"Bavariya" yarimhimoyachisi Tyago Alkantara sobiq jamoadoshi Xabi Alonsoning sha’niga maqtovlarni ayamadi.
"Liverpul", "Real"klublari va Ispaniya terma jamoasining sobiq futbolchisi ushbu mavsum yakunidan so‘ng faoliyatini tugatishini ma’lum qilgan.
"Xabi - avlbovar qilmas professional futbolchi. U mashg‘ulotlarga birinchi bo‘lib kelib, oxiri tark etardi. U maydondagi murabbiydek edi va shuning uchun o‘zi to‘p surgan barcha jamoalarda muhim o‘yinchi bo‘lgan. U juda iqtidorli futbolchi va birinchi o‘rinda pas o‘ynay oladigan futbolchi. Biz, umuman futbol uni sog‘inamiz, ammo afsuski hayot shunday. Uning qarorini hurmat qilishimiz kerak", - deydi Alkantara.