Dortmundning «Borussiya» klubi yarimhimoyachi Nuri Shahin bilan yangi shartnoma imzoladi.
Unga ko‘ra, futbolchi 2019 yil yozigacha jamoa tarkibida qoladigan bo‘ldi.
Shahin «Borussiya» klubining tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U turli yillarda «Real» va «Liverpul» klublarida o‘ynagan. 2014 yilda esa qadrdon jamoasiga qaytgan.
Joriy mavsumda uning hisobida 8ta o‘yin, 1 gol va shuncha golli uzatma bor.