Xosep Gvardiola – dunyoning eng kuchli murabbiylaridan biri. U o‘zining yaxshigina futbol falsafasiga egaligini barcha biladi.
Pep o‘zi borgan jamoaga yuqori darajadagi ambisiyalarni singdira oladigan mutaxassis. Murabbiy faqatgina taktikani emas, balki futbolchilarni ham o‘zgartirish qobiliyatiga ega.
Ikkinchidan, qo‘l ostidagi futbolchilarning statistik ko‘rsatkichlari. Misol uchun: Kevin De Bryuyne Gvardiola qo‘l ostida aniq to‘p oshirish ko‘rsatkichlari foizini ikki yarim baravarga yaxshilab oldi. Balki, bu natija uning dunyoda eng yaxshisi bo‘lish uchun intilayotganini ko‘rsatayotgandir?!
Jerom Boateng va Pedro, Tyago Alkantara va Manuel Noyer, Robert Levandovski va Nikolas Otamendi — aynan kataloniyalik murabbiyning qo‘l ostida o‘zgarishga erishdi.
Biroq ular qo‘yidagi ro‘yxatda yo‘q. Biz Gvardiola qo‘l ostida ko‘rsatkichlarini yaxshi tomonga o‘zgartira olgan futbolchilar ro‘yxatini taqdim etamiz.
1. Dani Alves.
Ayni damda bu borada unutib ham qo‘yishdi. Alves 26 yoshida “Sevilya”dan “Barselona”ga o‘tdi. Braziliya termasi a’zosi hisoblanardi.
Himoyachining yaxshi sifatlari ko‘p edi: tezlik, raqib jarima maydonchasi ichida keskin paslar bera oladi, biroq ortga qayta olmasdi.
Gvardiola qo‘l ostida Alves bu odatini tashladi. Albatta, futbolchi katta klubga transfer bo‘lganidan keyin kamchiliklarini yo‘qotishga urinishi tabiiy.
Arsen Venger aytganidek, Pep qo‘l ostidagi jamoa qanot himoyachilari vinger vazifasi hamda qora ishlarni bajaradi.
To‘g‘ri, Alves “Barselona” uchun yaxshi vinger: 390 o‘yinda 120 gol va assistentlik. Alves keyinchalik “Yuventus” tarkibiga o‘tib ketdi.
“Ular mening o‘yin uslubimdan qoniqishmadi”, - shunday deya u Turin superklubiga transfer bo‘ldi.
Rahbariyatdagilar Gvardiola davridan qolgan futbolchini mensimagandek bo‘lishdi.
2. Rahim Sterling.
Angliyalik futbolchi har doim iqtidorli futbolchi deb hisoblangan. Sterling Brendan Rojersning “Liverpul”i hamda Manuel Pellegrini qo‘l ostida poyezd vazifasini bajardi.
Qanotdan katta tezlik bilan jarima maydonchasiga yorib kiradi, gollarini bayramdek nishonlaydi.
Gvardiola qo‘l ostida Sterling faqatgina tezligi emas, balkim, texnikasi bilan ham yodda qoldi, bo‘sh darvozaga gol urmay, sherigini bu bilan siyladi. Zarba nuqtasida ham jamoadoshlarini o‘yladi.
Sterling yarim mavsumdayoq yaxshigina sermahsullikka erishdi. Barcha turnirlarda 16 ta gol urdi, shulardan to‘rttasi hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ldi.
Nima qilsa ham o‘z tabassumini unutib qo‘ymadi. “U kurashishdan to‘ymaydi”, - deydi Pep. U ruhshunos emasmi?
3. Xavyer Maskerano.
Maskerano “Liverpul”dan ketganidan keyin maydon markazida katta “yoriq” paydo bo‘ldi. Uni Lukas Leyva, Raul Meyrelesh va ayrim vaziyatlarda unga yordam beradigan Alberto Akvilanilar ham bekita olishmadi.
“Barselona”ning maydon markazida esa Buskets bor. U o‘ynamaganida esa Seydu Keyta turardi. Maskeranoning jangovorlik hususiyatlaridan Gvardiola uni markaziy himoyada foydalandi.
O‘sha vaqtda Karlos Puyol jarohat olgandi. Pike esa biroz bo‘shroq edi. Maskerano esa keyingi 7 yilda markaziy himoyachi sifatida yetishdi.
4. Filipp Lam.
Gvardiola “Bavariya” bosh murabbiyi bo‘lganida, Lam 29 yoshda edi va chap qanotning eng yaxshi himoyachilaridan biri hisoblanardi.
Uning nimasini o‘zgartirish kerak dersiz, ammo Pep uchun shunday bo‘lishi lozim edi. Endi Lam tayanch nuqtada ham o‘ynashi lozim edi.
Uning paslari orqali jamoa hujumlarni boshlashi, shuningdek, Lam pressingda faol bo‘lishi talab qilinardi.
5. Jerar Pike.
Pike Aleks Fergyuson qo‘l ostida jismoniy jihatdan yuksalishga erishdi, biroq “MYU”ning asosiy tarkibiga kira olmadi.
Pike juda sekin edi, to‘pni qabul qilib olishda kamchiliklar ko‘p, yugurish va pozisiya tanlashda ko‘p mag‘lub bo‘lardi. Asosiy yetishmovchiligi - to‘p oshirish.
Biroq Gvardiola ayyorona uslubni tanladi va Pikega Xavi hamda Inyestaning xususiyatlarini yuklashni boshladi.
Oqibatda himoyachining pas oshirishdagi xatosi yo‘q bo‘ldi, kamchiliklar esa ko‘rinmay ketdi. Shu orqali Pike Puyol va Maskeranolar darajasiga yetisha oldi.
6. Kevin De Bryuyne.
“Manchester Siti”da uni Messiga tenglashtirishadi, bu noto‘g‘ri, albatta. De Bryuyne – “ikkinchi Xavi”, bu esa aniq.
Kevin Gvardiola qo‘l ostida o‘yinini statistik tomondan ham yaxshilab oldi, shuningdek, “shaharliklar”ning o‘yin falasafasi aynan uning atrofiga qurildi.
Kevin so‘nggi paslarni bera olishda yuqori mahoratga ega. Uslubiy jihatdan olib qaraganda, De Bryuyne bor yukni o‘ziga olishi kerak. U boshqa pozisiyalarga ochilishi shart emas, o‘zi buni yaratadi.
Kevin pressing va pozision hujumlarda o‘zini yaxshi his qiladi. Raqibni aldab o‘tishda ayni damda jamoada uchinchi o‘rinda. Kevin de Bryuyne – shunchaki “Manchester Siti” uchun tug‘ilgan.
7-8-9. Xavi-Inyesta-Buskets.
Ularning uchalasi bir o‘ringa munosib. Ularning qadri alohida emas, birgalikda yuqoriroqdir.
Kataloniya uchun Xavi – vatan bilan tengdir, o‘yin falsafasining bir qismi. Aytib o‘tish kerakki, Xavi o‘zini shunday his qilsa, o‘yinida chegara paydo bo‘ladi.
2008 yilning yozida Xavi 28 yoshda edi. Shunda ham milliy termaning a’zosi sanalardi. Yiliga o‘rtacha 5dan 10 gacha bo‘lgan natijali to‘p oshirishlar yoki gollar kiritardi.
“Barselona”ni Gvardiola o‘z qo‘liga olmaguncha jamoa faqatgina Xavi bilan o‘ynardi. Pep esa u bilan birga Inyestani qo‘shdi va ajoyib tandem hosil bo‘ldi. Andres yosh, kuchli, qora ishlarni bajara olardi. Xavi esa hujumlarni boshlashda foydalanilardi.
Albatta, 20 yildan oshiqroq vaqt davomida faqatgina markaziy yarim himoya yoki hujum ortida o‘ynagan futbolchini boshqa pozisiyaga o‘tkazish qiyin bo‘lardi.
Ikki futbolchi to‘pga bir tegish orqali jarima maydonchasiga kirib ketishni uddalashardi. Inyesta Xavi bilan yonma-yon yugurdi. Asosan u bilan o‘ynadi, shu tariqa bir necha yillarni o‘tkazdi.
Nihoyat, Buskets. Yosh yigitchani Gvardiola asosiy tarkibda sinab ko‘rdi. Sinaganda ham unga muhim ishlarni yukladi. Markazdagi uchlikda endi Buskets asosiy yukni qabul qilishni boshladi.
U tarkibdan Yaya Ture va Seydu Keytani surib chiqardi. Xavyer Maskerano esa himoyaga surildi. Oqibatda “Barselona” juda kuchli markazga ega bo‘ldi.
10. Lionel Messi.
U yulduzlik darajasiga yetishgandi. 20 yoshligida Frank Raykard qo‘l ostida omadsiz mavsumda YECHLda 6 gol urdi, chempionatning 28 bahsida 10 bora darvozani ishg‘ol etdi, biroq “Oltin to‘p”ga nomzodi qo‘yildi.
Messida fantastik texnika bor, ko‘p hollarda to‘pni ham ushlab tura olardi. Darvozaga zarba berishdan ko‘ra, driblingini ishlatgisi kelardi.
Natijada uni Ariel Artega, Xuan Roman Rikelme va bir necha yulduz futbolchilar Maradonaga tenglashtirishdi.
Gvardiola kelganidan keyin Messi o‘yinlar davomida bo‘sh hududlarni izlashni boshladi. Hujumning markazida, qanotda, hujumchi orqasi va yana qanotda o‘ynadi.
Pep qo‘l ostidagi ilk mavsumda Messi barcha turnirlarda 38 gol urib, 16 marta assistent (ikkinchi mavsum 43ga 13, uchinchi – 50ga 28, to‘rtinchi va so‘nggisida bir hil – 67 ga 31tadan) bo‘ldi.
Raqamlar va o‘sish dinamikasiga e’tibor bering. Endi esa Pep qaysi jamoaga borsa ham, o‘zi Messini kashf qilishi va original Messisiz o‘yinni tashkil qila olishini isbotladi.
Bonus
Gabriel Jezus, Leroy Sane va hattoki (kulmang) Fabian Delflarni ham bunga qo‘shamiz.
Lamning qanotdan maydon markaziga o‘tkazilganini hisobga olsak, Delf ham bu ro‘yxatga kirishga loyiq. Asosiysi Fabian ishonchni oqlamoqda.
Anchagina yaxshi o‘yin ko‘rsatgan bo‘lishsa-da, Joshua Kimmix va Kingsli Komanlar ro‘yxatga kirmadi. Chunki Gvardiola ular bilan juda kam muddat ishladi.
Balkim, yuqoridagi tarkibda “Barselona” a’zolari ko‘pdir. To‘g‘ri-da, Pep jamoaga bosh murabbiy bo‘lganidan keyin mislsiz yutuqlarga erishishni boshladi.
Maskerano, Pike, Alves, Inyesta, Xavi, Buskets va Messi klubning asosiy bo‘lagi bo‘la oldi. Biroq endi Xosep Gvardiola “Barselona”da emas.
Akmalxon Eshonxonov
«Manchester Yunayted»ning sobiq futbolchisi: «Ronaldu haq edi» [5235]
"Real" o‘z e’tiborini ispan futbolchilariga qaratadi [3658]
"Real" transfer siyosatini o‘zgartirmoqchi [3211]
Ronaldu internetni portlatmoqchi! [3041]
«Barselona»ga maygacha vaqt berildi [2255]
Osiyoning eng qimmat futbolchilari (foto) [2251]
O‘zbekiston terma jamoasi mashg‘ulotlarni davom ettirmoqda (foto) [1927]
Amorim "Sporting" futbolchilarini "MYU"ga "tortmoqchi" [1778]