Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 1-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 2-1 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano 3-0 Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl - Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK

Umid Ahmadjonov Andijon olimpiya zaxiralari kolleji faoliyatidan norozi bo‘ldi

Umid Ahmadjonov Andijon olimpiya zaxiralari kolleji faoliyatidan norozi bo‘ldi

Baho:
+1 | -

O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti va futbol assosiasiyasi birinchi vise-prezidenti Umid Ahmadjonovning Andijonga safari davom etmoqda.

Kunning muhim tashriflaridan biri Andijon olimpiya zaxiralari kollejiga bo‘ldi.

Bu yerda Umid Ahmadjonov yosh sportchilar bilan muloqot qildi. Ularning muammolari, o‘quv jarayonida yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar tinglandi.

Umuman olganda, MOQ rahbariyati tomonidan tanqidiy munosabat bildirildi.

"Kollejga qabul qilish kvotalari, o‘quvchilar soni masalasida xatoliklarga yo‘l qo‘yilgan. Masalan, xar yili sport maktabiga 100 nafar, kollejga 100 nafar o‘quvchi qabul qilinar ekan. Bu umumiy hisobda 200 nafar yosh sportchi degani. Ushbu 200 kishilik kvota 29 hil sport yo‘nalishiga taqsimlangan. Ajablanarlisi, voleybol uchun qabul qilish kvotasi uch nafarni tashkil qilar ekan. Uch nafar o‘quvchi bilan qanday qilib voleybolni rivojlantirishimiz mumkin?

Biz nima uchun jamoaviy sport turlarida oqsaymiz deb dod solamiz. Olimpiya zaxiralari kollejlarida qabul shu tarzda bo‘ladigan bo‘lsa, mana shunday munosabatni ko‘radigan bo‘lsak qanday qilib sportning bu turini rivojlantiramiz? Birorta jamoaviy sport turida o‘quvchilar to‘liq jamoa shaklida qabul qilinmagan. Nafaqat voleybol, balki, basketbolda bitta guruhda uch nafar, gandbolda uch nafar, futbol olti yoki yetti nafar o‘quvchi bor. Vaholanki, futbolni bir jamoada 11 kishi o‘ynaydi", - dedi Umid Ahmadjonov.

Shu sababli, kollejga o‘qishga qabul qilish mexanizmi qayta ko‘rib chiqilishi kerakligi ta’kidlandi. Endi Olimpiya zaxiralari kollejlari Milliy olimpiya qo‘mitasi nazoratiga o‘tgach, bu jihatlarga albatta e’tibor qaratiladi.

Undan tashqari, kollejga kirib, ma’lum bir sport turida muvaffaqiyatga erisha olmayotgan o‘quvchilarni "Nima uchun kollejda majburan ushlab turishimiz kerak? Undan ko‘ra viloyatning eng iqtidorli sportchilari bu yerda tahsil olsa bo‘lmaydimi" degan fikrni o‘rtaga tashladi Umid Ahmadjonov.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 20:02, 02.02.2018.
O'qildi: 6377 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.