Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

O‘zbek polvoni 20 yil deganda erkin kurash bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida jahon chempioni bo‘ldi

O‘zbek polvoni 20 yil deganda erkin kurash bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida jahon chempioni bo‘ldi

Baho:
+ | -

Xorvatiya poytaxti Zagreb shahrida sport kurashlari bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda.

Nufuzli musobaqaning erkin kurash bo‘yicha bahslarida yurtimiz sharafini himoya qilgan Jamshid Marufov finalgacha yetib borib, oltin medalni qo‘lga kiritganligi haqida xabar berib o‘tgandik.

E’tiborlisi, o‘zbekistonlik o‘smir erkin kurashchilar so‘nggi marotaba 1998 yilgi jahon chempionatida oltin medal qo‘lga kiritishgandi. O‘shanda yosh Dilshod Mansurov tengdoshlari orasida jahon chempioni unvoniga sazovor bo‘lgandi. Ortda qolgan 20 yil davomida yurtimizdan yunon-rum kurashidan o‘smirlar o‘rtasida, shuningdek, erkin kurash bo‘yicha yoshlar va kattalar o‘rtasida jahon chempionlari yetishib chiqdi. Ammo erkin kurash bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi dunyo birinchiligida oltin medalni naqd 20 yil kutgandik.

Bu safar hamyurtimiz Jamshid Marufov bizga uzoq kutilgan oltin medalini taqdim etdi va jahon chempionligiga erishdi. O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi ushbu tarixiy g‘alaba bilan mamlakat sport kurashlari assosiasiyasi, sportchimiz va uni tarbiyalagan murabbiylarini muborakbod etadi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 14:35, 04.07.2018.
O'qildi: 2543 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.