Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona 0-2 Jenoa
15/03 18:00 Malyorka 2-1 Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest 0-0 Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted 3-1 Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas 0-0 Lids
15/03 19:00 Piza 3-1 Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo 0-1 Bolonya
15/03 19:15 Neftchi 1-0 Paxtakor
15/03 20:15 Barselona 5-2 Sevilya
15/03 21:30 Liverpul 1-1 Tottenhem
15/03 22:00 Komo 2-1 Roma
15/03 22:30 Betis 1-1 Selta
16/03 00:45 Lasio 1-0 Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad 3-1 Osasuna
17/03 00:45 Cremonese - Fiorentina
17/03 01:00 Brentford - Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano - Levante

No‘’mon Hasanov: “O‘yindan-o‘yinga saviyamiz oshib bormoqda”

No‘’mon Hasanov: “O‘yindan-o‘yinga saviyamiz oshib bormoqda”

Baho:
+ | -

«Paxtakor» - «Qo‘qon-1912» uchrashuvidan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumaning birinchi qismida mehmonlar ustozi No‘’mon Hasanov va Javohir Sidiqovlar ishtirok etishdi.

No‘’mon Hasanov: - Ko‘rib turibsizlar, chempionatimiz saviyasi ancha oshdi. Har bir o‘yin shiddatli kurashlar ostida o‘tmoqda. Bugun g‘alaba qozonish uchun maydonga tushgandik. Bugungi o‘yin uchun yigitlarga minnatdorchilik bildiraman. O‘yindan-o‘yinga saviyamiz oshib bormoqda. Shogirdlarimning o‘z kuchlariga bo‘lgan ishonchi ortmoqda. “Paxtakor”  yurtimizning eng kuchli jamoalardan biri  hisoblanadi. Ular ham bugun yaxshi o‘yin namoyish etishdi.

Mehmonda durang o‘ynash yaxshi natijadir, balki, lekin biz uch ochkoni ko‘zlagandik. Biz har bir o‘yinda g‘alaba qozonish uchun maydonga tushamiz.

Hujumchi olish rejamizda bor. Menimcha, hujumchi yetishmovchiligi hamma jamoalarda bo‘lsa kerak. Nosir Otaqo‘ziyev bugun yaxshi o‘ynadi, uni jamoamizga ko‘p foydasi tegdi.

Bizning kuchimiz bu bir oila ekanligimiz. Bizda juda ahil jamoa jamlangan. Shuning evaziga yaxshi natijalarga erishyapmiz. Safarda yettita o‘yinni o‘tkazganimizni ham unutmaslik lozim.

“Paxtakor”ga qarshi hujumkor o‘ynab bo‘lmasligini hamma bilsa kerak. Shuning uchun bugun qarshi hujumga tayanib maydonda harakat qildik. Golni ham qarshi hujumda kiritdik. Ikkinchi golni ham urishimiz mumkin edi. Lekin aynan o‘sha gol bizga yetishmadi.

Javohir Sidiqov: - Bugun ancha shiddatli o‘yin bo‘ldi. “Paxtakor” chempionatimiz peshqadami sanaladi. Shuni bilgan holda tayyorgarlik ko‘rgan edik. Murabbiylarimiz ko‘rsatmalarini 100 foiz bajarganimizda g‘alaba qozonishimiz mumkin edi. Bugun nimadir yetishmadi. Safardan bir ochko bilan qaytish ham yomon emas. Lekin biz g‘alabani ko‘zlagan edik. Keyingi o‘yinda g‘alaba qozonib, muxlislarimizni xursand qilamiz, degan umiddaman. Bizni tinimsiz qo‘llab-quvvatlab kelayotgan muxlislarimizga minnatdorchilik bildirib o‘taman.

Manba: www.kokand1912.uz
Kiritildi: 21:22, 06.05.2018.
O'qildi: 2720 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.