Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/08 19:00 Surxon 1-3 So‘g‘diyona
13/08 19:00 Andijon 0-3 Neftchi
13/08 20:30 Buxoro 2-0 OKMK
14/08 19:00 Navbahor - Bunyodkor
14/08 20:00 Dinamo - Xorazm
14/08 20:30 Qizilqum - Mash’al
15/08 19:00 Qo‘qon-1912 - Lokomotiv
15/08 19:00 Nasaf - Paxtakor

«Lokomotiv» – «Buxoro» o‘yinida muxlislarni ajoyib sovg‘alar kutmoqda

«Lokomotiv» – «Buxoro» o‘yinida muxlislarni ajoyib sovg‘alar kutmoqda

Baho:
+ | -

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi hamda Professional futbol ligasi rahbariyati yurtimizda futbolni yangi bosqichga olib chiqish, futbolni ommaviyligini oshirish maqsadida bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda. Jumladan, stadionlarga muxlislarni jalb qilish borasida ham ko‘plab yangiliklar joriy qilinyapti. Superliganing 10-yubiliyey turida stadionlarda  turli ko‘ngilochar dasturlar tashkil qilingani, bu esa stadionlarga tashrif buyurayotgan muxlislarga qo‘shimcha qulayliklarni yuzaga keltirayotgani haqida xabar berib o‘tgandik.

Superliga 11-turida ham muxlislarni stadionlarda ko‘plab qiziqarli yangiliklar kutmoqda.  Jumladan,  11-turdan o‘rin olgan “Lokomotiv” hamda “Buxoro” uchrashuviga tashrif buyurgan muxlislar uchun keytering (oziq-ovqatlar sotuvi) hamda atributikalar sotuvi, bolalar uchun ko‘ngilochar o‘yinlar maydonchasi va klub homiylari tomonidan yutuqli sovg‘alar taqdim qilinadi. Ushbu sovg‘alar orasida 2 million so‘mgacha bo‘lgan vaucherlarni ham mavjud bo‘lib, ushbu vaucherni yutib olgan muxlislarlar klub homiysining  do‘konlari tarmog‘idan o‘ziga kerakli bo‘lgan maishiy texnika mahsulotlariga ega bo‘lishlari mumkin.

“Lokomotiv” – “Buxoro” uchrashuviga kirish tekin. Chiptalar “Lokomotiv” stadioni kassalarida tarqatiladi. O‘yin 11 may kuni soat 20:30da boshlanadi.

Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 17:06, 10.05.2018.
O'qildi: 2917 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик