Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/05 15:00 Komo 1-0 Parma
17/05 15:00 Jenoa 1-2 Milan
17/05 15:00 Yuventus 0-2 Fiorentina
17/05 15:00 Piza 0-3 Napoli
17/05 15:00 Roma 2-0 Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted 3-2 Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter 1-1 Verona
17/05 19:00 Everton 1-3 Sanderlend
17/05 19:00 Brentford 2-2 Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids 1-0 Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton 1-1 Fulhem
17/05 21:00 Atalanta 0-1 Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl 3-1 Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano 2-0 Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko 1-0 Jirona
17/05 22:00 Osasuna 1-2 Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao 1-1 Selta
17/05 22:00 Elche 1-0 Xetafe
17/05 22:00 Levante 2-0 Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad 3-4 Valensiya
17/05 22:00 Sevilya 0-1 Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo 0-1 Alaves
17/05 23:45 Kalyari 2-1 Torino
17/05 23:45 Sassuolo 2-3 Lechche
17/05 23:45 Udineze 0-1 Cremonese
18/05 00:15 Barselona - Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti

Ro‘ziqul Berdiyev: “Jasur Hasanov qo‘shimcha yuklamalar olayapti”

Ro‘ziqul Berdiyev: “Jasur Hasanov qo‘shimcha yuklamalar olayapti”

Baho:
+ | -

“Nasaf” – “Dinamo” (3:0) uchrashuvi yakuniga yetgach, tashkil etilgan matbuot anjumanining navbatdagi qismida jamoamiz ustozi Ro‘ziqul Sa’dullayevich ishtirok etdi va o‘yin haqidagi fikrlarini bildirdi.

-“Dinamo” jamoasini o‘rganib chiqqanimizda shu narsaga amin bo‘ldikki, bu jamoa himoyada juda tartibli harakat qiladi. Mehmonlarimiz avval beshta himoyachi bilan ham o‘ynaganini kuzatganmiz va xatoga yo‘l qo‘yishmagandi. Bugun ham biz ulardan shunday o‘yin kutgan edik, ammo bugun unday bo‘lmadi. Tezkor gol kiritganimizdan keyin bizni vazifamiz ancha yengillashdi. Bugun yigitlarimiz zavq bilan o‘ynashdi, o‘ylaymanki bu muxlislarimizga ham manzur bo‘ldi.

Jasur Hasanov qanday qilib sakson daqiqa tezkor o‘ynayapti? Jasur Hasanov “Qizilqum” jamoasida qanday shug‘ullanganidan xabarim yo‘q. U bizning safimizga qo‘shilganda, jismoniy holati ko‘ngildagidek emas edi. Biz unga qo‘shimcha mashg‘ulotlar va  yuklamalar berdik. Maqsadimiz uning jismoniy holatini yaxshilash edi. Chunki u jismoniy tomondan tiklansa, undan ko‘p narsa kutsa bo‘lar edi. Foydasi ko‘proq bo‘lardi. Natijada bunday mashg‘ulotlar va yuklamalardan so‘ng u biz kutgan darajaga erishdi. U qanchalik biz uchun foydali o‘yinchiga aylanganini ko‘rib turibsiz.

Mavsumning so‘ngi o‘yinlarini nega sust o‘tkazamiz? Agar fikringiz to‘g‘ri bo‘lsa, bu holatni takrorlamaslikka harakat qilamiz. To‘g‘ri, mavsum oxirida yuqori o‘rinlar uchun kurash keskin tus olayapti. Biz ham oxirigacha kurashamiz.

“Mash’al”ga qarshi uchrashuvga qanday tayyorlanamiz? Biz bo‘lajak o‘yinga bugun o‘yindan keyinoq, kiyinish xonasidan boshlab yubordik. To‘g‘ri, “Mash’al” biz bilan doimo qattiq kurashadi va bunga jiddiy tayyorgarlik ko‘radi. Bizni doimo ular asosiy raqib sifatida ko‘radi. Bilamiz, bizga oson bo‘lmaydi. Shuning uchun endi bor e’tiborimiz shu o‘yinga qaratiladi.

Keyingi o‘tkazgan uchrashuvlarimizda bizga jiddiy qarshilik qilgan jamoa, bu “Dinamo” bo‘ldi. Hisob yirik bo‘lgan bo‘lsada, ularni mag‘lub etishimiz qiyinroq bo‘ldi.

Manba: www.fcnasaf.uz
Kiritildi: 00:59, 21.10.2017.
O'qildi: 3542 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик