Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti 1-1 Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

O‘zbekiston gimnastika federasiyasiga yangi Prezident saylandi

O‘zbekiston gimnastika federasiyasiga yangi Prezident saylandi

Baho:
+ | -

Bugun, 4 aprel kuni Milliy olimpiya qo‘mitasida O‘zbekiston gimnastika federasiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi Prezidenti Umid Ahmadjonov, Jismoniy tarbiya va sport vaziri Shoakram Isroilov, Milliy olimpiya qo‘mitasi Bosh kotibi Jasur Matchanov, shuningdek, O‘zbekiston gimnastika federasiyasi mutasaddi xodimlari ishtirok etishdi.

Konferensiyani O‘zbekiston gimnastika federasiyasining birinchi vise-prezidenti Ruslan Mustayev ochib berdi va kun tartibi bilan tanishtirdi. Unga ko‘ra, asosiy masala O‘zbekiston gimnastika federasiyasiga yangi Prezident saylab olish edi. Shundan so‘ng so‘z O‘zbekiston sport faxriylari kengashi raisi, Milliy olimpiya qo‘mitasi Prezidenti maslahatchisi Komiljon Xudoyberdiyevga berildi. Sport faxriysi mazkur lavozimga bungacha «Yoshlar ittifoqi sport markazi» ma’suliyati cheklangan jamiyat direktori lavozimda faoliyat olib borgan mutaxassis, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi Abdullayeva Zarrina A’zamovna nomzodini taklif qildi. Konferensiya ishtirokchilari ushbu nomzodni qo‘llab-quvvatlashdi va shu tariqa Zarrina Abdullayeva O‘zbekiston gimnastika federasiyasi Prezidenti lavozimiga ko‘pchilik ovoz bilan saylandi.

O‘z navbatida mas’uliyatli lavozimga saylangan Zarrina Abdullayeva mamlakatimizda gimnastikani yanada rivojlantirish uchun qo‘ldan kelgan barcha ishni qilishga tayyor ekanligini ma’lum qildi.

"Barchamizga yaxshi ayon, gimnastika mamlakatimizda ma’lum darajada rivojlangan, ommaviylashgan. Ammo, shunga qaramay ayni paytda muammolar yetarli. Bir qancha yo‘nalishlarda oqsash ko‘zga tashlanadi. Jumladan, sport gimnastikasi, trampolin va akrobatikada natijalar ko‘ngildagidek emas. Birgalikda yangi tizimni yo‘lga qo‘yib olishimiz kerak. Malakali mutaxassislarni jalb etib, ular bilan tajriba almashishimiz lozim. Jipslashgan holda harakat qilib, kelajakda mamlakatimizda gimnastikani yanada rivojlantiramiz, O‘zbekistonning dunyo sport hamjamiyatidagi o‘rnini yanada yuksaltiramiz", - dedi federasiyaning yangi Prezidenti.

Yig‘ilishda o‘zbek gimnastikasi tarixida o‘ziga xos iz qoldirgan faxriy sportchi Erkin Giyasov so‘zga chiqib, yangi rahbariyatga omad tiladi. Shuningdek, Jismoniy tarbiya va sport vaziri Shoakram Isroilov gimnastika federasiyasini qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanligini aytib o‘tdi.

"Mana yuqorida gimnastika bo‘yicha to‘planib qolgan muammolar, yuzaga kelgan kamchiliklar haqida gapirildi. Ayni paytda ishlayotgan tizim bugungi kun talabiga javob bermaydi. Bolalar va o‘smirlar sport maktablaridan oliy sportgacha bo‘lgan bosqichlarda uzilishlar yetarli. Bu borada vazirlik ish olib bormoqda. Shuningdek, kadrlar masalasi ham bizning eng og‘riqli nuqtalarimizdan biridir. Ushbu masalani ham to‘g‘ri yo‘lga qo‘yib olish vaqti keldi. Barchamiz bilamiz, O‘zbekiston gimnastika bo‘yicha katta salohiyatga ega. Malakali kadrlar yordamida uni yuzaga chiqarishib, mamlakatimizda sportning ushbu turini yanada rivojlantirishga tayyormiz. Bu yo‘lda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi gimnastika federasiyasini to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi", - dedi Shoakram Isroilov.

Konferensiya davomida shuningdek, O‘zbekiston gimnastika federasiyasining birinchi vise-prezidenti sifatida ishlab kelgan Ruslan Mustayev va federasiya Bosh kotibi sifatida faoliyat ko‘rsatgan Gyozella Fillipovalar o‘z lavozimlaridan ist’efoga chiqishdi. Endi federasiyaning yangi rahbari ularning o‘rniga munosib mutaxassislar nomzodini ko‘rib chiqishi lozim bo‘ladi.  

Konferensiya yakunida so‘zga chiqqanlar bundan buyon O‘zbekistonda gimnastikani yanada taraqqiy topdirish yo‘lida birdamlik bilan ishlashga kelishib oldilar. Shu tariqa, O‘zbekiston gimnastika federasiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasi o‘z ishini yakunladi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 17:48, 04.04.2018.
O'qildi: 3197 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.