Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted - Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa

Boku - 2017. O‘zbekiston delegasiyasiga yettinchi oltin medalni taekvondodan Niyoz Po‘latov olib berdi

Boku - 2017. O‘zbekiston delegasiyasiga yettinchi oltin medalni taekvondodan Niyoz Po‘latov olib berdi

Baho:
+ | -

Ozarbayjon poytaxti Bokuda davom etayotgan «Islom birdamlik o‘yinlari»da O‘zbekiston delegasiyasi yettinchi oltin medalga ega chiqdi, deb xabar berdi MOQ matbuot xizmati.

Taekvondoning -58 kilogrammgacha bo‘lgan sportchilari o‘rtasidagi musobaqasida O‘zbekiston sharafini Niyoz Po‘latov himoya qildi. U yarim finalda tunislik raqibi ustidan zafar quchdi.

Finalda esa raqib tomon taekvondochisi jarohati borligi sabab, tatamiga chiqishni istamadi. Shu tariqa Po‘latov oltin medal bilan taqdirlandi.

Bunga qadar O‘zbekiston delegasiyasi umumjamoa hisobida kuchli uchlikni yakunlab turgandi. 17 may holatiga ko‘ra esa eronlik sportchilar 10 ta oltin medal bilan O‘zbekistondan o‘zib ketishga muvaffaq bo‘ldi.

Ozarbayjonlik sportchilar esa peshqadamlik poygasida Turkiyani oldinga o‘tkazib yubordi. O‘zbekistonlik bokschilarning besh nafari yarim finalga yo‘llanma olgani inobatga olinsa, ehtimoliy oltin medallar yordamida O‘zbekiston uchinchi pog‘onani qaytarib olish imkoniyatiga ega bo‘lib turibdi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 11:27, 17.05.2017.
O'qildi: 4229 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.