Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/04 00:00 Vilyarreal 2-1 Selta
27/04 19:00 Mash’al 0-1 Buxoro
27/04 19:00 OKMK 2-1 Lokomotiv
27/04 21:30 Kalyari 3-2 Atalanta
27/04 23:45 Lasio 3-3 Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon - Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona - Surxon
28/04 20:00 Paxtakor - Nasaf
29/04 19:00 Qizilqum - Xorazm
29/04 19:00 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor - Navbahor

No‘’mon Hasanov: «Har bir o‘yinda g‘alaba qozonishni istaymiz»

No‘’mon Hasanov: «Har bir o‘yinda g‘alaba qozonishni istaymiz»

Baho:
+ | -

“Qo‘qon-1912” – “Nasaf” uchrashuvidan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar ustozi No‘’mon Hasanov va darvozabon O‘tkir Yusupovlar qatnashishdi.

- Bugungi bahs jangovor ruhda o‘tdi. Shogirdlarim bugungi bellashuvda borlarini berib harakat qilishdi. O‘yinda durang qayd etilgan bo‘lsa-da, shogirdlarim harakatlaridan to‘liq qoniqdim.

Raqib bugun asosan qarshi hujumga tayanib harakat qildi. “Nasaf” bilan o‘yindan durang biz uchun qoniqarli emas. Biz har bir uchrashuvda g‘alaba qozonishni istaymiz.

Bugun barcha futbolchilar  o‘zlarini ko‘rsatishdi. Maydondagi bironta futbolchini almashtirishga ko‘zim qiymadi. Darko Gojkovichni oldinda o‘ynatganimni sababi, biz gol urishni istadik. Biz ham himoyaga ko‘proq e’tibor berib o‘ynashimiz mumkin edi. Lekin muxlislarimizni xursand qilish maqsadida hujumkor o‘ynashni afzal bildik.

Mashg‘ulotlarda o‘zini ko‘rsatgan o‘yinchilarnigina  asosiy tarkibda maydonga tushiraman.

O‘tkir Yusupov: Bugungi o‘yin qiyin kechdi. “Nasaf” ancha kuchli jamoa. Ular bejizga “Loko”ni mag‘lubiyatga uchratishmagan. Murabbiymizning ko‘rsatmalarini to‘liq bajarganimiz bois, ijobiy natija qayd eta oldik. Muxlislarimizga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman.

Manba: www.kokand1912.uz
Kiritildi: 20:57, 21.04.2018.
O'qildi: 2092 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик