Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Janluiji Donnarumma: «Jiji – abadiy ibrat o‘chog‘i»

Janluiji Donnarumma: «Jiji – abadiy ibrat o‘chog‘i»

Baho:
+ | -

UEFA.som sayti ijodkorlari o‘tgan hafta «Milan»ning 18 yoshli golkiperi - Janluiji Donnarummani suhbatga chorlab, uning katta chorlovlarga nechog‘li tayyor ekanligini aniqlashga urinishdi.

Sir emas, ko‘plab mutaxassislar ayni payt aynan shu yosh iste’dodni afsonaviy Janluiji Buffonning Italiya terma jamoasidagi vorisi sifatida e’tirof etyaptilar.

Ayniqsa, «Yuventus» faxriysi xalqaro faoliyatini yakunlagach, bu boradagi fikrlar o‘z-o‘zidan ko‘paymoqda.

- Janluiji, Kastellammara-di-Stabiyada tug‘ilib-ulg‘aygansiz. Aytingchi, futbol mavzusi ochilganida, xayolingizga avvalo, nima keladi?

- Futboldagi mashg‘ulotlarni sifatsiz maydonlarda boshlaganman. Tabiiyki, har bir to‘pga tashlanish va «seyv» ma’lum darajada og‘riqli bo‘lgan. Muhimi, shunday sharoit chinakamiga chiniqish va toblanishimga xizmat qilgan.

- Bolalik davridagi futbol tomoshalaridan qanday lahzalar xotirangizda muhrlanib qolgan?

- Doimo «Milan»ga muxlislik qilganman va jamoa o‘yinlarini sira o‘tkazib yubormasdim. Chunonchi, «rossonerlar» ijrosidagi futbolni chinakam jang sifatida qabul qilardim.

Misol uchun, qaysidir o‘yinchi penaltidan gol urolmasa, alamdan hattoki, yig‘lardim. Onam neapollik, shunday ekan, «Milan» - «Napoli» qarama-qarshiligi oilamiz uchun haqiqiy spektakl hisoblanardi.

- Xo‘sh, «Milan»ning qaysi futbolchisi kuchliroq taassurot uyg‘otgan?

- Kaka.

- Boshqalar-chi?

- Hujumchi Andrey Shevchenko ham juda zo‘r edi.

- Yaxshi, endi kumiringiz - Janluiji Buffon haqida: yoshligingizdayoq «Milan» posboni emas, aynan uni tanlagansiz, shundaymi?

- Ha. Jiji men uchun mukammal namuna edi. Barcha jabhalar, jumladan, kundalik hayotda ham adashimga o‘xshashni xohlardim, shunga intilardim. Chempion har joy - maydonda ham, uning tashqarisida ham birinchi bo‘lishi kerak!

- Qiziq, Buffonning o‘zi sizga nechog‘li ta’sir ko‘rsatgan, nimalarni o‘rgatgan?

- Biz Italiya terma jamoasida bevosita tanishdik. Bungacha uning oddiy muxlislaridan biri edim. Keyinchalik Jiji bilan bitta maydonda o‘ynash, mashq qilishdek ulkan baxtga muyassar bo‘ldim.

Hozirgacha buyuk adashimning har bir harakatini diqqat bilan kuzatishga intilaman. Uning futbol tarixidan munosib joy olgani - ayni haqiqat.

Demakki, o‘zimga kumir - ibrat namunasi tanlashda adashmaganman. Umuman, mahorat cho‘qqisiga ko‘tarilishni maqsad qilgan darvozabon mohir kasbdoshlariga qarab yuqoriga intilishi shart.

- Buffon ilk marta o‘yiningiz haqida iliq fikr bildirganida, o‘zgacha xursand bo‘lgandirsiz...

- Jijining o‘z intervyularida bir necha marta meni tilga olganidan xabardorman. Darhaqiqat, bu juda yoqimli. Yana nima deyishim mumkin...? Seni shunday buyuk chempion maqtagach, faqat xursandchilik va faxrlanish hissini tuyasan.

- 18 yoshda mashhur darvozabon vorisiga aylanish qanday hissiyotlarni uyg‘otadi?

- Chindan ham, ko‘plab mutaxassislar Buffon o‘rnini munosib egallashimni taxmin qilishmoqda. Biroq buning uchun nihoyatda ko‘p ter to‘kishim kerak, har holda, xotirjamlikka berilish yaramaydi.

Yuksak saviyani saqlab qolish katta va tinimsiz mehnat talab qiladi. Asosiysi, meni Jijining vorisi sifatida ko‘rishayotganiga ortiqcha e’tibor qaratmayman. Shuning barobarida uning darajasiga ko‘tarilish uchun mashaqqatli yo‘lni bosib o‘tishga tayyorman.

- Agar Buffonga xos fazilatlardan birini tanlash imkoniyati berilsa, qay birini ma’qul ko‘rardingiz? DAVOMI

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 12:13, 08.12.2017.
O'qildi: 2580 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.