Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul 1-1 Chelsi
09/05 17:00 Elche 1-1 Alaves
09/05 18:00 Kalyari 0-2 Udineze
09/05 19:00 Fulhem 0-1 Bornmut
09/05 19:00 Brayton 3-0 Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend 0-0 Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya 2-1 Espanyol
09/05 21:00 Lasio 0-3 Inter
09/05 21:30 Manchester Siti 3-0 Brentford
09/05 21:30 Atletiko 0-1 Selta
09/05 23:45 Lechche 0-1 Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona 0-1 Komo
10/05 17:00 Malyorka 1-1 Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli 2-2 Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas 2-2 Everton
10/05 18:00 Cremonese 3-0 Piza
10/05 18:00 Fiorentina 0-0 Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao 0-1 Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem 0-1 Arsenal
10/05 21:00 Parma 2-3 Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona

Kafu: «Rossiya termasida chempion bo‘lish imkoniyati bor»

Kafu: «Rossiya termasida chempion bo‘lish imkoniyati bor»

Baho:
+ | -

O‘tmishning mashhur himoyachilaridan biri Kafu ruslar o‘lkasiga birinchi marta kelmayapti. Ikki karra jahon chempioni JCH uchrashuvlari arafasida Kaliningraddagi futbol parki ochilishida qatnashdi, Rossiya termasi afsonalariga qarshi to‘p surdi.

Xorijlik hamkasblarimiz undan intervyu olishlari uchun atigi 15 daqiqa ajratildi. Ammo shuning o‘zi ham qiziqarli suhbat uyushtirish uchun yetarli bo‘ldi.

- Yana bir bor Rossiyaga xush kelibsiz! Mamlakatimizga har safar tashrif buyurganda shunday quvnoqlikni saqlab qolishni qanday uddalaysiz?

- Tashakkur! Shunchaki, juda baxtli insonman. Har tong uyg‘onganimdan quvonaman. Rossiyaga birinchi marta kelmayapman, meni har yerda iliq kutib olishadi.

Ayniqsa, Kaliningradda. Ruslar ochiqko‘ngil xalq, shu bois ularga shunday javob qaytarib, tabassumim bilan ishqibozlarni xursand qilmoqchiman.

- Ikki marta jahon chempionligini nishonlagansiz, Chempionlar Ligasida zafar quchgansiz. Qaysi musobaqadagi yutuq siz uchun qadrliroq?

- Shubhasiz, jahon chempionatidagisi. Buni taqqoslash ham noo‘rin. Chempionlar Ligasi ikkinchi o‘rinda.

- Braziliya 2014 yilgi muvaffaqiyatsizlikni takrorlamasligiga ishonasizmi?

- Bunga aslo shubha qilmayman. O‘shanda 100 yilda bir marta ro‘y beradigan voqea kuzatilgandi. Uning yana qaytarilishiga ishonmayman. Gap murabbiydamas. Tite - malakali mutaxassis, o‘z navbatida, Luis Felipe Skolari haqida ham iliq fikr bildirishim mumkin.

- Dani Alvesh jarohat olgach, Braziliya termasining o‘ng qanot himoyasida muammo yuzaga keldi. Yordam berishga tayyormisiz?

— Buni juda xohlayman, ammo zarur hujjatlarni tayyorlay olmaganim uchun «zayavka»dan tushib qoldim (kuladi). Darhaqiqat, Alvesh termamiz uchun katta yo‘qotish. U tug‘ma yetakchi. Biroq ishonchim komilki, jamoa usiz ham vazifani uddalaydi.

- Rossiya termasining o‘ng qanot himoyasida Mario Fernandes to‘p suryapti. U braziliyaliklarga as-qotishi mumkinmidi?

- Rostini aytsam, u haqda ko‘p narsa bilmayman.

- «Milan»da o‘ynaganingizda, jamoada yoshi katta futbolchilar ham bo‘lgan. Hozir Rossiya termasiga 38 yoshli Sergey Ignashevich chaqirildi. Bu termamizning o‘yiniga qanday ta’sir o‘tkazadi?

- Ignashevichga qoyil qoldim, bu fantastika! Futbolchi shu yoshda ham to‘p surib, milliy jamoa sharafini mundialda himoya qilsa juda yaxshi. Bu shunchaki, ajoyib.

Uning yana termaga chaqirilishi hamon yaxshi o‘yinchi ekanini bildiradi. Sergey o‘z ishiga borini beradi, ko‘pchilikka zavq-shavq bag‘ishlaydi.

- Tezligining pastligi muammo tug‘dirmasmikan?

- Yo‘q, chunki unda tajriba yuqori. Uning yordamida tezligidagi kamchilikni to‘ldirish mumkin.

- Rossiya hamisha himoyachilar borasida muammolarga yo‘liqqan. Ularni qanday tarbiyalash mumkin?

- Mashg‘ulotlarga to‘g‘ri yondashish darkor, himoyachilarga yoshlikdanoq maxsus mashqlar topshirish kerak. Ignashevich borasida esa xavotirga o‘rin yo‘q. U termaga chaqirilibdimi, demak shunga munosib.

- Rossiya jahon chempionligini qo‘lga kiritishi mumkinmi?

- Albatta, shunday bo‘lishi ehtimoli yo‘q emas. Bu terma o‘z uyida o‘ynayapti.

Ha, so‘nggi o‘rtoqlik uchrashuvlarini jamoa yorqin o‘tkazmadi, ammo mundial mutlaqo boshqa turnir. Yomon tomoni shundaki, jahon chempionati boshlanishi arafasida rossiyalik aksariyat ishqibozlar o‘z termalariga ishonishmadi.

Yo‘q, jamoaga ishonch bildirish, uni bor kuchi bilan qo‘llab-quvvatlash lozim. Men haqiqatan ham ruslarda chempionlikka erishish imkoniyati bor, deb o‘ylayman.

- Nima sababdan muxlislar Rossiya termasiga ishonishmayapti, deb o‘ylaysiz?

- Bu shundoqqina sezilib turibdi. Hattoki, so‘nggi savolingiz ham shundan dalolat. Nafaqat jurnalistlar, balki ishqibozlar ham ishonishmayapti.

- Qaysi liga kuchliroq - Braziliyanikimi yoki Rossiyaniki?

- Taqqoslab bo‘lmaydi. Bular turlicha chempionatlar. Fikrimcha, Braziliya ligasi ko‘p jabhada RFPLdan og‘ir va kuchliroq.

- Jo, Vagner Lav singari Rossiyada to‘p surgan braziliyalik legionerlar bilan suhbatlashganmisiz? Ular nima deyishgan?

- Ha, bu borada gaplashganmiz. Mamlakatingiz haqida faqat iliq fikrlar bildirishgan. Moskva, Sankt-Peterburg, Kaliningradda bo‘lganman. Hamma yerda ajoyib holat guvohiga aylanganman.

- Agar Rossiyada qor o‘rniga ko‘proq qum bo‘lganida, termamiz futbolni yanada yaxshiroq o‘ynarmidi?

- (Kuladi.) Bunday fikr yuritish noto‘g‘ri. Birlashgan Arab Amirliklari va Qatarda ham ko‘p qum bor. Ammo bu bilan ular kuchli futbol namoyish etishmayapti-ku.

- Xorijlik ishqibozlarga nima deyishingiz mumkin? Ayniqsa, Angliyada kuzatilgan bezorilik holatlaridan so‘ng.

- Hammani Rossiyaga chaqirib qolaman, bayramona muhitdan bahra olib, rohatlanishni so‘rayman. Jahon chempionati barchani birlashtirishi lozim.

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 17:49, 04.07.2018.
O'qildi: 3275 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик