Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya 7-1 Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya 5-1 Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni - Urugvay
16/06 06:00 Eron - Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal

«Real» 27 yildan buyon ilk bor debyutantga mag‘lub bo‘ldi

«Real» 27 yildan buyon ilk bor debyutantga mag‘lub bo‘ldi

Baho:
+ | -

Ispaniya chempionatining 10-turida Madridning "Real" jamoasi mavsum debyutanti "Jirona"ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Shu tariqa "qirollik klubi" so‘ngi 27 yil ichida ilk bor debyutant jamoaga mag‘lub bo‘ldi.

1990 yil 27 oktyabr kuni "Real Burgos" jamoasi "Qirollik klubi"ni taslim etgan edi. O‘shanda madridliklar ustozi Jon Toshak bo‘lib, tarkibda Ugo Sanches, Emilio Butragenyo, Pako Buyo, Manolo Sanchis, Fernando Yerro va Michel kabi afsonalar to‘p surgan bo‘lsa-da, debyutantda mag‘lub bo‘lgan edi (1:2).

Shu paytgacha umumiy hisobda 10 ta klub La Ligadagi debyut mavsumida "Real" ustidan g‘alaba qozongan: "Espanyol", "Arenas", "Real Ovedo", "Real Mursiya", "Real Saragosa", "Deportivo", "Rayo Valyekano" va "Kadis".

Shuningdek, "Jirona" klubi "Qirollik klubi"ning ketma-ket mehmondagi 13 ta g‘alabali seriyasiga yakun yasashdi. Ispaniya tarixida mehmonda ketma-ket 13 ta g‘alaba esa rekord natija bo‘lib qoldi.

Manba: uzreport.uz
Kiritildi: 10:56, 30.10.2017.
O'qildi: 3071 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик