Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina 1-1 Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

Ilhom Mo‘minjonov: «Stadionning muxlislarga to‘lgani yigitlarga ruhiy dalda berdi»

Ilhom Mo‘minjonov: «Stadionning muxlislarga to‘lgani yigitlarga ruhiy dalda berdi»

Baho:
+ | -

“Navbahor” – “Lokomotiv” o‘yinidan so‘ng matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Matbout anjumani birinchi qismida "Lokomotiv" bosh murabbiyi Andrey Miklayev va jamoa yarim himoyachisi Sadriddin Abdullayev ishtirok etishdi.

Andrey Miklayev  ("Lokomotiv" bosh murabbiyi): - Shogirdlarim aslida yaxshi o‘yin namoyish etishdi. Ko‘plab hafli vaziyatlarni yaratishdi. Ammo "Navbahor" darvozaboni ancha ishonchli o‘yin namoyish etib, ko‘plab holatlarda jamoasini qutqardi. Jamoamizda ketma-ket mag‘lubiyatlardan so‘ng tushkunlik holati ham bor. Bu ham o‘yinga o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Namanganliklar yaratilgan vaziyatlardan samarali foydalanishdi.

Sadriddin Abdullayev ("Lokomotiv" yarim himoyachisi): - Uchrashuvda mezbonlar qarshi hujumda harakat qilib, standart vaziyatlardan foydalanishga harakat qilishdi va o‘z niyatlariga yetishdi. Jamoamizda ruhshunos yo‘q. Murabbiylarning o‘zlari yaxshi psixolog hisoblanishadi. Osiyo Chempionlar Ligasidagi mag‘lubiyatlardan so‘ng, bizda tushkunlik holati ro‘y bermoqda. Bundan hozircha chiqib keta olmayapmiz.

Matbuot anjumanining ikkinchi qismida "Navbahor" bosh murabbiyi Ilhom Mo‘minjonov va jamoa yarim himoyachisi Azizbek Turg‘unboyev ishtirok etishdi.

Ilhom Mo‘minjonov ("Navbahor" bosh murabbiyi): - G‘alaba uchun shogirdlarimga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. Yigitlar bugun maydonda bor kuchlarini berib o‘ynashdi. Bugungi o‘yinga astoydil tayyorgarlik ko‘rgandik, bu esa yakunda o‘z samarasini berdi. Azizbek Turg‘unboyev o‘z ustida astoydil ishlaydi. Mashg‘ulotlarda ham jarima va burchak zarbalari tepishni ko‘p mashq qiladi. Bu esa o‘z samarasini bermoqda. G‘alabamizda muxlislarning ham munosib hissalari bor. Ular stadionni to‘ldirib, jamoamizni qo‘llab-quvvatlashdi. Bu esa yigitlarga ruhiy dalda berdi.

Azizbek Turg‘unboyev ("Navbahor" yarim himoyachisi): - Avvalo, yutug‘imizga o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shgan muxlislarga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. Ular 12-o‘yinchi rolini ajoyib tarzda bajarishdi. Bu esa bizga ruhiy madad bo‘ldi. Standart vaziyatlarni bajarish ustida ko‘p ishlashimda bosh murabbiyimiz Ilhom aka Mo‘minjonovning munosib hissalari bor. Ular hali yoshsan, o‘z ustingda ko‘p ishlashing kerak deydilar.

"Navbahor FK" matbuot xizmati.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 10:35, 18.03.2018.
O'qildi: 3562 marta.
Fikrlar: 10 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик