Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Ayollar o‘rtasidagi III O‘zbekiston superkubogi. Prevyu

Ayollar o‘rtasidagi III O‘zbekiston superkubogi. Prevyu

Baho:
+ | -

17 aprel kuni JAR stadionida Ayollar o‘rtasidagi III O‘zbekiston Superkubogi bahsi bo‘lib o‘tadi.

Unda o‘tgan mavsumning chempioni va kubok sohibi – Qarshining “Sevinch” jamoasi, 2016 yilgi mavsumda kumush medallarni qo‘lga kiritgan Bekobodning “Metallurg W” jamoasi bilan kuch sinashadi.

O‘zbekiston Superkubogi tarixidan 

O‘zbekiston Superkubogi shu paytgacha ikki marta o‘tkazilgan. Birinchi superkubokni “Sevinch” jamoasi qo‘lga kiritgan. Ikkinchi superkubok sohibi esa “Metallurg W” jamoasi hisoblanadi.

Ayollar o‘rtasidagi futbol bo‘yicha oliy liga musobaqasida superkubok bahsi ilk marta 2015 yili o‘tkazilgan. Dastlabki superkubok ikki uchrashuvdan iborat bo‘lgan. Unda kubok sohibi  “Metallurg W” va mamlakat chempioni “Sevinch” jamoalari o‘zaro kuch sinashgan. 2015 yili 16 aprelda, Bekobodda bo‘lib o‘tgan dastlabki uchrashuvda jamoamiz bekobodlik qizlarni 3:0 hisobida mag‘lub etgan bo‘lishsa, 23 aprel Qarshida bo‘lib o‘tgan javob uchrashuvida 1:1 hisobi qayd etilgan. Har ikkala uchrashuv natijasiga binoan “Sevinch” g‘olib bo‘lgan va I O‘zbekiston Superkubogi sohibiga aylangan.

II O‘zbekiston Superkubok bahsi bir uchrashuvdan iborat bo‘lgan. Bu uchrashuv o‘tgan yili 26 aprel kuni Toshkentdagi “JAR” stadionida bo‘lib o‘tgan. Bu superkubok bahsida “Sevinch” kichik 1:0 hisobida “Metallurg W” jamoasiga imkoniyatni boy bergan.

Demak, mamlakatimizda ayollar o‘rtasidagi futbol bo‘yicha superkubokni “Sevinch” va “Metallurg W” jamoalari bir martadan qo‘lga kiritishgan.

Bo‘lajak bahs haqida

Hozirgi paytda mamlakatimiz ayollar futbolida “Sevinch” va “Metallurg W” jamoalari asosiy sovrinlar uchun, asosiy raqobatchilar hisoblanishadi. Bu jamolar endi uchinchi marta superkubok uchun o‘zaro kuch sinashishadi.

“Sevinch” bu uchrashuvda nominal maydon egasi hisoblanadi.

Ushbu uchrashuvni ikkinchi marta mamlakatimizni eng yaxshi hakamlaridan biri bo‘lgan Edita Mirobidova boshqaradi. Unga mamlakatimizda va xalqaro uchrashuvlarda ishlayotgan, tajribali hakamlarimiz yordam berishadi. Eng qizig‘i o‘tgan yilgi superkubok bahsini ham mana shu hakamlar guruhi boshqarishgan.

III O‘zbekiston Superkubogi

“Sevinch” (Qarshi) – “Metallurg W” (Bekobod)

17.04.2017. “JAR” stadioni. Soat 14:00da

Bosh hakam: Edita Mirobidova (Toshkent)

Qanot hakamlari: Kristina Sereda (Buxoro), Zilola Rahmatova (Qarshi)

Zaxira hakami: Anna Sidorova (Toshkent)

Nazoratchi: Oleg Dachev (Toshkent)

O‘zAFA vakili: Alisher Fayziyev.

Superkubokka oid faktlar

O‘zbekiston Superkubogi bahslarida 1-gol muallifi jamoamiz o‘yinchisi Saida Xandamova hisoblanadi. Ushbu futbolchimiz I O‘zbekiston Superkubogi uchrashuvining 23-daqiqasida gol kiritgan edi.

Superkubok bahslarida gol urgan futbolchilar

Saida Xandamova – “Sevinch” – 1

Kamola Riskiyeva – “Sevinch” – 1

Mariya Moiseeva – “Sevinch” – 1

Zebo Jo‘rayeva – “Sevinch” – 1

Mohigul Ikromova – “Metallurg W” – 1

Dildora Nozimova – “Metallurg W” – 1

Ko‘rib turganingizdek, o‘zaro superkubok uchrashuvlarida eng ko‘p gollarni jamoamiz futbolchilari kiritishgan. To‘plar nisbati 4:2ni tashkil etmoqda.

Bungacha “Sevinch” jamoasi sharafini himoya qilgan Zumrat Nazarova, Mahliyo Sarikova, Feruza Turdiboyevalar ayni paytda “Metallurg W” jamoasi o‘yinchilari hisoblanishadi. Ular ertaga o‘zlarining sobiq jamoasiga qarshi maydonga tushishlari mumkin. Ayni payt “Sevinch” a’zosi bo‘lgan Shodiya Tosheva birinchi superkubok bahsida bekobodliklar jamoasi safida maydonga tushgan.

O‘zbekiston Superkubogi bahslaridagi natijalar

O‘zbekiston Superkubogi. Dastlabki uchrashuv

“Metallurg W” (Bekobod) – “Sevinch” (Qarshi) 0:3

16.04.2016. Bekobod shahri. “Metallurg” stadioni. 17:00

Gollar: Saida Xandamova, 23-0:1, Kamola Risqiyeva, 61-0:2, Mariya Moiseeva, 70-0:3,

Bosh hakam: Anna Sidorova (Toshkent)

O‘zbekiston Superkubogi javob uchrashuvi

“Sevinch” (Qarshi) – “Metallurg W” (Bekobod) 1:1

23.04.2015. Qarshi sh.”Geolog” stadioni. 17:00

Gollar: Zebo Jo‘rayeva 20 – 1:0 – Moxigul Ikromova 22  – 1:1

Bosh hakam: Anna Sidorova  (FIFA referisi, Toshkent sh.)

II O‘zbekiston Superkubogi

“Sevinch” (Qarshi) – “Metallurg W” (Bekobod) 0:1 (0:0)

26.04.2016 y.Toshkent sh. “JAR” stadioni. Soat 15:00da

Gol: Dildora Nozimov, 48’-0:1.

Bosh hakam: Edita Mirobidova (Toshkent)

Ushbu jamoalar o‘rtasidagi har bir uchrashuv kurashlarga boy va murosasiz tarzda kechgan. Ertaga ham ana shunday qiziqarli uchrashuv bo‘lishiga shubha yo‘q.

Barcha futbol ishqibozlarini ana shu qiziqarli uchrashuvga taklif etib qolamiz.

Manba: pfcsevinch.uz
Kiritildi: 12:15, 16.04.2017.
O'qildi: 3783 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.