Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/05 00:00 Alaves 1-0 Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo 0-2 Kalyari
19/05 18:00 Monsa 0-1 Frozinone
19/05 18:00 Udineze 1-1 Empoli
19/05 19:00 Navbahor 1-0 Neftchi
19/05 19:00 OKMK 5-3 So‘g‘diyona
19/05 20:00 Manchester Siti 3-1 Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted 0-3 Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal 2-1 Everton
19/05 20:00 Brentford 2-4 Nyukasl
19/05 20:00 Brayton 0-2 Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli 1-2 Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi 2-1 Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas 5-0 Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul 2-0 Vulverhempton
19/05 20:00 Luton 2-4 Fulhem
19/05 21:00 Inter 1-1 Lasio
19/05 22:00 Valensiya 1-3 Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal 4-4 Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao 2-0 Sevilya
19/05 22:00 Atletiko 1-4 Osasuna
19/05 22:00 Barselona 3-0 Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis 0-2 Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka 2-2 Almeriya
19/05 22:00 Granada 1-2 Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ
20/05 21:30 Salernitana - Verona
20/05 23:45 Bolonya - Yuventus

Alisher Ahmedov: "Oliy ligada o‘ynash uchun tanishim yo‘q"

Alisher Ahmedov: "Oliy ligada o‘ynash uchun tanishim yo‘q"

Baho:
+ | -

Tajribali darvozabon Alisher Ahmedov faoliyatini yana legioner maqomida davom ettiradigan bo‘ldi. U Tojikistonning ko‘p karra chempioni Dushanbening «Istiqlol» klubi bilan shartnoma tuzdi.

Eslasangiz, Ahmedov 2 yilcha oldin «Nyu Radiant» safida Maldiv chempionati oltin medalini yutish barobarida mavsumning eng yaxshi darvozaboni maqomini ham olgandi.

Uning yangi klubi - «Istiqlol»ga kelsak, bu jamoa bir hafta mobaynida Toshkentda o‘quv-mashg‘ulotlar yig‘ini olib bordi. Tabiiyki, uning doirasida o‘rtoqlik uchrashuvlarida ham maydonga tushdi.

Tojikistonliklar «Neftchi»ga imkoniyat boy bergan bo‘lsalar, «Metallurg» va «Mash’al» bilan bahslarda durang qayd etishdi.

Kecha «Istiqlol» yurtimizdagi yig‘inni yakunlab, o‘z mamlakatiga qaytdi. Fursatdan foydalanib, mashg‘ulotlarning so‘nggi kuni Alisher Ahmedovdan maxsus intervyu oldik.

- Alisher, bir muddat futboldan chetda yurdingiz. Bunga jarohat sababmi yoki boshqa omillar bor?

- Birinchi variant to‘g‘ri. Jarohat yarim yilcha yashil maydonga tushish imkonini bermadi. Lekin hozir hammasi joyida - yana sevimli mashg‘ulotimga qaytdim.

- «Istiqlol» varianti qanday paydo bo‘ldi?

- Oddiy, agentlar shu klubdan qiziqish borligini aytishdi va o‘ylab ko‘rib, taklifni qabul qildim. Xullas, klub murabbiylari o‘yinlarimni ko‘rib, shartnoma tuzishni xohlashdi. Shu tariqa avvaliga jamoa yig‘inida qatnashdim va yakunda kelishib oldik.

- Shartnoma qancha muddatga mo‘ljallanadi?

- Nasib qilsa, imkon qadar uzoqroq hamkorlik qilamiz.

- O‘zi «Istiqlol» taklifi qaysi jihati bilan qiziqish uyg‘otdi?

- Birinchidan, jamoa Tojikiston chempionati «gegemoni». Ikkinchidan, muntazam ravishda OFK kubogida ishtirok etadi. Hattoki, ushbu musobaqa finalida o‘ynagan. Joriy yil ham guruh bahslarini muvaffaqiyatli yakunlagan. Umuman, doimo o‘z oldiga jiddiy maqsadlarni qo‘yadi. 

- Jamoa bilan yaqindan tanishishga ulgurdingizmi? Sharoitlar, stadion, klub infratuzilmasi...

- Eng ma’qul kelgani - jamoa juda ahil. Xususan, meni iliq kutib olishdi va yigitlar bilan tezda til topishib oldik. «Istiqlol» tarkibi asosini Tojikiston termasi a’zolari tashkil qilishadi. Sharoitlar ham a’lo darajada.

Jamoaning har bir uy uchrashuviga 15-20 ming muxlis tashrif buyuradi. «Istiqlol» ayni payt Tojikiston chempionatida katta farq bilan peshqadamlik qilyapti. Ya’ni 13ta o‘yinda hali mag‘lubiyatga uchramagan yagona ishtirokchi bo‘lib turibdi.

- «Istiqlol» Toshkentda yig‘in tashkil qildi va O‘zbekiston kubogi chorak finali doirasidagi «Lokomotiv» - «Buxoro» o‘yinini yangi  jamoadoshlaringiz bilan bevosita stadionda kuzatdingiz. Ularning futbolimiz haqidagi fikrlari qanday?

- Hammamiz stadionni yaxshi taassurotlar bilan tark etdik. Axir 120 daqiqa murosasiz futbol tomosha qildik. Menimcha, «Buxoro» futbolchilari qo‘shimcha bo‘limlarga kelib, biroz charchab qolishdi. Tojikistonlik futbolchilar ham, jamoa legionerlari ham bizning chempionat saviya bobida ancha ustun ekanligini e’tirof etishdi. 

- «Istiqlol»da qaysi davlatlardan legioner bor ekan?

- Serbiya, Ukraina va Ganadan. Osiyolik futbolchi limitini esa men to‘ldirdim.

- Alisher, sir bo‘lmasa, taklif etilgan shartnomaning moliyaviy tomoni o‘zbek klublaridagi holatda yaxshiroqmi?

- Bunisini aytolmayman. Shartnoma bandida moliyaviy ma’lumotlarni oshkor qilmaslik ko‘rsatilgan.

- O‘zi oliy liga klublaridan ham taklif olganmidingiz?

- Yo‘q. Klublarda tanishlarim yo‘q. Shuning uchun chorlov bo‘lmadi. Axir jamoalarda murabbiylar asosan o‘z bolalarini o‘ynatishadi...

- Dushanbega borgach, klub bazasida yashaysizmi?

- Aslida bazadagi sharoitlar ham yaxshi. Lekin menga alohida uy ajratishlarini aytishdi.

- Tojikiston chempionatiga o‘tish siz uchun oldinga tashlangan qadammi yoki aksi?

- OFK kubogida qatnashayotgan jamoa safiga qo‘shildim. Demakki, oldinga siljidim. Deylik, o‘zimni ko‘rsatsam, yanada jiddiyroq klublardan taklif olishim mumkin. To‘g‘ri, Tojikiston chempionati biznikiga qaraganda, kuchsizroq va buni tan olaman.

Ammo u yerda legioner sifatida o‘ynayman va shunga yarasha talab katta bo‘lishi aniq. Misol uchun, 2015 yilgi futbol mavsumini sira unutmayman: «Nyu Radiant» safida Maldiv chempionati g‘olibiga aylanganim, eng yaxshi darvozabonga atalgan sovrinni qo‘lga kiritganim...

- Taxminingizcha, bu yil oliy ligamizda qaysi klub chempionlikka erishadi?

- «Lokomotiv»!

- Sizningcha, milliy jamoamiz JCH-2018 final bosqichiga chiqa oladimi?

- Nasib qilsa, chiqadi, albatta. Oldinda guruh bosqichining 2ta o‘yini qoldi va futbolchilar va xalqimizning ko‘p yillik orzusi ro‘yobi uchun ularda g‘alaba qozonish kerak. Eng muhimi, hozir hammasi o‘z qo‘limizda. Demak, umidsizlikka tushishga asos yo‘q.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 12:00, 09.08.2017.
O'qildi: 5431 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.