Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/03 00:45 Yuventus 1-1 Sassuolo
22/03 01:00 Lids 0-0 Brentford
22/03 01:00 Sevilya 0-2 Valensiya
22/03 16:30 Komo 5-0 Piza
22/03 17:00 Nyukasl 1-2 Sanderlend
22/03 18:00 Barselona 1-0 Rayo Valyekano
22/03 19:00 Atalanta 1-0 Verona
22/03 19:00 Bolonya 0-2 Lasio
22/03 19:15 Aston Villa 2-0 Vest Xem
22/03 19:15 Tottenhem 0-3 Nottingem Forest
22/03 20:15 Selta 3-4 Alaves
22/03 22:00 Roma 1-0 Lechche
22/03 22:30 Atletik Bilbao 2-1 Betis
23/03 00:45 Fiorentina 1-1 Inter
23/03 01:00 Real Madrid 3-2 Atletiko

O‘zbekiston terma jamoasi o‘rtoqlik o‘yinida Tailandni mag‘lubiyatga uchratdi

O‘zbekiston terma jamoasi o‘rtoqlik o‘yinida Tailandni mag‘lubiyatga uchratdi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bugun, 6 iyun kuni Toshkent shahrida Tailand futbolchilari bilan o‘zaro bahs olib bordi. “Bunyodkor” stadionida o‘tkazilgan o‘rtoqlik o‘yinida O‘zbekiston termasi 2:0 hisobida zafar quchdi.

Uchrashuvning 68-daqiqasida Eldor Shomurodov tomonidan uzatilgan to‘pni Temurxo‘ja Abduxoliqov raqib darvozasiga kiritdi. O‘yin yakunida Sardor Rashidov chiroyli zarba bilan hisobni oshirishga muvaffaq bo‘ldi. Qayd etish joiz, Samvel Babayan mazkur o‘yinda tajribaviy tarkibni sinovdan o‘tkazdi.

Mazkur o‘yin O‘zbekiston termasi uchun Eronga qarshi 12 iyun kuni o‘tkaziladigan JCH–2018 saralash o‘yiniga tayyorgarlik vazifasini o‘tadi.  Tailand termasi o‘z navbatida 13 iyun sanasida BAAga qarshi to‘qnash keladi.

O‘rtoqlik uchrashuvi
Toshkent, “Bunyodkor”
6 iyun, seshanba

O‘zbekiston – Tailand 2:0

Gollar: Temurxo‘ja Abduxoliqov (68), Sardor Rashidov (90+3)

Ogohlantirish: Tanabun Kesarat (86)

O‘zbekiston: Aleksandr Lobanov, Stanislav Andreev, Yegor Krimes, Otabek Shukurov, Akmal Shorahmedov, Aziz Haydarov (Murod Xolmuhamedov, 82), Vadim Afonin, Server Jeparov (Temurxo‘ja Abduxoliqov, 62), Jaloliddin Masharipov (Eldor Shomurodov, 46), Marat Bikmayev (Sardor Rashidov, 52), Igor Sergeev (Aleksandr Geynrix, 67).

Tailand: Sintxavichai Xatxairattakul, Kevin Diromram, Pansa Xemvibun, Chalermpong Kerdkayev, Narubadin Viravatnodom (Puttinan Vannasri, 72), Titipan Puangjan (Piradol Chamrasami, 79), Tanabun Kesarat, Sanravat Dechmitr (Tiratep Vinotay, 63), Bordin Pala (Rungrut Pumichantuk, 83), Nurul Sriyankem (CHutipon Tangtai, 62), Sirod Chattong (CHayavat Buran, 90). 

Manba: the-uff.com
Kiritildi: 21:58, 06.06.2017.
O'qildi: 10381 marta.
Fikrlar: 10 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик