Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon 2-1 Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona 5-2 Surxon
28/04 20:00 Paxtakor 2-2 Nasaf
28/04 23:59 PSJ 5-4 Bavariya
29/04 19:00 Qizilqum - Xorazm
29/04 19:00 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor - Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal

Aleksandr Xomyakov: «Dinamo»ga qarshi o‘yindan emas, natijadan qoniqdim»

Aleksandr Xomyakov: «Dinamo»ga qarshi o‘yindan emas, natijadan qoniqdim»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Kubogi chorakfinal dastlabki uchrashuvi doirasidagi «Dinamo» - «Mash’al» (0:1) o‘yinidan keyin, mehmonlar bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- Chempionat doirasidagi uchrashuv bilan taqqoslaganda bugun ham biz o‘yinimizda katta o‘zgarish qilmaslikka intildik. Bugun o‘yinimizdan qoniqmagan bo‘lsamda, natijadan qoniqdim deya olaman. 2-3 marta raqib darvozasi tomon zarba berishga erishdik, baxtimizga ulardan biri darvozadan o‘rin oldi. Kubok o‘yinlarida asosiy narsa o‘yin emas, kerakli natijadir. Mehmondagi gol biz uchun muhim edi. Bugun ham himoyaviy o‘yin namoyish etib, raqibning kuchsiz jihatlaridan foydalanishga harakat qildik. Bugun to‘pni nazorat qila olmagan bo‘lsakda, yigitlarimizning irodasi tufayli g‘alabaga erishdik.

- Besh kun ichida «Dinamo»ga qarshi ikkita o‘yin o‘tkazdinglar. Bu jamoa sizda qanday taassurot qoldirdi?

- «Dinamo» Oliy Ligani kutilmagan natijalar bilan boshlagan bo‘lsada, barchasini tasodif deb bo‘lmasdi. Jamoa kurashuvchanligi va o‘yini bilan yaxshi natijalarga erishgandi deb o‘ylayman. Jamoa oddiy o‘yin namoyish etgan bo‘lsada, xohish evaziga ko‘p jamoalarni mag‘lub eta oldi. Tarkib yoshlardan iborat ekanligi jamoaning yutug‘i deb o‘ylayman.

- Jamoa sardori Zafar To‘rayev va tojikistonlik legioner Umedjon Sharipovning ikki o‘yindan buyon maydonga tushmayotganligini qanday izohlaysiz?

- Zafar To‘rayev o‘tgan o‘yinda jarohat olib, tiklanishga ulgurmadi. Shu bois bugun uni maydonga tushira olmadim. Umedjon Sharipovga keladigan bo‘lsam, u oilaviy sharoitiga ko‘ra Tojikistonga qo‘yib yubordik. Uning keyingi taqdirini davralar oralig‘ida ko‘rib chiqamiz.

Manba: fcdinamo.uz
Kiritildi: 12:58, 01.07.2017.
O'qildi: 2756 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик