Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/01 00:45 Lechche 0-0 Lasio
25/01 01:00 Vilyarreal 0-2 Real Madrid
25/01 16:30 Sassuolo 1-0 Cremonese
25/01 18:00 Atletiko 3-0 Malyorka
25/01 19:00 Atalanta 4-0 Parma
25/01 19:00 Jenoa 3-2 Bolonya
25/01 19:00 Nyukasl 0-2 Aston Villa
25/01 19:00 Brentford 0-2 Nottingem Forest
25/01 19:00 Kristal Pelas 1-3 Chelsi
25/01 20:15 Barselona 3-0 Real Ovyedo
25/01 21:30 Arsenal 2-3 Man. Yunayted
25/01 22:00 Yuventus 3-0 Napoli
25/01 22:30 Real Sosyedad - Selta
26/01 00:45 Roma - Milan
26/01 01:00 Alaves - Betis
27/01 00:45 Verona - Udineze
27/01 01:00 Jirona - Xetafe
27/01 01:00 Everton - Lids

"Paxtakor" derbida g‘alaba qozonib, ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi

"Paxtakor" derbida g‘alaba qozonib, ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi

Baho:
+1 | -

22-turda "Paxtakor" Toshkent derbisida "Lokomotiv"dan kichik hisobda ustun keldi.

Hujumlarga boy tarzda kechgan uchrashuvda jamoalarda gol urish uchun ko‘plab imkoniyatlar yuzaga keldi. 12-daqiqada Sergeev to‘pni darvozaga yo‘llashga urindi va Nesterov mahoratini ko‘rsatdi. 21-daqiqada Bobojonovning birga-bir holatda tepgan to‘pini Lobanov qaytarib qoldi. 24 va 29-daqiqalarda Sergeev va Kanyukning urinishlarini mezbonlar posboni ishonchli harakati bilan bartaraf etdi.

Ikkinchi bo‘lim boshida "Lokomotiv" tashabbusga erishdi. 67-daqiqada Lobanov jamoasini goldan saqlab qoldi. Bir vaziyatning o‘zida Sasha Bobojonov hamda Turopovning yaqin masofadan bergan zarbalaridan keyin to‘pni qaytardi. Keyinroq Kanyuk va Ibrohimovning urinishlari Nesterov tomonidan bartaraf qilindi. 82-daqiqada o‘yin taqdirini hal qilgan gol urildi. Kanyukning jarimadan oshirgan to‘pini Simich boshi bilan darvozaga aniq yo‘lladi - 0:1. Shu tariqa Marko Oliy ligada gollar hisobini ochdi.

90-daqiqada Lobanov yana bir mahorat namoyish etib, Aliboyevning zarbasini qaytardi. 1:0 hisobida g‘alaba qozongan "Paxtakor" 38 ochko bilan 2-pog‘onaga ko‘tarildi.

"LOKOMOTIV" - "PAXTAKOR" - 0:1 (0:0)
21 sentyabr. Toshkent. "Lokomotiv" stadioni. 5821 tomoshabin.
Hakamlar: V.Seytlin, M.Saidqosimov, R.SHoyaxmetov.
Nazoratchi: A.Xotamov.
"Lokomotiv": Nesterov, Zoteev, Maxaradze, To‘xtaxo‘jayev, Mustafoyev, Kapadze, Aliboyev, Mirzayev, Masharipov, Blessing (Turopov, 66), Bobojonov (Omonov, 79).
"Paxtakor": Lobanov, Kozak, Simich, A’zamov, Hoshimov, Ahmedov, Griffits (Ismatullayev, 69), Nurullayev (Tojiyev, 88), Kanyuk, Bezerra, Sergeev (Ibrohimov, 78).
Gol: Simich, 82 - 0:1.
Ogohlantirishlar: Aliboyev, 71. Hoshimov, 74. Nurullayev, 86. Kapadze, 90+3.

Manba: pakhtakor.uz
Kiritildi: 10:55, 22.09.2017.
O'qildi: 4268 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.