Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/01 19:00 Piza 0-3 Komo
06/01 22:00 Lechche 0-2 Roma
07/01 00:45 Sassuolo 0-3 Yuventus
07/01 01:00 Vest Xem 1-2 Nottingem Forest
07/01 22:30 Bolonya - Atalanta
07/01 22:30 Napoli - Verona
08/01 00:30 Bornmut - Tottenhem
08/01 00:30 Brentford - Sanderlend
08/01 00:30 Kristal Pelas - Aston Villa
08/01 00:30 Everton - Vulverhempton
08/01 00:30 Fulhem - Chelsi
08/01 00:30 Manchester Siti - Brayton
08/01 00:45 Parma - Inter
08/01 00:45 Torino - Udineze
08/01 00:45 Lasio - Fiorentina
08/01 01:15 Byornli - Man. Yunayted
08/01 01:15 Nyukasl - Lids
08/01 22:30 Cremonese - Kalyari

Nahot, o‘smir va yosh futbolchilarimiz qit’a darajasiga ham yeta olishmasa?

Nahot, o‘smir va yosh futbolchilarimiz qit’a darajasiga ham yeta olishmasa?

Baho:
+ | -

Qanchalik og‘ir bo‘lmasin, o‘smirlar va yoshlarimizning Osiyo chempionatiga yo‘llanma ololmaganliklari milliy jamoamiz ko‘rsatgan natijalarga mantiqiy yakundek.

Yo‘q, «oh-voh» urmoqchi emasmiz, shunchaki, voqelikka real ko‘z bilan qarayapmiz. Ha, keyingi yili tegishlicha 18 oktyabr - 4 noyabr oralig‘ida Indoneziya va 20 sentyabr - 7 oktyabr kunlari Malayziyada tashkillashtiriladigan U-19 hamda U-16 toifasidagi Osiyo chempionati vakillarimizsiz o‘tadi.

Yaxshiyamki, U-23 belgisi ostidagi termamiz 9-27 yanvar kunlariga belgilangan va Xitoy mezbonlik qiladigan hisob bo‘yicha 3-qit’a birinchiligiga yo‘l oldi (aks holda, yangi mavsumda yirik turnirlarsiz qolardik).

Hozircha 3ta yosh toifasidagi jamoalarimizning Osiyo miqyosidagi turnirlarda qanday ishtirok etganiga nazar tashlaymiz. Balki bu o‘sib kelayotgan yosh futbolchilarimizda ishtiyoqni oshishiga xizmat qilar...

Nega bunday bo‘ldi?

Avvalo, ta’kidlash joiz, OFK tomonidan terma jamoalar o‘rtasida 9ta darajada  turnir tashkillashtiriladi. Biz uchun oldimizda turgan eng muhimi - 2019 yili BAA maydonlarida bo‘lib o‘tadigan Osiyo kubogi.

Avvallari 16, 19 va 23 yosh toifasidagi qit’a birinchiligi final bosqichiga yo‘l olishda aytarli muammo sezmasdik. Deylik, 5 yilcha  avval o‘smirlar va yoshlarimizning hattoki, JCHda guruhdan chiqishlariga ko‘nikib ulgurgandik.

Lekin so‘nggi yillarda omad yuz o‘girdimi yoki boshqa jamoalar kuchayib ketdi, harqalay, Osiyo chempionatida ham sovrin yutolmadik.

Mana, dastlab o‘smirlarimiz, keyin yoshlarimizning saralash bosqichida vazifani bajarolmaganliklari futbolda yosh avlodni tayyorlashda xatolarimiz borligini ko‘rsatib turibdi.

Saudiya yoki Tojikiston termalarining o‘zaro o‘yinlarda bizni yenggani oddiy fakt emas. Achinarlisi shuki, navbatdagi o‘smirlar va yoshlar mundiallarida yana O‘zbekiston futboli qatnashmaydi.

Bundan fojia yasashimiz kerakmi? Milliy jamoa salohiyati mamlakatning turli yosh toifasidagi termalari mundiallarga muntazam chiqishi bilan o‘lchanadimi?

Shu joyda ritorik savol: yoshlar tizimidagi mundiallarni o‘tkazib yubormaydigan Gonduras yoki Mali futbolining jahon miqyosidagi o‘rni qanday?

Yangi asrda KXDR jamoalarining qit’a miqyosidagi oxirgi 7ta chempionatdan 4tasida finalda o‘ynagani qanday natija berdi?

O‘smirlikdan katta futbolga necha qadam?

1985 yildan buyon Osiyoda o‘smirlar o‘rtasida chempionat o‘tkazilmoqda. Yaponiya va Xitoy o‘smirlar termalari shu paytga qadar 17ta chempionatning 14tasida ishtirok etgan.

KXDR, J.Koreya, Yaponiya, Xitoy, Saudiya Arabistoni va Ummon o‘smirlari 2 martadan, Qatar, Eron, Tailand, O‘zbekiston va Iroq vakillari esa 1 martadan Osiyo chempioni bo‘lishgan.

Navbatdagi qit’a birinchiligida doimiy yetakchilar - Xitoy, Saudiya Arabistoni va O‘zbekiston termalari qatnashmaydi. 2008 va 2010 yillari Toshkentda tashkillashtirilgan Osiyo chempionatida jamoamiz o‘z darajasida ishtirok etgandi.

2012 yili Eron mezbonlik qilgan birinchilikda esa o‘smirlarimiz futbolimiz tarixida ilk marta qit’a chempioni bo‘lishgandi. 2012 yilning 6 oktyabr kuni Yaponiya termasiga qarshi kechgan finalni eslang.

Oradan atigi 5 yil o‘tdi va o‘shanda chempionlikni ta’minlagan Dilshod Nuraliyev endi o‘smirlarimizni Osiyo chempionati-2018ga olib chiqolmadi.

Yana bir dalil, o‘sha finalda gol urgan Akobir To‘rayev ham, o‘yindan keyingi penaltilar seriyasida bexato zarba yo‘llashgan Akrom Komilov, Otabek Shukurov va Alisher Mirzayev ham milliy jamoamizda chinakamiga bo‘y ko‘rsatishgani yo‘q hali.

Darvozabon urgan gol. DAVOMI

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:10, 18.11.2017.
O'qildi: 2844 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.