Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 19:00 Qizilqum 2-4 Olimpik
18/05 19:00 Andijon 1-1 Metallurg
18/05 21:00 Lechche 0-2 Atalanta
18/05 23:45 Torino 3-1 Milan
19/05 00:00 Alaves 1-0 Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ
20/05 21:30 Salernitana - Verona
20/05 23:45 Bolonya - Yuventus

YECHL. «Real» irodali g‘alabaga erishdi

YECHL. «Real» irodali g‘alabaga erishdi

Baho:
+2 | -

Barcha futbol muxlislari orziqib kutgan to‘qnashuv bo‘lib o‘tdi. "Real" va "PSJ" jamoalari o‘rtasidagi to‘qnashuv maydon egalarining g‘alabasi bilan yakunlandi.

Madridliklar ilk daqiqalardan katta kuch bilan oldinga tashlangan bo‘lishsa, Emeri shogirdlari tartibli himoyalanishga va imkon bo‘lishi bilan oldinga o‘tishga harakat qilishdi.

Bahsning 28-daqiqasida mezbonlar tezkor qarshi hujum tashkil qilishdi. Marselo o‘ng qanotdan oldinga o‘tdi va narigi tomonda ochilayotgan Ronaldu tomon aniq uzatma berdi. "PSJ" posboni Alfons Areola yakkama-yakka vaziyatda Krishtianuning zarbasini yuzi bilan qaytarishga muvaffaq bo‘ldi.

Dastlabki yarim soat davomida "Qirollik klubi" mehmonlar darvozasi tomon katta bosim uyushtirgan bo‘lsa-da, hisobni ochish fransiyaliklarga nasib etdi. Mbappe o‘ng qanotdan 2 nafar "Real" futbolchisidan o‘tib ketdi va jarima maydonchasiga uzatma berdi. Neymar tovoni bilan to‘pni bo‘sh turgan Rabyoga qoldirdi va Adriyen 12 metrlardan darvozani ishg‘ol etdi.

Oradan ko‘p o‘tmasdan hisob tenglashishi mumkin edi. Aniqrog‘i, bunga "PSJ" himoyachisi Lo Selso raqibga bunday imkoniyatni "sovg‘a" qildi. Krishtianu jarima maydonchasi ichida undan to‘pni olib qo‘ydi, ammo darvoza sari aniq zarba bera olmadi. Javob hujumida esa omad "qaymoqranglilar" tomonida bo‘ldi. Neymar "Real" jarima maydonchasiga kirib borib, Kavanini to‘p bilan ta’minladi. Urugvaylik futbolchining zarbasidan keyin to‘p Kazemironing oyog‘iga tegib, ustun yonidan o‘tib ketdi.

Birinchi bo‘lim tugashiga 2 daqiqa qolganida "Madrid" yaxshi hujum tashkil qildi. Marselo chap qanotdan uzatgan to‘pga Benzema jarima maydonchasi chizig‘i ustidan zarba berdi. Burchakka borayotgan to‘pni Areola bir amallab qaytardi. Burchak to‘pi o‘yinga kiritilganidan keyin mezbonlar penalti ishlashga muvaffaq bo‘lishdi. Toni Kroos chap qanotdan jarima maydonchasiga kirayotganida yelkasida Lo Selsoning qo‘lini his qildi va yiqildi. Hakam esa 11 metrlik jarima zarbasini belgiladi. Darvozabon Ronaldu tomonidan berilgan zarba yo‘nalishini topdi, ammo kuchli zarbani qaytara olmadi.

Ikkinchi bo‘limda "Pari Sen-Jerman" juda kuchli boshladi. Dastlab Neymarning uzatmasidan keyin Mbappe jarima maydonchasi ichida zarba berishga muvaffaq bo‘ldi. Keylor Navas jamoasini goldan qutqardi. Oradan ko‘p o‘tmasdan Alvesning sa’y-harakatlari evaziga tashkil etilgan hujum paytida Rabyo 11-12 metrlardan zarba berdi. To‘p Ramosning bilagiga tegib qaytdi.

Umuman olganda, "PSJ" ikkinchi taymning dastlabki 35 daqiqasida katta ustunlikka ega bo‘ldi. Bahsning 72-daqiqasida burchak to‘pini o‘yinga kiritilganidan keyin Kimpembe yaqin masofadan zarba berdi, ammo Ramos zarba yo‘liga o‘zini tashladi. Oradan 3 daqiqa o‘tib mehmonlar juda qulay imkoniyatdan foydalana olishmadi. Verratti chap qanotdan raqib darvozabon maydonchasiga uzatma berdi. Mbappe va Alves yaqin masofalardan to‘pni darvozaga burib qo‘yishga biroz kech qolishdi.

Zidan zaxira kuchlarini maydonga tashlayu, dastlabki o‘yin taqdirini o‘z tomoniga og‘dirdi. O‘yinning asosiy vaqti tugashiga 7 daqiqa qolganida "Real" hisobda oldinga chiqib oldi. Asensio jarima maydonchasining chap qanotdan darvozabon maydonchasi tomon unchalik xavfli bo‘lmagan uzatma berdi. Darvozabon qaytargan to‘p himoyachi orqali Ronalduning tizzasiga tegdi va to‘rga borib tushdi.

Oradan ko‘p o‘tmasdan yana o‘sh qanot va yana o‘sha Asensioning uzatmasini Marselo "PSJ" darvozasiga joylab qo‘ydi. Yuzaga kelgan rekoshet Areolani chalg‘itib qo‘ydi.

Shu tariqa, "Real" dastlabki o‘yinda o‘zi uchun juda qulay hisobda g‘alaba qozondi. Javob o‘yini 6 mart kuni Parijda bo‘lib o‘tadi.

Yevropa chempionlar ligasi, 1/8 final, dastlabki o‘yin
Real Madrid Ispaniya – PSJ Fransiya 3:1 (1:1)
Gollar: 0:1 – 33 Rabyo, 1:1 – 45, penalti Ronaldu, 2:1 – 83 Ronaldu, 3:1 – 86 Marselo.
Real Madrid – Navas, Varan, Marselo, Nacho, Ramos, Modrich, Kazemiro (Vaskes, 79), Isko (Asensio, 79), Kroos, Ronaldu, Benzema (Beyl, 68).
PSJ – Areolya, Markinyos, Berchiche, Dani Alves, Kimpembe, Verratti, Lo Chelso (Draksler, 84), Rabyo, Neymar, Mbappe, Kavani (MenYE, 66).
Ogohlantirishlar: Neymar (14), Lo Chelso (25), Isko (32), Rabyo (64), Nacho (78), Menye (90).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 02:31, 15.02.2018.
O'qildi: 13068 marta.
Fikrlar: 41 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.