Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese

Prevyu: «Neftchi» – «Nasaf»

Prevyu: «Neftchi» – «Nasaf»

Baho:
+ | -

“Nasaf” navbatdagi 24-tur uchrashuvini safarda Farg‘onaning “Neftchi” jamoasiga qarshi o‘tkazadi. Jamoalar oliy ligadagi  o‘zaro 42-uchrashuvda maydonga tushishadi. Uchrashuv 13 oktyabr, juma kuni “Istiqlol” stadionida soat 16:30da boshlanadi.

Endi chempionatimizda oddiy o‘yinlar qolmadi. Har bir uchrashuv misli finaldek o‘tadi. “Neftchi” – “Nasaf” o‘zaro uchrashuvi ham o‘zining jozibadorligi bilan futbol ishqibozlarining e’tiboridagi bahs hisoblanadi.

Oliy liga, 24-tur
“Neftchi” (Farg‘ona)  - “Nasaf” (Qarshi)
13.10.2017. “Istiqlol” stadioni. 16:30da
Hakamlar: Aziz Asimov (Toshkent), Rishat Nu’monov (Toshkent), Server Yeremeev (Toshkent), Anatoliy Rubakov (Toshkent)
Nazoratchi: Andrey Klepikov (Toshkent)
O‘zPFL vakili: Aleksey Frolov.
 
Jamoalarning o‘zaro uchrashuvlari tarixidan
Mazkur jamoalar hozirgacha milliy chempionatimizda 41 marta o‘zaro bahs olib borishgan. Bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarda "Nasaf" 17 marta g‘alaba qozongan. 15 uchrashuvda “Neftchi” jamoasining qo‘li baland kelgan. Qolgan 9 uchrashuvda murosa ko‘chasi tanlangan. To‘plar nisbati bo‘yicha ham ustunlik qarshiliklar tomonida — 55:49.

Esingizda bo‘lsa, “Nasaf” jamoasi o‘z tarixidagi ilk oliy liga uchrashuvini o‘z maydonida aynan “Neftchi” jamoasiga qarshi uchrashuv bilan boshlagan. Ushbu uchrashuv 1997 yilning mart oyida Qarshida bo‘lgan.

Ro‘ziqul Berdiyev qo‘l ostidagi “ajdarlar” farg‘onaliklar bilan bo‘lgan uchrashuvlarda mag‘lubiyatsiz seriyalarini davom ettirib kelishmoqda. Jamoamiz ustozi shu paytgacha  shogirdlarini milliy chempionat uchrashuvlarida  “Neftchi”ga qarshi to‘qqiz marta maydonga olib tushgan. Shu uchrashuvlarning yettitasida "Nasaf"ning qo‘li baland kelgan va ikki uchrashuv durang natija bilan yakunlangan.

Farg‘onadagi o‘zaro uchrashuvlar tarixidan
Mazkur jamoalarning Farg‘onadagi ilk uchrashuvi 1997 yil 13 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan. Shu paytgacha jamoalar 20 marta o‘zaro bahs olib borishgan. Ularning 9tasida “Neftchi” jamoasi g‘alabaga erishgan. 3 uchrashuvda “Nasaf” zafar quchgan. Qolgan 8 uchrashuvda durang natijalar qayd etilgan. Farg‘onadagi 20 uchrashuvda darvozalarga jami 46ta to‘p kiritilgan. To‘plar nisbati bo‘yicha ustunlik 29-17, “Neftchi” tomonida.

“Nasaf” Farg‘onadagi ilk g‘alabasini 2010 yili nishonlagan. Farg‘onadagi so‘nggi g‘alabasini esa, 2015 yili qo‘lga kiritgan.

Jamoalarning birinchi davradagi G‘uzorda bo‘lgan uchrashuvida “Nasaf” 2:0 hisobida g‘alabaga erishgan. Uchrashuvdagi ikkala golni ham Bahrom Abdurahimov o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan edi.

“Neftchi” so‘nggi marta 2009 yili o‘z maydonida “Nasaf”ni mag‘lubiyatga uchratgan.

Farg‘onadagi o‘zaro uchrashuvlarda qayd etilgan eng yirik hisoblar 4:0, 4:1 ko‘rinishda. 1997 yilgi Farg‘onadagi o‘zaro ilk uchrashuvda yirik 3:3 hisobidagi durang ham qayd etilgan.

Jamoalarning turnir jadvalidagi holati
Mazkur jamoalarning turnir jadvalidagi holatiga e’tibor qaratsak, “Neftchi” jamoasi 23 uchrashuvdan so‘ng 17 ochko bilan 15-pog‘onada bormoqda. “Nasaf” o‘tgan 23 uchrashuvda 44 ochko jamg‘arib, 2-pog‘onani band etib turibdi.

“Neftchi” o‘tgan uchrashuvda “Olmaliq”ni Olmaliqda mag‘lub etdi. “Nasaf” esa o‘z maydonida “Qizilqum” jamoasini taslim etgan.

“Neftchi” - “Nasaf” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv 13 oktyabr, juma kuni Farg‘ona shahridagi muhtasham “Istiqlol” stadionida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv soat 16:30da boshlanadi.

Mazkur jamoalarning o‘rinbosarlari o‘rtasidagi uchrashuv esa 12 oktyabr, payshanba kuni Qirgulidagi “Neftchi” SK stadonida soat 15:30da boshlanadi.

Manba: fcnasaf.uz
Kiritildi: 08:19, 12.10.2017.
O'qildi: 3575 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик