Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/04 00:00 Sanderlend 0-5 Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis 1-1 Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem 1-0 Aston Villa
25/04 17:00 Alaves 2-1 Malyorka
25/04 18:00 Parma 1-0 Piza
25/04 19:00 Liverpul 3-1 Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem 2-1 Everton
25/04 19:00 Vulverhempton 0-1 Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe 0-2 Barselona
25/04 21:00 Bolonya 0-2 Roma
25/04 21:30 Arsenal 1-0 Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya 2-1 Jirona
25/04 23:45 Verona 0-0 Lechche
26/04 00:00 Atletiko 3-2 Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina - Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano - Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa - Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo - Elche
26/04 21:00 Torino - Inter
26/04 21:30 Osasuna - Sevilya
26/04 23:45 Milan - Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal - Selta
27/04 21:30 Kalyari - Atalanta
27/04 23:45 Lasio - Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted - Brentford
28/04 00:00 Espanyol - Levante

O‘zPFL 18-tur. “Nasaf” – “Bunyodkor” 0:1 (o‘yin sharhi)

O‘zPFL 18-tur. “Nasaf” – “Bunyodkor” 0:1 (o‘yin sharhi)

Baho:
+ | -

Oliy liga 18-turining markaziy uchrashuvlaridan biri Qarshi shahridagi “Markaziy” stadionda bo‘lib o‘tdi. Unda “Nasaf” va “Bunyodkor” jamoalari o‘zaro bahs olib borishdi.

Uchrashuvga start berilgandan maydonda keskin kurash boshlandi. “Nasaf” uchrashuvning dastlabki 15 daqiqasida juda faol bo‘ldi. Ammo vaqt o‘tgan sayin tashabbusni "Nasaf" raqib jamoaga berib qo‘ydi. Shundan so‘ng jamoalarning maydondagi qarshiligi tenglashdi. Uchrashuvda “Nasaf” birinchi bo‘lib hisobda oldinga o‘tib olish imkoniga ham ega bo‘ldi. Ammo bu imkoniyatdan foydalanishni iloji bo‘lmadi.

Uchrashuvning 34-daqiqasida mehmonlar 11 metrlik jarima to‘pi tepish imkoniga ega bo‘lishdi. Otabek Shukurov penaltini aniq amalga oshirib, jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi – 0:1. Birinchi bo‘lim ana shu hisobda yakunlandi.

Ikkinchi bo‘lim boshidan qarshiliklar hujumlarga zo‘r berishdi. Ular raqib jamoaga nisbatan maydonda ustunlikka ham erishdi. Ketma-ket tashkil etilgan hujumlar orqali gol urish uchun ko‘plab imkoniyatlar yaratildi. Ammo bugun hech qaysi futbolchi “Bunyodkor” darvozasiga yo‘l topa olmadi.

Faqat uchrashuvning 88-daqiqasida tezkor tashkil etilgan hujumda Bobir Abduxoliqov raqib darvozasini ishg‘ol qildi, ammo uchrashuv hakami o‘yindan tashqari holat deb, golni hisobga olmadi.

Ikkinchi bo‘limda hujumkor o‘yin namoyish etgan jamoamiz, raqib darvozasiga yo‘l topa olmadi. Ulardan omad ham yuz o‘girdi. Ba’zi vaziyatlarda Suhrobjon Sultonov ham o‘z darvozasini muqarrar gollardan asrab qoldi.

Shunday qilib, "Nasaf" o‘z maydonida ilk marta mag‘lub bo‘ldi. Qimmatli uch ochkoni boy berdik.

O‘zPFL 18-tur
“Nasaf” (Qarshi) – “Bunyodkor” (Toshkent) 0:1.  8517 tomoshabin
18.08.2017. “Markaziy” stadion. 19:30da
Hakamlar: Zokirjon Qodirov (Navoiy), Obid Jumayev (Navoiy), Ruslan Samandarov (Navoiy), Zaxira hakami: Shuhrat Rajabov (Buxoro)
Nazoratchi: Sardor Najafaliyev (Toshkent)
O‘zPFL vakili: Bobur Haydarov.
Gol: Otabek Shukurov, (pen.) 34’-0:1.
“Nasaf”: 35.Sanjar Quvvatov, 2.Akmal Shorahmedov (s), 6.Azizjon G‘aniyev (45.Bobir Abduxoliqov 79), 7.Odiljon Hamrobekov, 15.SHaxboz Erkinov (20.Islom Kenjaboyev 57), 18.Bahrom Abdurahimov, 22.Igor Golban, 34.Farruh Sayfiyev, 69.Dragan Cheran, 77.Jasur Hasanov (14.SHarof Muhitdinov 70),  92.Umarbek Eshmurodov,
“Bunyodkor”: 32.Suhrobjon Sultonov, 3.Islomjon Qobilov, 4.Akrom Komilov, 6.Anvar G‘ofurov, 8.Javlon Ibrohimov (s), 9.SHahzodbek Nurmatov (11.Vadim Chemirtan 62), 17.Dostonbek Hamdamov (30.Xurshid G‘iyosov 82), 21.Dilshodbek Ahmadaliyev, 22.SHohrux Gadoyev, 29.Otabek Shukurov, 44.Mirjamol Qosimov (28.Davronbek Umirov 68).
Ogohlantirishlar: Azizjon G‘aniyev (33), Shaxboz Erkinov (43) – Shohrux Gadoyev (19), Javlon Ibrohimov (32), Akramjon Komilov (43), Otabek Shukurov (89).

Manba: fcnasaf.uz
Kiritildi: 09:07, 19.08.2017.
O'qildi: 5497 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик