Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:00 Tottenhem 0-2 Manchester Siti
15/05 00:30 Real Madrid 5-0 Alaves
15/05 01:00 Jirona 0-1 Vilyarreal
15/05 22:30 Sevilya 0-1 Kadis
15/05 22:30 Rayo Valyekano 2-1 Granada
15/05 23:45 Brayton 1-2 Chelsi
16/05 00:00 Man. Yunayted 3-2 Nyukasl
16/05 00:00 Reyms 1-0 Marsel
16/05 00:00 Nissa 1-2 PSJ
16/05 01:00 Selta 2-1 Atletik Bilbao
16/05 01:00 Xetafe 0-3 Atletiko
16/05 22:30 Las-Palmas - Betis
17/05 00:30 Almeriya - Barselona
17/05 01:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 23:45 Fiorentina - Napoli

Prevyu: «Nasaf» - «Metallurg»

Prevyu: «Nasaf» - «Metallurg»

Baho:
+ | -

Ertadan oliy liga 27-tur uchrashuvlariga start beriladi. “Nasaf” bu tur uchrashuvini Bekobodning “Metallurg” jamoasiga qarshi o‘tkazadi. Uchrashuv 04 noyabr shanba kuni “Markaziy” stadionda soat 17:00da boshlanadi

Ushbu jamoalar bu safar o‘zaro 40-uchrashuvda maydonga tushishadi.

O‘zPFL 27-tur

“Nasaf” (Qarshi) - “Metallurg” (Bekobod)

04.11.2017. “Markaziy” stadion. 17:00da

Bosh hakam: Ravshan Ermatov (Toshkent)

Qanot hakamlari: Abduhamidullo  Rasulov (Toshkent), Jahongir Saidov (Toshkent)

Zaxira hakami: Jasur Muxtorov (Toshkent)

Nazoratchi: Artyom Arutyunov (Toshkent)

O‘zPFL vakili: Noil Lutfulin (Toshkent).

Ma’lumot o‘rnida: Ermatov bu yilgi jamoamiz ishtirokidagi 6ta uchrashuvni boshqargan. Shulardan bittasi kubok bahsidir. Ermatov boshqargan uchrashuvlarning ikkitasida jamoamiz g‘alabaga erishgan, qolgan uchrashuvlarda mag‘lubiyatga uchragan. Ravshan Ermatov mazkur jamoalar o‘rtasidagi birinchi davra 12-tur uchrashuvini ham boshqargan edi.

O‘zaro uchrashuvlar tarixidan

Mazkur jamoalar milliy chempionatimizda ilk marta  1998 yili tuqnash kelishgan. O‘zaro uchrashuvlarning statistikasiga e’tibor qaratsak, jamoalar milliy chempionatimizda o‘zaro 39 marta tuqnash kelishgan. Bo‘lib o‘tgan 25 o‘yinda “Nasaf” jamoasining qo‘li baland kelgan. 4 o‘yinda durang natija qayd etilgan. Qolgan 10 uchrashuvda bekobodliklar g‘alaba qozonishgan. To‘plar nisbati bo‘yicha “Nasaf” futbolchilari ustunlikni o‘z qo‘llarida ushlab turishibdi – 67:31.

Bu jamoalarning o‘tkazilgan to‘rt uchrashuvida “ajdarlar” yirik hisobda zafar quchishgan. Eng yirik natija 2004 yil 15 martda Qarshida kechgan bahsda qayd etilgan. Unda “Nasaf” jamoasi raqib darvozasiga javobsiz yettita to‘p yo‘llashga muvaffaq bo‘lgan.

“Nasaf” Bekobodda bo‘lib o‘tgan birinchi davradagi 12-tur uchrashuvida 1:0 hisobida mag‘lub bo‘lgan.

Qarshida o‘tgan o‘zaro uchrashuvlar tarixidan

Shu paytgacha bu jamoalar Qarshida o‘zaro 19 uchrashuvda maydonga tushishgan. Ushbu uchrashuvlarning 17tasida “Nasaf” g‘alaba qozongan. 1 uchrashuvda durang va yana 1 uchrashuvda ma’danchilar g‘alabaga erishgan. Demak, Qarshida bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarda “Nasaf” yaqqol ustunlikka ega. Bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarda darvozalarga 59ta to‘p kiritilgan. To‘plar nisbati bo‘yicha “Nasaf” ustunlik qilmoqda – 48:11.

Quyida Qarshida bo‘lib o‘tgan so‘nggi 5ta  uchrashuvning natijalarini e’tiboringizga havola qilamiz:

30.09.2016.  “Nasaf” - “Metallurg” 3:0

15.05.2015.  “Nasaf” - “Metallurg” 0:1
27.04.2014.  “Nasaf” - “Metallurg” 0:0
04.05.2013.  “Nasaf” - “Metallurg” 3:1
21.06.2012.  “Nasaf” - “Metallurg” 1:0

Ko‘rib turganingizdek, “Metallurg” Qarshidan so‘nggi bor 2012 yilda g‘alaba  bilan qaytgan. Bu “Metallurg”ning Qarshida qozongan  yagona g‘alabasidir.

“Metallurg” jamoasining to‘purarlari haqida

Shu paytgacha “Metallurg” jamoasi futbolchilari raqiblari darvozasiga 38ta to‘p kiritishgan. Bu  15ta futbolchi tomonidan amalga oshirilgan. “Metallurg” jamoasi foydasiga 1ta avtogol ham bo‘lgan.

Mehmonlar to‘purarlar ro‘yxatini Zohid Abdullayev boshqarib bormoqda, bu futbolchi 11ta to‘p kiritgan. Abdullayevni vaqtida “Nasaf” tarkibida o‘ynaganidan ham xabaringiz bor. Ro‘yxatning 2-o‘rnida Ayubxon Nu’monov bor, u 4ta gol kiritgan.

Uchrashuvlarning boshlanish vaqtlari

“Metallurg” - “Nasaf” jamoalarining o‘rinbosarlari o‘rtasidagi uchrashuv 03 noyabr juma kuni soat 15:00da boshlanadi. Uchrashuv har doimgidek Sputnik qo‘rg‘onidagi “Mehnatchi” stadionida bo‘lib o‘tadi.

Jamoalarning asosiy tarkiblari o‘rtasidagi uchrashuv esa, 04 noyabr shanba kuni “Markaziy” stadionda soat 17:00da boshlanadi.

Manba: www.fcnasaf.uz
Kiritildi: 14:12, 02.11.2017.
O'qildi: 2226 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.