Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Futbol tarixidagi eng ahmoqona o‘yin: jamoa o‘z darvozasini ishg‘ol eta olmagan?!

Futbol tarixidagi eng ahmoqona o‘yin: jamoa o‘z darvozasini ishg‘ol eta olmagan?!

Baho:
+ | -

Millionlar o‘yinining qonun-qoidalari bugungacha ko‘p bora o‘zgardi. Ta’kidlash joizki, ilgari futbolda tushunib bo‘lmaydigan qoidalar ham qabul qilinar, bu esa kutilmagan holatlarga sabab bo‘lardi. Buni qarangki, ana shunday qoidalar natijasida futbol tarixidagi o‘yinlardan biri juda g‘alati va kulgili tus olgan.

Bu match Barbados va Grenada o‘rtasida o‘tkazilgandi. O‘shanda Karib hududiga kiruvchi mamlakatlar «Karib dengizi mamlakatlari kubogi» deb atalgan turnirda ishtirok etishayotgandi. Ayni shu davr, ya’ni 1994 yilda futbol tarixidagi eng kulgili voqea sodir bo‘ldi. Bu voqeaga ko‘pchilik ishonmasligi mumkin, ammo quyida e’tiboringizga havola etayotganlarimiz ayni haqiqat.

Demak, 1 guruh. Guruhdan Barbados, Grenada va Puerto Riko terma jamoalari joy olishgan. Turnir reglamentiga ko‘ra, faqat bitta jamoagina final bosqichi yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi. Bungacha Grenada Puerto Rikoni 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan, Barbados termasi esa keyingi turda puertorikoliklarga minimal hisobda imkoniyatni boy bergandi. Natijada ikkita turdan keyin guruhdagi vaziyat quyidagicha tus olgandi:

Grenada 3 ochko, to‘plar nisbati 2:0

Puerto Riko 3 ochko, to‘plar nisbati 1:2

Barbados 0 ochko, to‘plar nisbati 0:1.

Bundan ko‘rinib turardiki, Grenada guruhda birinchi o‘rinni olishi uchun so‘nggi turda Barbadosni mag‘lub etishi kerak edi. Shuningdek, Barbados termasida ham keyingi bosqichga chiqish imkoniyati bor, buning uchun esa ulardan Grenadani kamida ikkita to‘p farqi bilan mag‘lub etish talab qilinardiO‘sha paytdagi qonun-qoidalarga ko‘ra, o‘yin durang bilan tugasa, qo‘shimcha taymlar belgilanar, ana shu daqiqalarda kiritilgan gol esa ikkita golga teng kelar va u «Oltin gol» hisoblanardi.

Guruhning so‘nggi o‘yini: Barbados-Grenada. Tezkor ikkita gol urgach, Barbados o‘yindagi hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirdi. Barbadosliklar o‘zlariga kerakli hisobni 83-daqiqagacha ushlab turishdi. Aynan shu daqiqada kiritilgan avtogol barcha urinishlarni yo‘qqa chiqardi, hisob 2:1 ko‘rinish oldi. Grenadaliklar endi o‘z darvozalarini qattiq qo‘riqlay boshlashdi, chunki 3-gol ularning imkoniyatini yo‘qqa chiqarardi.

O‘yin yakuniga yetib borayotgan bir paytda Barbadosning ikki nafar himoyachisi (Siyeli va Staut) to‘pni bir-biriga uzatishdi. Shu payt kutilmaganda Siyeli o‘z darvozasiga to‘p kiritdi. Bu esa ishqibozlarga yoqmadi, ular darhol Siyelini haqorat qila boshlashdi. Ammo futbolchi hammasini to‘g‘ri bajargandi, ya’ni u hisobni tenglashtirib, jamoasiga yana o‘ttiz daqiqa o‘ynash imkonini olib berishni niyat qilgandi. Agar Barbados qo‘shimcha taymlarda gol urishni uddalasa, jamoa guruhda peshqadamlikni qo‘lga kiritardi.

Voqealar jarayonining bunday tus olishini kutmagan grenadaliklar dovdirab qolishadi. O‘yinning asosiy vaqti yakunlanishiga uch daqiqa qolganda esa vaziyat quyidagicha tus olgandi, ya’ni grenadaliklar gol kiritishmasa, yana o‘ttiz daqiqa o‘ynashga to‘g‘ri kelardi. Agar raqib darvozasini ishg‘ol qilishsa, nur ustiga a’lo nur. Bordi-yu, o‘z darvozalariga to‘p kiritishsa ham 2:3 hisobidagi mag‘lubiyat ularni qoniqtirardi. Tabiiyki, Grenada o‘yinchilari eng oson yo‘lni tanlashdi, ya’ni o‘z darvozalarini ishg‘ol qilishga kirishishdi. O‘yin bu yog‘iga juda antiqa ko‘rinish oldi.

Davomi

Manba: mazmun.uz
Kiritildi: 08:42, 24.06.2017.
O'qildi: 8676 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.