Kirish Ro'yxatdan o'tish

Mirjalol Qosimov: “Durang haqqoniy natija bo‘ldi”

Mirjalol Qosimov: “Durang haqqoniy natija bo‘ldi”

Baho:
+ | -

“Bunyodkor” – AGMK uchrashuvidan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida “qaldirg‘ochlar” ustozi ishtirok etdi.

- Avvalo, barchangizni yangi mavsum boshlangani bilan tabriklayman. AGMKni yaxshi o‘rganib chiqqandik. Raqib himoyada zich o‘ynab, asosan qarshi hujumlar va standart vaziyatlaridan unumli foydalanishga harakat qiladi.

Viktor Kumikov Olmaliqda yaxshi jamoa shakllantirmoqda. Birinchi bo‘limda yigitlarimiz his-hayajon bilan to‘p tepishdi. O‘yinga moslashib olgunimizcha, penaltidan gol o‘tkazib yubordik.

Ikkinchibo‘limdaesayaxshiroqharakatqildikvagolurib, hisobnitenglashtirdik. Fikrimcha, durang haqqoniy bo‘ldi. Meni xursand qilgan jihat shuki, yigitlar oxirigacha katta ishtiyoq bilan to‘p tepishdi. So‘nggi soniyalargacha kurashishdi. Eng asosiysi – shu.

Intilish va kurashuvchanlik bor ekan, bu bizni quvontiradi. Mavsum endi boshlandi. O‘ylaymanki, yigitlar o‘yindan-o‘yinga ochilib borishadi va muxlislarni quvontiradigan futbol ko‘rsatishadi, - deydi Mirjalol Qo‘shoqovich.

Manba: bunyodkor.com
Kiritildi: 01:40, 04.03.2018.
O'qildi: 3235 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик