Bugun Yevropa chempionlar ligasining chorak final o‘yinlariga start beriladi.
Seshanba kungi o‘yinlar orasida ko‘pchilik muxlislar nigohi Turinda bo‘lib o‘tadigan o‘yinga qaratiladi. www.uzreport.news sayti sizning e’tiboringizga o‘yin oldi prevyuni havola etadi.
3 aprel 2018 yil. Soat 23:45. Italiya. Turin. "Yuventus" stadioni.
Chempionlar ligasi. 1/4 final. Birinchi o‘yin.
"Yuventus" (Turin, Italiya) - "Real" (Madrid, Ispaniya)
Qaysi kanalda tomosha qilish mumkin: "UZREPORT TV"
Diskvalifisiyalar: Mexdi Benatiya, Miralem Pyanich (ikkisi ham "Yuventus")
Jarohatlar: Aleks Sandro (?), Mario Mandjukich (?), Federiko Bernardeski - Nacho
Oradan bir yil ham o‘tmasidan ular yana to‘qnash kelishdi. Zinedin Zidan yana Turinga qaytadi. Biroq bu safar omadi chopgan murabbiy sifatida. Zizuni bu yerda hali ham unitishmagan. Hattoki, jamoalarning so‘ngi to‘qnashuvidan keyin ham turinliklarning Zidanga bo‘lgan munoasbati o‘zgarmagan. O‘shanda "Real" klubi Kardiffdagi finalda "Yuve"ni 4:1 hisobida taslim etib, Chempionlar ligasida qatorasiga ikkinchi bor zafar quchgandi.
Kardiffdagi final bu ikki jamoaning finallardagi ikkinchi to‘qnashuvi edi. Ular bunga qadar 1998-yilda finalda kuch sinashishgan va o‘shanda ham Madrid klubining qo‘li baland kelgan edi. Umumiy hisobda esa bu jamoalarning 20 o‘yini bo‘ladi. Avvalgi o‘yinlardan 9tasida Ispaniya grandi zafar quchgan bo‘lsa, Italiya klubi 8 bor raqibini taslim eta olgan. Qolgan ikkita o‘yinda esa g‘olib nomi aniqlanmagan. To‘plar nisbati 22:22.
Mazkur qarama-qarshilikning o‘ziga xos tomonlari ham ko‘p. Misol uchun Zinedin Zidan o‘z vaqtida "Yuventus" safida "Real"ga qarshi, madridliklar safida esa "keksa sinyora"ga qarshi to‘p surgan. Sami Xedira va Gonsalo Iguain ham o‘z vaqtida "qirollik klubi" sharafini himoya qilishgan. Krishtianu Ronaldu esa turinliklar darvozasiga tez-tez yo‘l topa olgan. Portugaliyalik 5ta o‘yinda 7ta gol urishga erishgan. Biroq, "Yuve" pley-off bosqichida hali biror marotaba "Real"ni keyingi bosqichga o‘tishiga imkon bermagan. 1995-1996 (1/4 final), 2002-2003 (1/2 final), 2004-2005 (1/8 final) i 2014-2015 (1/2 final) bunga misol bo‘la oladi.
Chorak finalga qadar esa klublar bir-biriga o‘xshash yo‘lni bosib kelishdi. Ikkisi ham guruh bosqichida ikkinchi bo‘lib, nimchorak finalda esa nomdor jamoalar bo‘lishiga qaramay o‘z raqiblari oldida yaqqol favorit sifatida ko‘rilmadi. Lekin yakunda chorak finalga "PSJ" va "Tottenxem" o‘rniga, "Yuventus" va "Real" yetib keldi.
Bo‘lajak o‘yinga jamoalar yaxshi kayfiyatda tashrif buyurishmoqda. "Yuventus" o‘zining navbatdagi skudettosi qarab ketmoqda va A Seriyada 30 turdan so‘ng, eng yaqin ta’qibchisidan 4 ochkoga ildamlab ketgan. 2018-yilda esa "keksa sinyora" o‘z darvozasidan faqat bir marotaba to‘p olib chiqdi xolos ("Yuventus" - "Milan" 3:1). "Real" esa o‘tgan haftada deyarli ikkinchi tarkib bilan o‘z raqibini 3:0 hisobida taslim etishga muvaffaq bo‘ldi. To‘g‘ri raqib autsayder "Las-Palmas" edi. Lekin eng asosiysi, "Real" sekin-asta barqaror o‘yin ko‘rsata boshlamoqda.
O‘yin oldi murabbiylar fikri:
Massimiliano Allegri ("Yuventus" bosh murabbiyi)
"Yarimhimoyada Pyanichning o‘rnida Markizio yoki Bentankur o‘ynaydi, Rugani yoki Barsalli himoyada qoladilar. Chempionlar ligasida juda kuchli jamoaga qarshi o‘ynashimizni bilamiz. Biz doim o‘yinda qolishimiz kerak, bu "o‘yin" 180 daqiqalik o‘yindir. Men Kardiffdagi finalni bir necha marta ko‘rdim. Biz o‘yinlar davomida qiyin vaziyatlarda yaxshiroq harakat qila boshladik.
Ronalduning to‘xtatish uchun maxsus taktika? Yaxshi himoyachilar kerak. Krishtianuni tabriklayman, u 30 yoshida o‘z o‘yin uslubini o‘zgartira oldi. Uning ishini takrorlash osonmas. "Real" 12 marta chempionlar ligasini yutgan. Bu o‘ta kuchli jamoa, ammo "Yuventus" ertaga u bilan teng kurashadi. Dibalaning ertaga yaxshi o‘yin o‘tkazishiga ishonaman. U ajoyib formada
Zinedin Zidan ("Real" bosh murabbiyi)
"Yuventus" va "Real"ning mentaliteti ancha yaqin. Buni o‘sha yerda o‘ynaganimda tushunganman. Turin futbolni yaxshi o‘ynaydi. Bizning o‘z maqsadlarimiz bor. Biz doim g‘alaba qozonishga harakat qilamiz. Raqibning kimligi va o‘tgan yili nimaga erishganimizdan qat’iy nazar.
Kun kelib "Yuventus"ni boshqarishim mumkinmi? Hech qachon "hech qachon" dema, ammo hozirgi joyimda xursandman. Faqat "Real" haqida o‘ylayman va kelajak haqida o‘ylaganim yo‘q"
Qiziqarli ma’lumotlar:
"Yuventus"
- "Yuventus" o‘z tarixida 18 marta chorak finalda o‘ynadi. Turinliklar mazkur bosqichda 12 bor g‘alaba qozonib 5 marta mag‘lub bo‘lishgan.
- "Keksa sinyora" ispan klublariga qarshi ikki o‘yindan iborat bo‘lgan o‘yinlarda 9 marta zafar quchib, 6 bor yengilgan. Ular so‘ngi bor o‘tgan mavsumda "Barselona"ni ikki o‘yin natijasiga ko‘ra 3:0 hisobida mag‘lub qilishgan edi.
- "Yuve" ispan klublariga qarshi o‘z maydonida 26 bor uchrashgan. Undan 15tasida g‘alaba qozonib, 2tasida yengilgan. 9ta o‘yinda esa durang qayd etilgan. Lekin so‘ngi 9ta o‘yinda turinliklar ispanlarga mag‘lub bo‘lmay kelishmoqda.
- Italiya klubi o‘z tarixida UYEFA turnirlarida jami 56 marta to‘qnash kelgan. (19 g‘alaba, 15 durang, 22 mag‘lubiyat. Urilgan gollar 62ta, o‘tkazib yuborilgan gollar 62ta)
- "Yuventus" yevrokuboklarda o‘z maydonida so‘ngi 27ta o‘yinda mag‘lub bo‘lmadi. So‘ngi bor ular 2013 yilda "Bavariya"ga 0:2 hisobida yengilishgan.
"Real"
- "Real" o‘z tarixida 35 marta Chempionlar ligasi/CHempionlar kubogining 1/4 finalida o‘ynaydi. Bu mutlaq rekord hisoblanadi. Bu bosqichda "Real" 28 bor g‘alaba qozongan va 6 marta mag‘lub bo‘lgan.
- "Qaymoqranglilar" o‘z tarixlarida qatorasiga 8 marta chorak finalda o‘ynaydi. Bu klub rekordi hisoblanadi.
- Madridliklar A seriya klublariga qarshi so‘ngi 12ta o‘yindan faqat bittasida mag‘lub bo‘lishgan. CHL-2014/15 mavsumi yarimfinal - "Yuventus".
- "Real"ning Italiya klublariga qarshi safardagi statistikasi. 6 g‘alaba, 8 durang, 18 mag‘lubiyat.
- Ispan klubi YECHLda so‘ngi 27ta o‘yindan faqat ikkitasida mag‘lub bo‘lgan. So‘ngi bor bu mazkur mavsum guruh bosqichida "Tottenxem" maydonida (1:3) sodir bo‘lgan edi.