Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Otabek va Shukurali bir-birini qanchalik yaxshi biladi

Otabek va Shukurali bir-birini qanchalik yaxshi biladi

Baho:
+ | -

Do‘stlik - inson axloqining bebaho go‘zalligi, ijobiy fazilatlar gavhari. U tufayli xonadonimiz obod, dunyoda tinchlik va dasturxonimizda to‘kinlik hukmron.

Shuning uchun ham dono kishilar jamiyatda do‘stlikni ulug‘lab, qadrlab kelganlar, odamlarni totuvlikda yashashga, ko‘proq do‘st orttirishga undaganlar.

Sportchilar, xususan, futbolchilar orasida ham bir-biri bilan juda qalin, chin do‘stlar yetarli. Bugun sizlarni ana shunday ikki o‘yinchi bilan yaqindan tanishtiramiz.

Qahramonlarimiz «Qizilqum» jamoasi a’zolari - himoyachi Shukurali Po‘latov hamda hujumchi Otabek Zokirov. Bu ikki iste’dod sohiblari katta futboldagi faoliyatlarini deyarli bir vaqtda boshlashgan.

Ularning har ikkisi ham Qo‘qon futboli tarbiyalanuvchilari hisoblanishadi. Sahifamiz mehmonlariga 10ta savol bilan murojaat qildik.

Alohida ta’kidlash joizki, ular bir-birlarining javoblarini eshitishmagan. Ko‘raylik-chi, ikki do‘st bir-birlarini qanchalik yaxshi bilishar ekan?

---------------------------------------------------------

1. O‘rtangizdagi do‘stlik qachondan boshlangan?

2. Do‘stingizning aynan qaysi xislatini qadrlaysiz?

3. Bir-biringiz bilan hech gap talashib qolganmisiz?

4. Do‘stingiz yolg‘on gapirib turadimi?

5. Futboldan tashqari qiziqishlarini bilasizmi?

6. Do‘stingiz qaysi taomni xush ko‘rib iste’mol qiladi?

7. Qaysi rangni yoqtiradi?

8. Do‘stingizni xafa qilish osonmi?

9. Do‘stingizning qanday kamchiliklari bor?

10. Do‘stingizga tilaklaringiz...

Shukurali Po‘latovning javoblari:

1. Otabek bilan «Neftchi» o‘rinbosarlar jamoasi tarkibida o‘ynab yurgan kezlarimiz tanishganmiz. Qariyb 8 yildan beri bir-birimiz bilan qalin do‘stmiz. Nima ham derdim, do‘stligimizga ko‘z tegmasin.

2. Hamma xislatini qadrlayman. Bosiq yigit. Har bir gapini o‘ylab gapiradi. Qo‘lidan kelgancha yordam berishga intiladi. Hech qachon yaxshiligini minnat qilmaydi.

3. Shunday paytlar bo‘ladi. Asosan maydonda bir-birimizga qattiqroq gapirib yuborishimiz mumkin. Lekin bu uzoq vaqt cho‘zilmaydi. Yana tezda til topishib ketamiz.

4. Yolg‘on ishlatganini eslay olmayman. O‘zim ham aldaganlarni yomon ko‘raman.

5. Futboldan tashqari suzish va futzalga qiziqadi. Qolaversa, ko‘p vaqtini trenajyor zalida o‘tkazishga harakat qiladi. Bazada bo‘lgan vaqtlarimiz bu sport turlari bilan shug‘ullanib turamiz.

6. Vodiycha palovni yaxshi ko‘radi. O‘ziyam onda-sonda tayyorlab turadi. Lekin ochiq aytishim kerak, unchalik o‘xshamaydi.

7. Oq, qora va yashil ranglarni yaxshi ko‘radi. Chunki ko‘proq shunday tusdagi liboslarni kiyib yuradi.

8. Uni ranjitish oson. Chunki Otabekning ko‘ngli juda bo‘sh. Tezda xafa bo‘lib qoladi.

9. Kamchiliklari deyarli yo‘q. Faqat ishonuvchanligini aytmaganda.

10. Albatta, eng yaxshi tilaklarimni bildiraman. Do‘stligimiz abadiy bo‘lsin. Oilaviy xotirjamlik tilayman. Barcha ezgu istaklariga erishsin.

Otabek Zokirovning javoblari: DAVOMI

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 12:04, 22.11.2017.
O'qildi: 2566 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.