Portugaliyalik mutaxassis Joze Mourinyo Rossiyada bo‘lib o‘tadigan mundial haqida gapirdi.
“Bu mamlakat haqida ko‘p eshitganman, mundialda hech qanday muammo bo‘lmaydi. Rossiyada bitta muammo bo‘lishi mumkin — sovuq ob-havo. Ammo yozda bu bilinmasa kerak. Rossiyaliklar futbolni sevishadi, chetdan keladigan mehmonlarni sevishadi, kumirlarini sevishadi. Shak-shubhasiz, muxlislar stadionlarda ajoyib muhitni yuzaga keltirishadi”, dedi Mourinyo.