Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal 1-2 Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad 3-3 Alaves
11/04 18:00 Kalyari 1-0 Cremonese
11/04 18:00 Torino 2-1 Verona
11/04 19:00 Brentford 2-2 Everton
11/04 19:00 Byornli 0-2 Brayton
11/04 19:15 Elche 1-0 Valensiya
11/04 21:00 Milan 0-3 Udineze
11/04 21:30 Liverpul 2-0 Fulhem
11/04 21:30 Barselona 4-1 Espanyol
11/04 23:45 Atalanta 0-1 Yuventus
12/04 00:00 Sevilya 2-1 Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor - Surxon
12/04 17:00 Dinamo - Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 18:15 Andijon - OKMK
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf - Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor - Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum - So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina - Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted - Lids
14/04 00:00 Levante - Xetafe

YECHL, final. Zidan va Klopp asosiy tarkibni aniqlab olishdimi?

YECHL, final. Zidan va Klopp asosiy tarkibni aniqlab olishdimi?

Baho:
+ | -
Bo'lim: YEVROPA
Rukn: Yangiliklar

Yana 5 kundan keyin Yevropa chempionlar ligasining navbatdagi g‘olibi aniqlanadi. 26 may kuni Kiyevdagi "Olimpiyskiy" stadionida "Real" va "Liverpul" jamoalari bosh sovrin uchun kurash olib borishadi. Xo‘sh, mazkur bahs uchun jamoalar bosh murabbiylari qanday tarkibdan foydalanishadi? Tahlil va taxmin qilib ko‘ramiz.

"Real Madrid"
"Qirollik klubi"ning 9 nafar futbolchisi boshlang‘ich tarkibdan o‘rin olishi deyarli aniq. Ular: Navas, Karvaxal, Varan, Ramos, Marselo, Kazemiro, Kroos, Modrich va Ronaldu. Qolgan 2ta joyga 5 nafar futbolchi da’vogarlik qiladi: Isko, Beyl, Asensio, Benzema va Vaskes. Ulardan qaysi birini tanlab olish Zidan uchun jiddiy boshog‘riq bo‘ladi.

"Liverpul"
Zidandan farqli ravishda Klopp boshlang‘ich tarkibni to‘liq aniqlab olgan. Faqatgina bitta masala noma’lum bo‘lib turibdi: "Brayton"ga qarshi o‘yinda jarohat olgan Jeyms Milner finalgacha tiklanishga ulguradimi yoki yo‘q? Mersisaydliklar safida maydon markazini egallashi so‘roq ostida turgan yagona futbolchi aynan Milner. Xenderson va Veynaldum o‘z joylarini mustahkam egallab olishgan. Saloh, Mane va Firmino, shubhasiz, hujum uchligini tashkil qiladi. Mudofaa chizig‘i Aleksander-Arnold, Lovren, van Deyk va Robertsondan iborat bo‘ladi. Karius esa darvozani egallaydi.

Eslatib o‘tamiz, Yevropa chempionlar ligasi final bahsi 26 may kuni soat 23:45da boshlanadi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 20:31, 21.05.2018.
O'qildi: 14818 marta.
Fikrlar: 10 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик