Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

Bugun «Markaziy»da markaziy uchrashuv. «Nasaf» - «Paxtakor»

Bugun «Markaziy»da markaziy uchrashuv. «Nasaf» - «Paxtakor»

Baho:
+ | -

Bugun “Markaziy” stadionimizda bo‘ladigan turning markaziy  uchrashuvida jamoamiz “Paxtakor” bilan kuch sinashadi. Bugungi uchrashuv kumush medal sohibini aniqlab berishi mumkin. “Markaziy”da futbol ishqibozlari bugun ana shunday ahamiyatga molik futbol bahsining guvohi bo‘lishadi.

O‘zPFL 29-tur

“Nasaf” (Qarshi) - “Paxtakor” (Toshkent)

19.11.2017. “Markaziy” stadion. 14:00da

Bosh hakam: Zokirjon Qodirov (Navoiy)

Qanot hakamlari: Obid Jumayev (Navoiy),  Ruslan Samandarov (Navoiy)

Zaxira hakami: Shuhrat Rajabov (Buxoro).

Nazoratchi: Alisher Abdullayev (Toshkent)

O‘zPFL vakili: Bobur Haydarov.

Qarshida o‘tkazilgan o‘zaro bahslarda “Nasaf” ustunlik qilmoqda. Qarshida bu jamoalar shu paytgacha 20 marta chempionat uchrashuvlarida tuqnash kelishgan. Shularning 7tasida “Nasaf” g‘alaba qozongan, “Paxtakor” esa 6 marta g‘alabaga erishgan, qolgan 7 uchrashuvda murosa ko‘chasi tanlangan. Qarshidagi uchrashuvlarda darvozalarga jami 37ta to‘p kiritilgan. To‘plar nisbati bo‘yicha ustunlik “Nasaf” tomonida 20:17. “Paxtakor” so‘nggi bor Qarshida 2015 yili g‘alaba qozongan – 0:1. “Ajdarlar” o‘tgan yilgi Qarshidagi o‘zaro bahsda “sherlar”ni 2:1 hisobida mag‘lub etgan.

Biz ishonamizki, bugun ham “ajdarlar” o‘z maydonida nimalarga qodirligini namoyish qilishadi va ko‘pmingsonli muxlislarini xursand qiladi. Bunga shubha yo‘q.  

“Nasaf” chempionatning keyingi o‘n uchrashuvida ketma-ket g‘alaba qozondi. “Paxtakor”ning g‘alabali seriyasi beshtaga teng. Ushbu o‘nta uchrashuvda, futbolchilarimiz raqiblari darvozasiga 27ta to‘p kiritishdi. O‘z darvozasidan esa atigi 1ta to‘p o‘tkazib yubordi. Bugungi uchrashuvga futbolchilarimiz har qachongidan yaxshi tayyorgarlik ko‘rishdi. Yigitlarimiz faqat hakam hushtagini kutishmoqda va maydonda javlon urishga tayyorlar.

Bo‘lajak uchrashuv jamoamiz ustozi Ro‘ziqul Berdiyev uchun ham juda muhim, Sa’dullayevich bosh murabbiy sifatida bugun o‘z shogirdlarini 150-uchrashuvda maydonga boshlab tushadi. “Ajdarlar” bugun bu murabbiy qo‘l ostida ikkinchi marta kumush medallarni qo‘lga kiritishga yaqin. Berdiyev uchun bosh murabbiy sifatida, ilk kumush medali bo‘ladi.

“Nasaf” o‘z tarixida, oliy ligadagi 350-g‘alabasini nishonlash arafasida turibdi.

Aytingchi, shunday uchrashuvni “Markaziy”da ko‘rmay bo‘ladimi? Yo‘q deysizmi? Unda “Markaziy”ga, markaziy uchrashuvga marhamat qiling.

Manba: fcnasaf.uz
Kiritildi: 12:26, 19.11.2017.
O'qildi: 3025 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик