Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Osiyo o‘yinlariga 40 kun qoldi: MOQ matbuot xizmatidan yangi loyiha

Osiyo o‘yinlariga 40 kun qoldi: MOQ matbuot xizmatidan yangi loyiha

Baho:
+ | -

Indoneziyada bo‘lib o‘tadigan XVIII Osiyo o‘yinlariga tobora oz vaqt qolmoqda. Milliy olimpiya qo‘mitasi ham sportchilarimiz bilan birga qit’a miqyosidagi Osiyoning eng nufuzli musobaqasiga tayyorgarlik ko‘rmoqda. 18 avgust – 2 sentyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan musobaqada o‘zbek sporti tarixida yangi sahifa ochiladi.

MOQ – sport laboratoriyasi

Milliy olimpiya qo‘mitasini o‘ziga xos sport laboratoriyasi desak adashmagan bo‘lamiz. U yerda yangi loyihalar, islohotlar ustida ish olib borilmoqda, yangicha ko‘rinishdagi musobaqalar tashkil etilmoqda. Biz aholining turli qatlamlari orasida sportni ommalashtirishni o‘z oldimizga maqsad qilib qo‘yganmiz. Sport federasiyalari bilan hamkorlikda ish rejalari ishlab chiqildi, ko‘rgazmali chiqishlar, master-klasslar taqdim etildi. Navbatdagi loyihamizni Osiyo o‘yinlarida ishtirok etadigan sportchilarimiz bilan birga amalga oshiramiz. «Shohsupa sari yo‘l» loyihasida Milliy olimpiya qo‘mitasi Matbuot va media departamenti o‘zbek sporti yulduzlari bilan blis-intervyularni Siz azizlarga taqdim etib boradi. Sportchilarimiz unda sportdagi ilk qadamlari, faoliyati davomida esda qolgan qiziqarli voqealar, sportdagi orzu-umidlari haqidagi turli savollarga javob beradilar. Loyihamizning ilk sonida yengil atletikachi, Xalqaro toifadagi sport ustasi Nadiya Dusanova mehmonimiz bo‘ladi.

«Professional sportchi» sifatida sakrash

Maktabda jismoniy tarbiya darsida muntazam ravishda yaxshi natijalarni ko‘rsatardim. O‘sha payt atrofdagilar menga yengil atletika bilan shug‘ullanishni maslahat berishgan. Shundan so‘ng bir qarorga kelib, «Paxtakor» stadioniga borganman. Murabbiyni ko‘rib, undan mashg‘ulotlarda ishtirok etishni so‘raganman. Birinchi murabbiyimning ism-sharifi Andrey Ivanovich Popovdir. Ajoyib jamoamiz bo‘lardi, mashg‘ulotlar keskin va albatta qiziqarli kechardi. Uzunlikka va uchxatlab sakrash bo‘yicha shug‘ullanardim. Musobaqalarda ishtirok etib, o‘z natijalarimni yaxshilab bordim. Kunlardan bir kuni balandlikka sakrash jarayonlarini kuzata turib, yengil atletikaning ushbu yo‘nalishiga qiziqib qoldim. Murabbiyim bu borada o‘zimni sinab ko‘rishni maslahat berdi. Avvaliga 1,30 sm natija qayd etdim. Keyin esa musobaqalar davomida natijalar yaxshilandi va men tezda sport ustasi me’yorini bajara oldim. Ana shu tariqa balandlikka sakrash yo‘nalishi sportchisiga aylanganman.

Vazn haqida

Balandlikka sakrashning shunday tomoni borki, u yerda katta vazn bilan yaxshi natija qayd eta olmaysiz. O‘z vazningizni optimal holatda ushlab turishingiz lozim. Bu borada menga omad kulib boqqan. Maxsus parhezlar tutmayman, shuningdek shirinliklarning ham shinavandasi emasman.

Kumirlar haqida

Alohida kimnidir ajratib ko‘rsatib o‘tirmayman. Sportchida menga yoqadigan sifatlar haqida gapirishim mumkin. Bizning yo‘nalishimizda uzoq vaqt ushbu sport turi bilan shug‘ullangan va 37 yoshda Olimpiya o‘yinlari g‘olibiga aylangan sportchi bor. U uzoq vaqt davomida o‘z formasini ushlab qolgan, yaxshi natijalar ko‘rsatgan, o‘z maqsadlari sari dadil odimlagan. Bunday sifatlar faqat kuchli insonda bo‘ladi. Mariya Lasiskeneni qayd etib o‘tishim mumkin. U startga shunday tayyorlanadiki, uning chiqishlaridan atrofdagilar zavq olishadi

Yodda qolgan voqealar

2016 yilgi Olimpiadaga tayyorlana turib, tizzamdan jiddiy jarohat oldim. Xatto yurishga ham qiynalardim. Lisenzion musobaqa uchun chiptalar sotib olingan, borish kerak. Yaponiyaga borganman. Sakray olmasdim, oqsoqlanib yurardim. Bu men uchun stress bo‘lgandi. Tayyorgarlik uchun katta kuch sarflangandi. Uyda bolalarim kutishardi, katta o‘g‘lim o‘shanda 4 yoshda, qizim esa 9 oylik chaqaloq edi. Ruxiy tomonlama qiyin ahvolga tushib qolgandim. Navbatdagi start ikki haftadan so‘ng Shanxayda rejalashtirilayotgandi. Maqsadim xech bo‘lmasa bir marotaba sakrash edi. Musobaqa oldidan chigalyozdi mashg‘ulotlar vaqtida og‘riq shu qadar ediki, ko‘zimdan yosh chiqib ketgan. Musobaqalar boshlandi. Ilk chiqishimda 160 sm balandlikni zabt etgandim. O‘shanda xursandchilikdan rosa baqirgandim va yig‘lab yuborgandim. Yakunda o‘shanda 194 sm balandlikka sakrab, Olimpiada me’yorini bajargandim.

Qanday qilib Olimpiada chempioni bo‘lish mumkin?

Bu haqida faqat chempionlar biladi. Men esa hozircha bilmayman. Ammo, o‘zim uchun kerak bo‘lgan sifatlarni o‘rganishda davom etyapman. Yuzaga kelgan muammolar, to‘siqqa qaramay o‘z maqsadingiz sari oldinga intilish lozim. Yiqilib tushsangiz ham tezda o‘rningizdan turib harakatda davom etishingiz kerak. Yo‘l qanchalik mashaqqatli bo‘lsa, g‘alabaning mazasi shunchalik totli bo‘ladi.

Nadiya Dusanovaning erishgan yutuqlari:

– Xalqaro toifadagi sport ustasi

– Ikki karra Osiyo chempioni (2013, 2017 – Hindiston)

– Islom birdamligi o‘yinlari g‘olibi (2017 – Ozarbayjon)

-Jang san’ati va yopiq inshootlardagi Osiyo o‘yinlari g‘olibi (2017 – Turkmaniston)

– Osiyo o‘yinlari sovrindori (Guanchjou-2010 – kumush, Incheon-2014 – bronza)

– Uchta yozgi Olimpiya o‘yinlari ishtirokchisi (Pekin-2008, London-2012, Rio-de-Janeyro-2016)

Ko‘rib turganingizdek, Nadiya Dusanova hisobida Osiyo o‘yinlarining oltin medali yo‘q. Umid qilamizki, yaqinlashib kelayotgan Osiyo o‘yinlarida hamyurtimiz o‘z kolleksiyasini ushbu musobaqaning oltin medali bilan to‘ldirib qo‘yadi. Bu yo‘lda Dusanovaga omad tilaymiz.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 12:32, 09.07.2018.
O'qildi: 3086 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.