Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/05 00:00 Real Madrid 2-1 Bavariya
10/05 23:45 Frozinone - Inter
11/05 00:00 Nissa - Gavr
11/05 00:00 Brest - Reyms
11/05 00:00 Alaves - Jirona
11/05 16:30 Fulhem - Manchester Siti
11/05 17:00 Malyorka - Las-Palmas
11/05 19:00 Vulverhempton - Kristal Pelas
11/05 19:00 Bornmut - Brentford
11/05 19:00 Everton - Sheffild Yunayted
11/05 19:00 Nyukasl - Brayton
11/05 19:00 Tottenhem - Byornli
11/05 19:00 Vest Xem - Luton
11/05 19:15 Vilyarreal - Sevilya
11/05 21:00 Napoli - Bolonya
11/05 21:30 Nottingem Forest - Chelsi
11/05 21:30 Granada - Real Madrid
11/05 23:45 Milan - Kalyari
12/05 00:00 Atletik Bilbao - Osasuna

OAV xodimlariga: xolis bo‘lish qoidasi bormi?

OAV xodimlariga: xolis bo‘lish qoidasi bormi?

Baho:
+ | -

O‘FF va PFLdagi yangiliklar odatda sport nashrlari va internet manbalari orqali tarqatiladi. Milliy futbolimizga bog‘liq o‘zgarishlar ko‘lamini aynan shu ikki tashkilot tomonidan berilayotgan xabarlar sonidan ham bilish mumkin.

Ayni payt futbol islohotlari ko‘zlangan maqsadlar mohiyati saqlangan holda, shaklan biroz o‘zgarib tushuntirilyapti. Lekin bu holat ayrim saytlarda «gapdan qaytish» sifatida baholamoqda. Bir jihatni unutmaylik, futbol masalasidagi islohotlar ham barchasini qonuniy mustahkamlash orqali amalga oshiriladi.

Avvalo, O‘FF Nizomiga ko‘ra, Ijroiy qo‘mita va uning Byurosi qaror qabul qiladi va u tashkilot a’zolariga ko‘rsatma ko‘rinishida yuboriladi.

Tegishli qonun talablariga amal qilinsa, OAV (xoh bosma, xoh elektron) va futbol mas’ullari o‘rtasidagi munosabatlarda tushunmovchilik yuzaga kelmaydi. Maqsad bitta - jamoatchilikni ishonchli xabar va ma’lumotlar bilan ta’minlash.

Axborot olish tartibi

«Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida»gi qonunning 9-10-moddalariga binoan, har kim axborot olish uchun bevosita yoxud o‘z vakillari orqali og‘zaki, yozma, shu jumladan, elektron shaklda so‘rov bilan murojaat etish huquqiga ega. Og‘zaki so‘rovga imkoniyatga qarab, darhol javob berilishi kerak.

So‘ralgan axborotni belgilangan muddatda taqdim etish imkoni bo‘lmasa, bu haqda ma’lumot olishni istagan shaxsga xabar yuboriladi. So‘ralgan axborotni taqdim etish ikki oydan kechiktirilmasligi lozim. Taqdim etish kechiktirilgani to‘g‘risidagi xabar axborot so‘rab murojaat etgan shaxsga bir hafta ichida yuboriladi.

Bu xabarda quyidagilar ko‘rsatilishi kerak: axborotni vaqtida taqdim etolmaslik sabablari; axborot taqdim etiladigan sana. Agar organ yoki mansabdor shaxs so‘ralgan axborotga ega bo‘lmasa, bu borada murojaat etgan shaxsga 5 kundan kechiktirmay xabar jo‘natishi shart.

Agar so‘ralgan axborot maxfiy sanalsa yoki uni oshkor etish natijasida shaxsning huquqlari va qonuniy manfaatlari, jamiyat va davlat manfaatlariga zarar yetishi mumkin bo‘lsa, so‘rov rad etilishi mumkin.

Jurnalist majburiyati

«Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida»gi qonunning 5-moddasiga binoan, O‘zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalari erkin bo‘lib, o‘z faoliyatini ushbu qonunga va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiradi.

Har kim, agar qonunda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, ommaviy axborot vositalarida chiqish qilish, o‘z fikri va e’tiqodini oshkora bayon etish huquqiga egadir. OAV orqali fuqarolarning sha’ni va qadr-qimmati yoki ishchanlik obro‘sini tahqirlash, shaxsiy hayotiga aralashish taqiqlanadi.

Mazkur qonunning 40-moddasiga binoan, ommaviy axborot vositalari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.

Yuridik yoki jismoniy shaxs ommaviy axborot vositasida e’lon qilingan, haqiqatga mos kelmaydigan hamda o‘zining sha’ni va qadr-qimmati yoki ishchanlik obro‘sini tahqirlovchi ma’lumotlar uchun raddiya berishni tahririyatdan talab qilishga haqlidir.

«Axborot olish kafolatlari va erkinligi to‘g‘risida»gi qonunning 11-moddasiga ko‘ra, ommaviy axborot vositalari e’lon qilinayotgan ma’lumotning to‘g‘riligini tekshirib ko‘rishi shart. OAV axborot beruvchi bilan birgalikda uning to‘g‘riligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.

Fuqarolik kodeksining 100-moddasiga binoan, fuqaroning ishchanlik obro‘sini himoya qilish to‘g‘risidagi qoida yuridik shaxsning ishchanlik obro‘sini himoya etishga nisbatan ham tegishli yo‘sinda tatbiq etiladi.

O‘z sha’ni, qadr-qimmati yoki ishchanlik obro‘siga putur yetkazuvchi ma’lumotlar tarqatilgan fuqaro (shuningdek, yuridik shaxs) bunday ma’lumotlarni rad etish barobarida ular oqibatida yetkazilgan zarar va ma’naviy ziyon o‘rnini qoplashni talab qilishga haqlidir.

U javobgar bo‘lmaydi!

Shu o‘rinda haqli savol tug‘iladi: jurnalist qachon noto‘g‘ri ma’lumotlar uchun javobgar bo‘lmaydi? Bunga «Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida»gi qonun (yangi tahrir)ning 40-moddasi ikkinchi qismida javob berilgan: «Bosh muharrir, shuningdek, jurnalist ommaviy axborot vositalarida haqiqatga mos kelmaydigan materiallarni tarqatganlik uchun quyidagi hollarda javobgar bo‘lmaydi:

- agar ma’lumotlar rasmiy xabarlardan, normativ-huquqiy hujjatlardan yoki rasmiy statistika hisobotlari ma’lumotlaridan yoxud axborot agentliklari yoki davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining matbuot xizmatlari orqali olingan bo‘lsa;

- agar ma’lumotlar oldindan yozib olinmasdan efirga beriladigan mualliflik chiqishlari yoki chiqishlarning so‘zma-so‘z takrorlanishi (stenografiya, audio, videoyozuv)da bo‘lsa».

Dovudxon AKRAMOV

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 12:33, 18.01.2018.
O'qildi: 2090 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.