sahlaviy (Saudiya Arabistoni)va Ahmad Xalil (BAA) 15tadan gol bilan saralash sikli to‘purarlari bo‘lib turishibdi.

*** Qit’amizda mundial yo‘llanmasi uchun kurash olib borayotgan 12ta jamoadan birgina Tailand termasida nazariy jihatdan ham imkoniyat qolmadi. Qatar va Iroq termalari esa faqat «pley-off» raundiga chiqish uchun kurashni davom ettirishlari mumkin. Lekin ularning bu boradagi imkoniyatlari minimal darajada past.

*** O‘yinlarni jami 38 008 273 muxlis bevosita stadionlarda kuzatdi. Demakki, har bir o‘yinga o‘rtacha hisobda 18 487 muxlis to‘g‘ri kelmoqda.

*** O‘zbekiston terma jamoasi vakillari JCH-2018 saralash raund-larida jami 19ta sariq kartochka olishdi: Aziz Haydarov (3ta), Javohir Sohibov (2ta), Yegor Krimes (2ta), Sardor Rashidov (2ta), Islom To‘xtaxo‘jayev (2ta), Anzur Ismoilov (2ta), Odil Ahmedov (2ta), Server Jeparov (1ta), Davron Hoshimov (1ta), Aleksandr Lobanov (1ta) va Marat Bikmayev (1ta).

*** Terma jamoamiz sardori Odil Ahmedov mundial saralashi hisobidan 9-golini nishonladi. Milliy jamoamizning 69ta o‘yini (mundial saralashi - 42ta, Osiyo kubogi saralashi va final bosqichi - 18ta, o‘rtoqlik bahslari - 9ta)da qatnashgan Odil atigi 2 marta zaxiradan maydonga tushgan va 3tagina sariq kartochka olgan. Shuningdek, uning hisobida 1ta «qizil» ham bor.

*** Qatar termasiga qarshi uchrashuvda sariq kartochka olgan Aziz Haydarov terma jamoamizning mundial saralashi doirasidagi jami 31ta o‘yini (21ta g‘alaba, 2ta durang, 8ta mag‘lubiyat)da maydonga tushib, 1ta gol urgan va 5 marta ogohlantirilgan. Haydarov jahon chempionatlari saralashidagi debyutini 2007 yilning 28 oktyabr kuni Xitoy Taypeyi termasiga qarshi safar bahsi (2:0)da nishonlagandi.

*** Milliy jamoamiz shu kungacha JCH-2018 saralashi o‘yinlarida 30 nafar futbolchiga tayandi. O‘yin qaydnomasiga kiritilgan yana 17 nafar futbolchiga esa maydonga tushish nasib etmadi.  Umuman, joriy saralash siklida terma jamoamiz safida eng ko‘p o‘yinda qatnashgan futbolchi Igor Sergeevdir. U 15ta uchrashuvda jami 1264 daqiqa harakatlanib, 4ta gol urdi.

*** Qatar termasiga qarshi bahsda maydonga tushgan futbolchilarimiz orasida eng yoshi kattasi - Server Jeparov. U o‘sha kuni 34 yosh 5 oy 25 kunlik edi. Bu milliy terma jamoamiz tarixidagi 3-yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.

*** Suriya termasi Osiyoning JCH saralash bosqichida eng ko‘p qatnashib, mundialga biror marta chiqolmagan jamoasi hisoblanadi. Qadim Shom yurti vakillari 1950 yildan buyon naq 13ta siklda o‘z omadlarini sinab ko‘rishgan. Lekin ularning birortasi yakunida oliy maqsadga yetolmaganlar. Bu borada jahon antirekordi Lyuksemburg termasiga tegishli. UYEFAning ushbu kamtarin a’zosi hisobida  19ta omadsiz urinish bor.

*** Eron terma jamoasi posboni Alirizo Safar Beyranvand uchinchi raund davomida 6ta o‘yinda maydonga tushib, ularda birorta gol qo‘yib yubormadi. U bu masalada jahon miqyosida Jo Xart (Angliya, 5ta «quruq» o‘yin) va Jeymi Penedo (Panama, 5ta)dan o‘zib ketdi. Forslar posboniga OFK miqyosida Yosir al Musaylim (Saudiya Arabistoni, 4ta), Ibrohim Almeh (Suriya, 4ta) va Aleksandr Lobanov (O‘zbekiston, 4ta) raqobat taqdim etishlari mumkin.

*** O‘zbekiston terma jamoasi futbolchilari qatarliklar bilan o‘yinda 306ta uzatmani amalga oshirdilar. Ulardan 67,6 foizi aniq chiqdi. Biroq uzun «pas»lar soni ancha kam - 63ta. Shuningdek, yigitlarimiz ijrosida 18ta kross kuzatildi.

*** Janubiy Koreya termasining 27 yoshli markaziy himoyachisi Xong Jeong Xo suriyaliklarga qarshi bahsda milliy jamoasi safida 40-marta maydonga tushib, 2-golini urdi. U mamlakat bosh jamoasi safidagi gollari hisobini 2013 yili Shveysariya termasi bilan tashkillashtirilgan o‘rtoqlik o‘yinida ochgandi.

*** Markaziy himoyachi Jekson Irvayn Avstraliya terma jamoasida 2013 yili debyut qilgandi. Uning «sokkeruz» safida ilk golni urishi uchun 9ta o‘yin kerak bo‘ldi.

*** Yaponiya termasi mundial saralashida 4-marta 4:0 hisobida g‘alaba qozondi. «Samuraylar» Tailand termasi darvosasiga javobsiz 4ta gol urgunlariga qadar Janubiy Vyetnam (1973 yil), Hindiston (2004 yil) va Tojikiston (2011 yil) terma jamoalarini shu tariqa yenggandilar.

*** Saudiya Arabistoni terma jamoasi jahon chempionati saralashi doirasidagi 107-o‘yinini g‘alaba bilan yakunladi. Arablar shuncha uchrashuvda quyidagi statistikani qayd etishgan: 61ta g‘alaba, 26ta durang, 20ta mag‘lubiyat, to‘plar nisbati - 199-84. Saudiya terma jamoasining JCH final raundiga bog‘liq statistikasi esa ancha past: 13ta o‘yin, 2ta g‘alaba, 2ta durang va 9ta mag‘lubiyat.

*** Saudiya Arabistoni termasi futbolchilari iroqliklarga qarshi o‘yinda 491 marta «pas» amalga oshirishdi va shundan 79,8 foizi aniq bo‘ldi. Uzun uzatmalar soni - 78ta, krosslar soni - 15ta.

*** Yaponiya termasi sardori Mayya Yoshida milliy jamoasi safidagi 72-o‘yinda 10-golini urdi. E’tibor bering, himoyachi 5ta golini mundial yo‘lidagi bahslarda nishonlagan.

*** Tailand termasi darvozasini ishg‘ol qilgan Shinji Okazakining mundial saralashi doirasida urgan gollari soni 14taga yetdi. U Yaponiya milliy jamoasi safida 106 marta (JCH - 7ta, Konfederasiyalar kubogi - 3ta, mundial saralashi - 33ta, Osiyo kubogi saralashi va final raundi - 15ta, o‘rtoqlik bahslari - 48ta) maydonga tushgan. Shinji shulardan 85tasini asosiy tarkibda boshlagan va atigi 2 marta sariq kartochka olgan.

*** Yaponiya terma jamoasi vakillari - Xiroshi Kiyotake va Xiroki Sakai uchinchi raund o‘yinlarida 3tadan golga assistentlik qilishdi. Sakai shuning barobarida joriy bosqich­da 3 marta ogohlantirildi. U bu borada «peshqadam».

*** Saudiya Arabistoni - Iroq bahsida uzoqdan zarba yo‘llab, chiroyli gol muallifiga aylangan Yahyo al Shehriyningarablar milliy jamoasidagi statistikasi: 40ta o‘yin, 5ta gol.

*** Hamyurtimiz, 41 yoshli FIFA referisi Valentin Kovalenko JCH-2018 saralashi doirasidagi 3ta o‘yinni boshqardi. Bu safar Saudiyada ishlagan hakamimiz bungacha Livan - Quvayt (2015 yil 11 iyun) va Ummon - Eron (2015 yil 8 oktyabr) o‘yinlariga tayinlangandi. Umuman, Kovalenko jahon chempionati yo‘lidagi jami 9ta o‘yinda ishlagan: JCH-2014 - 6ta, JCH-2018 - 3ta. U Saudiya termasi ishtirokidagi rasmiy o‘yinni 3-marta boshqardi.

*** JCH-2018 saralash bosqichida eng ko‘p o‘yin boshqargan hakam - singapurlik Muhammad Taqi Bin Jahari. Eron - Xitoy qarama-qarshiligi uning uchun 7-o‘yin bo‘ldi. Ahmad al Kaf (Ummon), Hamis al Marriy (Qatar), Adham Mahadmeh (Iordaniya) hisobida esa 6tadan o‘yin bor.

*** OFK miqyosidagi joriy saralashda qatnashayotgan terma jamoalar futbolchilarining umumiy narxi 241,76 mln. funt sterlingga teng. Eng qimmatbaho futbolchi - Son Xyun Min (Janubiy Koreya)ning transferi 21,25 mln. funtga baholanmoqda.

Tur qahramoni. Metyu Alan Leki. 1991 yilning 4 fevral kuni Melburn shahrida tug‘ilgan. Bo‘yi - 181 sm. Klubi: «Ingolshtadt» (Germaniya). Bungacha Avstraliyaning 20 yosh toifasidagi terma jamoasida ham o‘ynagan. «Sokkeruz» safida 2012 yilning 14 noyabr kuni Janubiy Koreya termasiga qarshi o‘yinda deb-yut qilgan. Ortda qolgan shuncha vaqtda milliy jamoasi safida 39 marta maydonga tushib, 5ta gol urdi - Kanada, Bangladesh, Gresiya, Iroq va BAA termalari darvozasiga. Shundan 3tasi JCH-2018 saralashiga to‘g‘ri keladi. Leki - Osiyo kubogi-2015 g‘olibi. Vaqtida Avstraliya futbolining eng iqtidorli tarbiyalanuvchilaridan biri sifatida e’tirof etilgan Metyu 19 yoshidanoq «sokkeruz» murabbiylari e’tiboriga tushgan va muntazam jamoa yig‘inlariga jalb etilgan. Hozirgi klubi - «Ingolshtadt» safiga qo‘shilguniga qadar Germaniyada «Borussiya» (Menxengladbax) va «Frankfurt» sharafini himoya qilgandi.

To‘purarlar: 15ta - Muhammad al Sahlaviy (Saudiya Arabistoni), Ahmad Xalil (BAA); 9ta - Tim Keyxill (Avstraliya); 8ta - Yang Ksyu (Xitoy), Sardor Azmun (Eron), Umar Xarbin (Suriya).

Qaysi jamoa tarkibida tajriba ko‘p?

Milliy termalar safidagi futbolchilarning mundial saralashida o‘tkazgan o‘yinlari haqida so‘z borsa, bizning jamoa hammadan oldinda. Deylik, uchinchi raund bahslarida  tarkibga kiritilgan futbolchilar bo‘yicha qarasak, 23 nafar o‘yinchimiz hisobida jami 291ta saralash o‘yini bor. Suriya termasi bu borada hammadan ortda - 115ta o‘yin. Taqqoslash uchun aytsak, terma jamoamiz gvardiyachisi Server Jeparovning bir o‘zi mundial yo‘lidagi 55ta o‘yinda qatnashgan. Odil Ahmedovda bu ko‘rsatkich 42taga teng bo‘lsa, Aleksandr Geynrix hisobida 40ta o‘yin bor.

Bilasizmi?

O‘zbekiston terma jamoasi safida jahon chempionati saralash bosqichida maydonga tushgan eng yosh futbolchi - bu Islom To‘xtaxo‘jayev. U 2009 yilning 11 fevral kuni Bahrayn termasiga qarshi kechgan uchrashuvda qatnashgan payt 19 yosh 3 oy 12 kunlik edi. Shu mezon bo‘yicha olsak, Ulug‘bek Baqoyev eng yoshi katta futbolchidir. U 2013 yilning 6 sentyabr kuni Iordaniya termasi bilan o‘yinda maydonga tushganida 34 yosh 9 oy 9 kunlik bo‘lgan.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:35, 05.04.2017.
O'qildi: 13656 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.