Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/09 00:00 Valyadolid 1-2 Malyorka
28/09 16:30 Nyukasl 1-1 Manchester Siti
28/09 17:00 Xetafe 2-0 Alaves
28/09 17:00 Bunyodkor 2-2 Nasaf
28/09 18:00 Udineze 2-3 Inter
28/09 19:00 Arsenal 4-2 Lester
28/09 19:00 Brentford 1-1 Vest Xem
28/09 19:00 Everton 2-1 Kristal Pelas
28/09 19:00 Nottingem Forest 0-1 Fulhem
28/09 19:00 Chelsi 4-2 Brayton
28/09 19:15 Rayo Valyekano 1-1 Leganes
28/09 21:00 Jenoa 0-3 Yuventus
28/09 21:30 Real Sosyedad 3-0 Valensiya
28/09 21:30 Vulverhempton 1-2 Liverpul
28/09 23:45 Bolonya 1-1 Atalanta
29/09 00:00 Osasuna 4-2 Barselona
29/09 15:30 Torino - Lasio
29/09 17:00 Selta - Jirona
29/09 18:00 Roma - Venetsiya
29/09 18:00 Komo - Verona
29/09 18:00 Ipsvich - Aston Villa
29/09 19:15 Atletik Bilbao - Sevilya
29/09 20:30 Man. Yunayted - Tottenhem
29/09 21:00 Empoli - Fiorentina
29/09 21:30 Betis - Espanyol
29/09 23:45 Napoli - Monsa
30/09 00:00 Atletiko - Real Madrid
30/09 23:45 Parma - Kalyari
01/10 00:00 Vilyarreal - Las-Palmas
01/10 00:00 Bornmut - Sautgempton

O‘zbekiston kubogi. «Lokomotiv» – «Nasaf» uchrashuviga oid

O‘zbekiston kubogi. «Lokomotiv» – «Nasaf» uchrashuviga oid

Baho:
+ | -

O‘zbekiston kubogi yarim finali javob uchrashuvlari shu haftaning 6-7 oktyabr kunlari bo‘lib o‘tadi. “Nasaf” 7 oktyabr, shanba kuni Qarshi shahridagi “Markaziy” stadionda “Lokomotiv” jamoasi bilan kuch sinashadi. Uchrashuv soat 18:00da boshlanadi.

O‘zbekiston Kubogi-2017. Yarim final javob uchrashuvi
“Nasaf” (Qarshi) – “Lokomotiv” (Toshkent)
07.10.2017. “Markaziy” stadion. 18:00
Bosh hakam: Vladislav Seytlin (Toshkent)
Qanot hakamlari: Timur Galeev (Toshkent), Akbar Po‘latov (Toshkent)
Zaxira hakami: Isxax Ibragimov (Nukus)
Nazoratchi: Aleksandr Popov (Toshkent)
Dastlabki uchrashuv – 1:3.

Esingizda bo‘lsa, FIFA hakami Vladislav Seytlin mazkur jamoalar o‘rtasidagi Samarqandda bo‘lib o‘tgan 2016 yilgi final uchrashuvini ham boshqargan edi.

O‘zbekiston kubogi yarim finalida “Nasaf” bungacha yetti marta ishtirok etgan. Shularning oltitasida g‘olib bo‘lib, finalga yo‘l olgan.

Bu yilgi yarim final "Nasaf" ustozi Ro‘ziqul Berdiyev o‘z shogirdlarini oltinchi marta yarim final uchrashuvlarida maydonga boshlab tushmoqda.

2003 yilda qarshiliklar "Navbahor" bilan yarim finalda kuch sinashgan va dastlab finalga chiqqan. 2011 yili “Nasaf” yarim finalda “Bunyodkor”ni, 2012 yil “Buxoro”ni, 2013 yil “Paxtakor”ni mag‘lub etib, finalga yo‘l olgan edi. 2014 yili ham qarshilik futbolchilar kubok yarim finalida ishtirok etishgan ammo, ikki o‘yin natijasiga ko‘ra “Bunyodkor” (0:1, 1:1) finalga yo‘l olgandi. 2015 yili “Lokomotiv” bilan yarim finalda tuqnash kelgan va qashqadaryoliklar  (2:0, 0:1) mag‘lub etib finalga yo‘l olgan edi. 2016 yili o‘zingizga ma’lum, “Nasaf” yarim finalda “Buxoro”ni mag‘lub etib (2:0, 2:1) finalga chiqqan.

Bu yil “Nasaf” kubok yarim finalida ikkinchi marta “Lokomotiv” bilan tuqnash kelmoqda.

Xabaringiz bor, ushbu jamoalar o‘rtasidagi yarim finalning dastlabki uchrashuvi 2 avgust kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan. Unda "Nasaf" 1:3 hisobida mag‘lubiyatga uchragan edi. Uchrashuvdagi gollarni Marat Bikmayev (2), Murod Bobojonov va Dragan Cheran kiritishgan.

Qiziqarli faktlardan biri, hozirgi paytda "Nasaf" sharafini himoya qilayotgan tajribali yarim himoyachimiz Jasur Hasanov 2015 yilgi yarim final uchrashuvlarida “Lokomotiv” safida maydonga tushgan.

O‘zingizga ma’lum, “Lokomotiv” jamoasi safida to‘p tepayotgan Shuhrat Muhammadiyev, 2015 yilgi yarim final uchrashvilarida “Nasaf” tarkibida maydonga tushgan. Hatto u Qarshida bo‘lgan dastlabki uchrashuvning eng yaxshisi ham bo‘lgan.

“Nasaf” – “Lokomotiv” jamoalari o‘rtasidagi har qanday bahs qiziqarli va murosasiz kurashlarga boy tarzda o‘tadi. Shu bois bu ikkala jamoa o‘rtasidagi uchrashuvlarni tomosha qilish  futbol ishqibozlariga ham katta zavq beradi.

Shunday ekan, 7 oktyabr, shanba kuni muxlislarni “Markaziy” stadionda kutib qolamiz.

Manba: fcnasaf.uz
Kiritildi: 09:50, 05.10.2017.
O'qildi: 5596 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.